Odatdagi sharhlash
ham huquqiy ahamiyatga ega emas va oddiy
fuqarolar tomonidan berilishi mumkin (masalan, jurnalistlar tomonidan
ommaviy axborot vositalarida). Uning ahamiyati shundaki, bu sharhlash
umumiy prevensiya masalalarini yechishda fuqarolarning huquqiy ongini
oshirishda ta’sir kuchiga ega.
Hajmiga ko‘ra, sharhlashning uchta turini ko‘rsatishadi: so‘zma-so‘z,
cheklangan va kengaytirilgan sharh.
So‘zma-so‘z sharhlashda
berilgan sharh jinoyat qonunining matniga,
unda ishlatilgan atamalarga va ifodalarga so‘zma-so‘z mos bo‘lishi kerak.
Normaning mazmuni uning qonundagi verbal ifodasiga to‘liq mos bo‘lishi
shart. Boshqacha aytganda, qonunning formal tomoni uning mazmunini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |