. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Ўзбекистон Республикасининг амалдаги қонунларини таҳлил қилганда учраб туради. Ўзбекистон
Республикасининг Жиноят-ижроия кодекси ва бошқа бир неча актлар мана шу тарзда кучга кирган.
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
haqida»gi Qonuni (29 avgust 2001 yil) e’lon qilingan kundan e’tiboran
kuchga kirgan
1
. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, odatda, qonunning
kuchga kirish muddati kech muddatlarda ko‘rsatiladi, chunki bu qonunlar
mazmuni bilan aholining tanishuvi, shuningdek, huquq-tartibot organlari
tomonidan ularning fikrlarini aniqlash muhim ekanligi nazarda tutiladi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy
hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa,
O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Agar qonun hujjati bir necha manbalarda e’lon qilingan bo‘lsa, uning
kuchga kirish muddatini hisoblab chiqish uchun dastlabki rasmiy e’lon
qilingan muddatdan foydalaniladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga
kirish vaqti uning rasmiy chop etilgan muddati bilan qat’iy bog‘liq
bo‘lmasa-da, bunday nashrsiz ularning amaldaligi tan olinishi mumkin
degan xulosa chiqarish uchun asos bo‘lmaydi. Normativ-huquqiy
hujjatlarning nashr etilishi va ularning kuchga kirishi O‘zbekiston
Respublikasida amal qilishining ikkita asosiy talabidir. Agar normativ-
huquqiy hujjat chop etilmagan bo‘lsa, ma’lum vaqt ichida uning haqiqatan
qo‘llanilgan bo‘lishiga qaramay, bu hujjat amalda bo‘lgan deb tan
olinmaydi.
Sud va tergov organlari tomonidan rasmiy nashr to‘g‘risidagi masalani
hal qilishda normativ-huquqiy hujjat kuchga kirishidan oldin yoki keyin
rasmiy manbalarda chop etilganligi ahamiyatga ega emas. Ayni paytda,
agar haqiqatan ham hujjat kuchga kirgandan keyin chop etilgan bo‘lsa,
dastlabki rasmiy manbaning vaqti muhim ahamiyatga ega, shunga
o‘xshash boshqa aktlarning ham haqiqiyligi uning rasmiy nashri bilan
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 2012 йил
24 декабрдаги Қонуни (янги таҳрири), 35-модда. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012
й., 52-сон, 583-модда.
92
bog‘liq bo‘lib, uning nashr qilingan vaqtdan boshlab amalda ekanligini
aniqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: