Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Assotsiatsiyalar necha turga bo`linadi?
2. Mantiqiy xotira mexanik xotiradan qanday farqlanadi?
3. Esda qoldirishning turlarini tavsiflang?
4. Xotira jarayonlariga nimalar kiradi?
Xotirani mashq qildirish:
Guruh a`zolari o`z ichlaridan bir kishini “josus”etib saylashadi. Boshlovchi guruh a`zolariga qarab
“qotib qoling”degan buyruq beradi. Guruh a`zolari turli holatlarda qotib turishadi va o`z holatlarini eslab
qolishadi. Josus ham kimning qanday holatda turganligini eslab qolishga harakat qiladi. SHundan so`ng u
ko`zini yumishi yoki xonadan chiqib turishi so`raladi. Paytdan foydalanib, ishtirokchilar o`z holatlarini
o`zgartiradilar. “Josus” ko`zini ochib, barcha o`zgarishlarni topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |