1-rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari.
Rasmdagi piramida asosini operativ boshqaruv bo‘g‘iniga xos bajaruvchi (ijrochi)
xodimlar (mutaxassislar, operatorlar, muhandislar) ma’lumotlarni operativ qayta ishlashga
yo‘naltirilgan axborot tizimlari tashkil etishi ko‘rinib turibdi. Piramidaning eng yuqori
qismida boshqaruvning yuqori pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan menejerlar tomonidan
qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan axborot tizimlari roli strategik
ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |