Axborotning
maxfiyligini
oshkor
qilishga
qaratilgan
tahdidlar
Maxfiy axborotlarni ma’lum sohaga oid va xizmat doirasiga oid turlarga
ajratish mumkin. Хizmat doirasiga oid (masalan, foydalanuvchilar paroli)
axborot muayyan sohaga tegishli bo‘lmagan ma’lumot bo‘lib, axborot tizimida
texnik rol o‘ynaydi, biroq bunday ma’lumotni oshkor qilish juda ham katta xavf
tug‘diradi. Sababi, undan foydalanib tizimdagi ma’lumotlarga murojaat qilish va
sohaga oid bo‘lgan maxfiy axborotlarga ham ega bo‘lish imkoni yaratiladi.
Kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborot faqat kompyuter sohasiga
tegishli bo‘lsa ham, uning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar
xususiyati umuman boshqacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |