TILOVAT SAJDASI
Sababi, hukmi va vaqti
Shartlari: tahorat qilish, qiblaga yuzlanish hamda avrat joylarini
berkitish.
Vojib bo‘lishining sababi: sajda oyatini o‘qish yoki eshitish.
Sajda oyati namozdan boshqa payt o‘qilganida, darhol sajda
qilish shart emas. Faqat kechiktirilishi tanzihavd makruhdir.
Forschaga o‘xshash (arab tilidan boshqa tilda) sajda oyati o‘qigan
kishi ham sajda qilishi lozim. Sajda kalimasini o‘zidan avvalgi va
keyingi kalimalardan biri bilan o‘qish, oyatni to‘la o‘qish kabidir.
Sajda oyati bo‘lgan suralar:
A’rof surasi, 206-oyat;
Ra’d surasi, 15-oyat;
Nahl surasi, 49-oyat;
Isro surasi, 107-oyat;
Maryam surasi, 58-oyat;
Haj surasi, 18-oyat;
Furqon surasi, 60-oyat;
Naml surasi, 24-oyat;
Sajda surasi, 16-oyat;
Sod surasi, 24-oyat;
Fussilat surasi, 37-oyat;
Najm surasi, 62-oyat;
Inshiqoq surasi, 21-oyat;
Alaq surasi, 19-oyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |