yog‘dirishini so‘rashdir. Istisqoda namoz jamoat bilan o‘qilmaydi.
oldin har kun sadaqa berish mustahabdir.. Bolalar va keksa
sababchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
yordamni olmoqdasiz", dedilar. Boshqa bir hadisda esa: "Allohdan
sutidan ajramagan begunoh go‘daklar bo‘lmasa edi, ustingizga
samodan balolar yog‘ardi ", deganlar.
Makkai Mukarrama va Quddus xalqi istisqo uchun shahar
tashqarisida emas Masjidul Harom va Masjidul Aqsoda
to‘planadilar, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam,
shaharlari Madinada xalq Qubo masjidiga yig‘iladi.
Qiblaga qarab, imom tik turgan holatda qo‘lini ko‘tarib duo qiladi.
Jamoat qiblaga qarab o‘tirgan joyidaya "Omin" deydi va ushbu
duo o‘qiladi:
Allohum
ma asqina g‘aysan mug‘isan hanian marian, g‘adaqan
ajilan g‘oyra raisin mujillilan sohhan tabakan doiman.
Ma’nosi: Allohim! Bizga bizni shiddatdan qutqaruvchi, zohiriy va
botiniy foydali, mo‘l, barakali har yonni o‘z ichiga olgan, har yonga
oqadigan, har y
onni ho‘l qiladigan davomiy yomg‘irni bergin.
Bu va bunga o‘xshash duolar maxfiy yoki jahriy o‘qiladi. Istisqoda
kiyim teskari qilinmaydi. Duoda zimmiy (musulmon bo‘lmagan)
kishi ishtirok etmaydi.
Hazrati Oyishadan rivoyat qilinishiga ko‘ra, bir kuni xalq
Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, yomg‘ir
yog‘mayotganidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz, sollallohu
alayhi va sallam, maydonda minbar qurishni buyurdilar va
butunsh xalqning to‘planshii uchun bir kunni tayinladilar.
Tayinlangan kun quyosh chiqib-
chiqmay o‘rnatilgan minbarga
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, chiqib o‘rnashib,
takbir va Allohga hamdu sano aytgach, xalqqa yuzlanib:
"Ey xalq, siz menga kelib, yerlaringizda qurg‘oqchilik bo‘lgani,
vaqtida yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildingiz. Alloh ham
sizga duo qilishingizni buyurdi, istagingizni bajarajagini va’da qildi
" dedilar. So‘ng: "Hamd olamlarning Parvardigoriga xosdir. U
saqlovchi va kechiruvchidir, hisob-kitob kunining Egasidir. Undan
bo‘lak iloh yo‘qdir va u xohlaganini qilguvchidir. Allohim, sen
boysan, biz esa senga muhtoj faqirlarmiz, bizga yomg‘ir ber va
uni bizga xayrli ayla " deb duo qildilar. Keyin qo‘llarini osmonga
ko‘tardilar (qo‘ltiqlari ko‘rindi) ustlaridagi kiyimni teskari kiyib,
xalqqa yuzlandilar, minbarda uzoq muddat bu vaziyatda turib,
keyin pastga tushib, ikki rakat nafl namoz o‘qidilar. Namozdan
keyin sharros yomg‘ir yog‘maguncha masjidga qaytmadilar.
Kuchli yomg‘ir boshlangach, xalq pana joy axtarib,
tarqalishganda, old tishlari ko‘rinadigan holda kuldilar va
"Guvohlik beramanki, Alloh har ishga qodirdir va yana guvohlik
beramanki, men uning quli (bandasi) va elchisidirman ", dedilar.
Zimmiylarni (musulmon bo‘lmasalar-da, islomiy o‘lkada jizya va
xiroj to‘lab yashovchilar) duoga chiqarmaslik sababi, agar duodan
so‘ng yomg‘ir yog‘sa, avom xalq ularning duolari ham qabul bo‘lib,
yomg‘ir yog‘di, ularning dini ham haq ekan, deb o‘ylab, imonlari
susayishidan saqlanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: