Oy tutilganida o‘qiladigan namoz
Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq
qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli kasallik va oy tutilishi) holatida har
kim y
akka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi.
Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘kish sunnatdir.
Bu esa musulmonlarning bu hodisalardan dahshatga tushib,
ko‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk
ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu
ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq o‘rganmaganlar. Go‘yo
ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu
ne’matlarning Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |