belgilangan g‗azalning butun mohiyatini tahlil etishadi. Tahlil davomida shoirning
ichki kechinmalari, his-tug‗ulari ochib beriladi. Natijada esa o‗quvchilar g‗azal
32
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.
10
1-O‘quvchi
:
She‘rda vatan sog‗inchi ifodalangan. Bunda shoir kuz manzarasini,
ona tabiatning sulg‗inmanzarasini, shu bilan hamohang, lirik qahramon kayfiyatini
ochadi, tasvirlaydi. Muallifning munosabati va sharhlari she‘rdagi sog‗inch va
dardni, Vatandan ayrilish fojiasini kuchaytirib boradi. Kuz, xazon umrning
so‗ngidan nishona. Umrim ―hajr‖ (ayriliq)ingda o‗tdi, deydi. Shoir ―lolaruh‖dan
rahm qilishini so‗raydi. U esa parvosiz ―sarkash‖ (o‗ husniga mast), chunki u
sarvdek go‗zal va bezavol, xazon ofatiga begona, hamisha yam-yashil. Kim u
lolaruh, sarvchi? Nega lirik qahramon uning oyog‗iga bargi xazondek tushib
muncha yolvoradi? U Vatan! Faqat vatangina bezavol, abadiy yashillik maskanidir.
Faqat u inson uchun tengsiz. Vatanni, ona diyorni hech bir narsaga almashtirib
bo‗lmaganidek, uni o‗zga bir narsaga mengzash ham mumkin emas. Chunki, bu
Vatan, insonning kindik qoni tukilgan maskan… Vatan – abadiy, insonlar esa
kelib-ketaveradilar.
2-O„quvchi:
G‗azalning uchinchi baytida dunyo bog‗idan go‗yo xazon bargidek
ketayotgan shoir Vatan daraxtyining bir umr ―sabz-u xurram‖ (yashil va ko‗rkam)
qolishini dil-dildan istaydi.
To‗rtinchi baytda sarg‗ayib uzilgan barg timsoli yana davom etadi. Kuzning
sariq-qizil ranglari yuz va ko‗zyosh (qon yosh)ga ko‗chriladi va ulardan elning
nafratlanayotganligi (―tanaffurda‖) tilga olinadi va lirik qahramon ulardan o‗zini
qutqara olganiga shukrona aytadi.
Qismat kitoblarini bir-bir varaqladim, yo‗q, baxt yulduzim (―axtari yulduzim
topilmaydur‖) topilmadi, tole‘im neligini bilmadim.
G‗azalning maqtasida o‗zining Vatan haqidagi istak va e‘tiqodidan
zarracha ham qaytmagan, ochiq yuz, ochiq ko‗ngil, tanti va jumard Bobur butun
borlig‗icha, axtida sobitligida namoyon bo‗ladi.
10
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 164-bet.
33
3-O„quvchi:
Xalqning ta‘nasi ham, ta‘rifi ham men uchun ahamiyatsiz, chunki
yaxshilikni ham, yomonlikni ham keragidan ortiq ko‗rdim, deydi shoir she‘rida
ma‘no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi so‗z va iboralarni, fikr yoki holatni
anglatib, aytmoqchi bo‗lgan gapining ta‘sirchan chiqishiga erishadi. Xazon
yafroqi, gul yuz, lolaruh, chehrayi zard (sariq), ta‘na-ta‘rif, yaxshi-yomon kabi.
Ma‘lumki, ―gul‖ so‗zi ko‗pincha ―yuz‖ so‗zi bilan yonma-yon ishlatiladi. O‗z
navbatida, ―gul‖ ma‘no jihatidan barg, gulshan, bog‗ so‗zlariga yaqin. Shoir
she‘rda mana shunday so‗zlardan, ularning ma‘no o‗xshashliklaridan ustalik bilan
foydalaniladi.
O‗qituvchi: Insonga xos quvonch ham, g‗am ham shoir she‘riyatida birdek
ma‘no-mohiyat kasb etadi. Bu holat o‗z-o‗zidan she‘rning hayotiyligini,
ta‘sirchanligini kasb etadi. Albatta, bunga Boburning bir umr vatandan ayro
tushgani, uning so‗ngsiz sog‗inch-u alamlari sabab bo‗lgan. Shu jihatdan quyidagi
g‗azali alohida ahamiyatga ega.
Yuqoridagi ma‘lumotdan so‗ng g‗azalni avval o‗qituvchining o‗zi ifodali o‗qib
beradi, so‗ngra o‗quvchilarga o‗qitadi. Chunki aruz vaznidagi she‘rlar o‗z o‗qilish
tartib qoidalariga ega. Ifodali o‗qish she‘r go‗zalligini chuqur his etishga,
o‗quvchilarda shoirning badiiy mahorati haqida to‗liq tasavvur hosil bo‗lishiga
imkon beradi. Zero, g‗azaldagi ma‘nolarni tushunish bilan birga g‗azalni o‗z vazni
– ohangi bilan o‗qish, talaffuz etish ham juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: