Limfa sistemasi.
Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa
tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi
limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tomirlari
organ va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Kapillyarlardan
to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismining ortiqchasi to'qimalardan limfa
tomirlariga o'tadi. Limfa tomirlari kovak venalarga birlashib, o'ng bo'lmachaga
quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |