Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/119
Sana03.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#312802
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyasi мажмуа 2018

 


6-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish 
gigienasi
 
Rеja: 
 
1.  Ovqat hazm qilish tizimining umumi tuzilishi. 
2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari. 
3. Organizmda modda almashinuvi. 
4. Ovqatlanish gigiyenasi. 
 
Tayanch  so’z  va  iboralar: 
og‘iz  bo‘shlig‘i,  tishlar,  halqum,  qizilo’ngach,  me’da  va  ichakda 
ovqat hazm bo‘lishining xususiyatlari, jigar, moddalar va energiya almashinuvi, bola o‘sishi va 
rivojlanishida  suv,  mineral  tuzlar  va  vitaminlarning  ahamiyati,  turli  yosh  davrlarda  bolalar 
ovqatlanishining o‘ziga xosligi, ovqatlanish gigienasi.
 
Ovqatlar  bilan  organizm  oqsillar,  yog’lar  va  uglevodlar  kabi  murakkab 
organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o’sish jarayonida va 
atrofiyaga  uchragan  hujayralarni  o’rniga  yangilarini  hosil  bo’lishida  qurilish 
materiali  sifatida  foydalaniladi.  To’yimli  moddalar  organizmdagi  energiya 
moddalar manbai hisoblanadi. 
Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar,  ma’danli tuzlar  va suv ham 
kam  ahamiyatga  ega  emas.  Ular  organizmda  kechadigan  turli  tuman    kimyoviy 
reaksiyalarning  bajarilishi  uchun  sharoit  yaratib  bersa,  ko’pchiligi  ko’plab 
reaksiyalarda to’g’ ridan-to’g’ ri ishtirok etadi. 
Suv,  ma’danli  tuzlar  va  darmon  dorilar  organizm  tomonidan  to’lig’icha 
o’zgarmagan  holda  o’zlashtiriladi.  Ovqatlar  tarkibidagi  oqsillar,  yog’lar  va 
uglevodlar borasida gap yuritadigan bo’lsak, ular organizm tomonidan to’g’ridan-
to’g’ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan 
o’taolmaydigan  yirik-yirik  molekulalardan  tashkil  topgandir.  Bu  yerda  asosiy 
masala  shundan  iboratkim,  ularning  hammasi  organizm  uchun  begona  va  har 
qanday  begona  moddalar  uchun  organizmda  ularga  qarshi    himoya  moddalari 
ishlab  chiqiladi  (antitana).  Ana  endi  tushunarli  bo’lsa  kerak,  nima  uchun  asosiy 
to’yimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi. 
Ovqat  hazmi  jarayoni  deb  -oziq  moddalarni    fizik  va  kimyoviy  qayta 
ishlanishi  va  ularni  oshqozon-ichaklar  tizimidan  surilishi,  qon  bilan  tashilishi, 
organizm  tomonidan  o’zlashtirilishi  mumkin  bo’lgan  oddiy  va  eruvchan 
birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi. 
Odamlar  organizmida  hazm  shiralari  ta’sirida,  ovqat  hazmi  tizimida  oqsillar 
aminokislotalargacha,  yog’lar-gliserin  va  yog’    kislotalarigacha,  murakkab 
uglevodlar  esa  oddiy  qandlargacha  (glyukoza  va  boshqalar)  parchalanadi.  Oziq 
moddalarning  bunday  kimyoviy  qayta  ishlanishida  hazm  shiralari  tarkibiga 
kiruvchi  –fermentlar  bosh  rolni  o’ynaydi.  Fermentlar  tabiati  jihatidan  oqsilli 
moddalar 
bo’lib, 
organizm 
tomonidan 
ishlab 
chiqiladigan 
biologik 
katalizatorlardir.  Fermentlarga  xos  bo’lgan  xususiyatlardan  biri  –  ularning 
spesifikligidir:  ya’ni  har  bir  ferment  ma’lum  fizik  tarkib  va  tuzilishga, 
molekulasida  kimyoviy bog’lar ma’lum-  -aniq tipga ega bo’lgan moddalarga va 
moddalar  guruhiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Fermentlar  ta’siri  ostida  erimaydigan  va 


surilishi  mumkin  bo’lmagan  murakkab  moddalar,    eriydigan  va  yengil 
o’zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi. 
Ovqat  hazmi  organlari  tizimi  haqida  tushuncha.
  Ovqat  hazmi  organlari 
tizimiga uch juft katta so’lak bezlari bilan og’iz bo’shlig’i, halqum, qizil o’ngach, 
me’da, ingichka ichak (uning tarkibiga o’n ikki barmoqli ichak kiradi  – unga o’t 
suyuqligi va me’daost bezlari yo’llari ochiladi, och ichak  va yonbosh ichaklar) va 
kur,  chambar  va  to’g’ri  ichaklardan  iborat  yo’g’on  ichaklar  kiradi.  Chambar 
ichakda  yuqoriga  ko’tariluvchi,  pastga  tushuvchi  va  sigmasimon  ichaklar 
farqlanadi.  
Hazm  bezlari  homiladalik  davridayoq  ona  organizmidan  tushayotgan 
moddalar va homilaoldi suvlaridan tushadigan moddalar hisobiga faoliyat ko’rsata 
boshlaydilar.  Lekin  bola  tug’ilguniga  qadar  unda  ovqat  hazmi  funksiyalari  juda 
zaif  namoyon  bo’ladi.  Bola  tug’ilgach  dastlab  uvuz  suti,  so’ngra  yetilgan  sut  va 
aralash  oziqlantirishlar  bolalarning  ovqat  hazmi  apparatlari  funksiyalarini  jiddiy 
darajada tezlashtiradi. 
Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmining xususiyatlari.
 Ovqatlarning hazmlanishi 
og’iz  bo’shlig’idayoq  boshlanadi.  Ovqatlarning  mexanik  bo’linishi  va 
maydalanishi  og’iz  bo’shlig’i  organlarini  spesifik  funksiyasini-chaynash  tashkil 
qiladi. Barcha hazm organlari orasida faqatgina og’iz bo’shlig’i suyakli asosga ega, 
og’iz bo’shlig’ida til va tishlar joylashgan, til-qon tomirlari va nervlar bilan yaxshi 
ta’minlangan,  shilliq  parda  bilan  qoplangan  harakatchan  muskulli  organdir. 
Chaynash  jarayonida    til  ovqatlarni  harakatlantiradi,  ta’m  sezish  va  nutq  organi 
bo’lib xizmat qiladi. 
Tishlar  ovqatlarni  maydalaydi.  Bundan  tashqari  ular  nutq  tovushlarini 
shakllanishida ishtirok etadi. Funksiyasi va shakli bo’yicha tishlar kesuvchi, qoziq, 
kichik  va  katta  ildizli  tishlarga  farqlanadi.  Voyaga  yetgan  odamlarda  tishlarning 
umumiy soni 32 tani tashkil etadi. Har bir yuqorigi va pastki jag’ larning yarmida 2 
ta  kesuvchi,  1  qoziq,  2  ta  mayda  ildizli  va  3  katta  ildizli  tishlar  joylashgan.  Bu 
quyidagi  tish  formulasi  bo’yicha  har  ikkala  jag’ning  bir  tomonidagi  tishlarni 
belgilab beradi. 
                                  2  1  2  3               2 1  2  3 
                                  2  1  2  3               2 1  2  3 
Har  bir  tish  milkdan  chiqib  turgan  koronkadan  va  u  keyin  bo’g’izga  va 
ildizga  aylanadi.  Ildiz  esa  jag’ning  tish  chuqurchasiga  o’tirgan  bo’lib,  suyak  usti 
qatlami bilan birgalikda unga tutashib ketgan.  Pastki jag’ning katta qoziq tishlari 
ikkitadan, yuqorigisi esa  3 tadan ildizga ega bo’ladi. Boshqa tishlar bir ildizlidir. 
Ildiz ichidan kanal o’tgan bo’lib tish bo’shlig’ida kengayadi va u tish laxmi bilan –
yumshoq po’kaksimon biriktiruvchi to’qima, tomirlar va nervlar bilan to’la bo’ladi. 
Tishning  milkdan  chiqib  turgan  qismi,  bo’g’zi  va  ildizlari  qattiq 
to’qimalardan iborat bo’ladi. Tish bo’shlig’ida tishning yumshoq to’qimasi – pulpa 
joylashgan  bo’ladi.  Pulpaning  asosini  hujayra  elementlariga  boy  bo’lgan 
biriktiruvchi to’qimalar tashkil qiladi. 


Sut va doimiy tishlarning chiqish muddatlari  (A.G.Xripkova bo’yicha) 
Tishlarning nomi 
Tishlarning chiqish muddatlari 
Sut  
Doimiy  

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish