Tadqiqotlari


 - BOB. SO‘ROV USULLARI VA SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

8 - BOB. SO‘ROV USULLARI VA SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH. 
ANKETA TUZISH VA SAVOLLARINI O‘TKAZISH. FOKUS- GURUH 
 
8.1. So‘rov o‘tkazish usullari va ularni tanlash 
So‘rov 
bu – tadqiqot ob’ektlari bilan muloqot o‘rnatgan holda axborot to‘plash 
usulidir.  
Bu  usul  axborot  to‘plashning  marketingda  eng  tarqalgan  usulidir.  U 
tadqiqotlarning qariyb 90%ini o‘tkazishda qo‘llanadi.  
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
 
1.  Yuqori  standartlashuv  darajasi,  barcha  respondentlarga  bir  xil  javob 
variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi. 
2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga 
savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin. 
3.  Chuqur  tahlil  o‘tkazish  imkoniyati  ketma-ketlikda  aniqlashtiruvchi  savollar 
berilishidan 
iborat. 
Masalan, 
ishlayotgan  bolali  onalardan  ularning 
ish 
joyi 
maktab 
yoki 
bolalar 
bog‘chasiga  qanchalik  yaqin    bo‘lishi 
muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta 
maktab 
variant 
sifatida 
ko‘rib 
chiqilganligi  haqida  savol  beriladi. 
Shundan 
so‘ng  mashg‘ulot  turi, 
daromad,  oila  hajmiga  doir  savollar 
beriladi. 
4. Tabulyatsiya  va statistika tahlilini o‘tkazish  imkoniyati  matematik statistika 
usullari  va shaxsiy kompyuterlar  uchun  mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan 
iborat. 
5. Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili. 
Ommaviy  so‘rovlarda  axborot  manbai  bo‘lib  faoliyat  turi  bo‘yicha  tahlil 
predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi.  
Maxsus  so‘rovlarda  aynan  mutaxassislar  (ekspertlar)  –  professional  faoliyati 


 
186 
 
tadqiqot  predmeti  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  shaxslar  asosiy  axborot  manbai  vazifasini 
bajaradi.  
Shu  sababli  maxsus  so‘rovlar  ko‘pincha  ekspertlar  so‘rovi  deb  ham  ataladi. 
Ular  marketing  tadqiqotining  boshida  muammoni  aniqlash  uchun  yoki  tadqiqotning 
oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.  
Bir  martalik  so‘rovlar  faqat  bozor  sub’ektlarining  korxona  faoliyati  va  uning 
mahsulotlariga  joriy  reaksiyasini  ko‘rsatgan  bir  paytda  takroriy  so‘rovlar  tovarning 
butun  hayot  davrini,  iste’molchilar  so‘rovlari  va  did-istaklarini  aniqlashga  imkon 
beradi.  
So‘rovlar  odatda  ishlab  chiqarish  yo‘nalishidagi  tovarlardan  foydalanuvchilar 
fikrini  o‘rganish  uchun  foydalaniladi,  chunki  ularning  doirasi    nisbatan  cheklangan 
bo‘ladi.  Iste’mol  bozorida  potensial  iste’molchilar  soni  shunchalik  ko‘pki,  amalda 
ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar 
o‘tkaziladi.  
Anketa  so‘rovlari  usulining  afzalligi  uni  amalda  hech  qanday  cheklashsiz 
qo‘llash  mumkinligi,  ob’ektning  oldingi  va  joriy  xulq-atvori,  kelajakdagi  rejalari 
haqida ma’lumot olishga imkon beradi.  
Mazkur  usulning  kamchiligi  so‘rovlarni  o‘tkazish  uchun  katta  xarajat  va  ko‘p 
mehnat  talab  qilinishi,  olingan  axborotning  noto‘g‘ri  javoblar  natijasida  aniqlik 
darajasi pasayishi mumkinligidan iborat.  
So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:  

 
auditoriya bilan aloqa usulini tanlash;  

 
anketani tayyorlash;  

 
sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish.  
So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari 
va  iste’molchi  xulq-atvoriga  doira  savollar  berish  yo‘li  bilan  birlamchi  axborot 
to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga 
ega  bo‘lishi  mumkin;  birinchi  holatda  barcha  so‘ralayotganlarga  bir  xil  savollar 
beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. 


 
187 
 
So‘rov  o‘tkazishda  so‘ralayotganlar  guruhi  bir  yoki  bir  necha  marta  tadqiq 
etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun 
bir  nechta  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  bir  marta  tadqiq  etiladi.  Masalan,  jurnal  va 
gazetalar  redaksiyalari  o‘z  o‘quvchilari  o‘rtasida  ularning  yoshi,  jinsi,  ma’lumot 
darajasi,  mashg‘ulot  turi  kabi  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  bir  martalik  tanlanma  tadqiqot 
o‘tkazadi. 
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi: 
1)  respondentlarga  intervyuyer  tomonidan  savol  berish  yo‘li  bilan,  javoblarni 
intervyuyer qayd etib boradi; 
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan; 
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. 
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega: 
1.  Respondentlar  bilan  qaytuvchan  aloqaning  mavjudligi  so‘rov  jarayonini 
boshqarishga imkon beradi. 
2.  Respondentlar  va  intervyuyer  o‘rtasida  so‘rovning  boshidayoq  ishonchli 
munosabat o‘rnatish imkoniyati. 
3.  So‘ralayotganlar  ma’lumot  darajasi  yoki  xususiyatlarini  hisobga  olish 
imkoniyati  —  masalan,  respondentga  qo‘llanuvchi  shkalalar  gradatsiyasida  yordam 
berish. 
Mazkur  usulning  kamchiliklari  xuddi  ikkinchi  usulniki  kabi  bo‘lib,  keyinroq 
ko‘rib chiqiladi. 
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.  Mazkur  yondashuvni  shaxsiy  intervyuga  nisbatan  tezroq  amalga  oshirish. 
Kompyuter  oldingi  savollarga  moslashtirilgan  savollarni  juda  tez  berishi,  tasodifan 
tanlangan  telefon  raqamlarini  tez  terishi,  har  bir  so‘raluvchining  xususiyatlarini 
hisobga olishi mumkin. 
2.  Intervyuyerning  xatoga  yo‘l  qo‘ymasligi,  kompyuter  charchamaydi,  uni 
«sotib olib» bo‘lmaydi. 
3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish. 


 
188 
 
4.  Ma’lumotlar  bilan  real  vaqt  rejimida  ishlash.  Olingan  axborot  bevosita 
ma’lumotlar  to‘plamiga  jo‘natiladi  hamda  istalgan  payt  tahlil  qilish  uchun  ochiq 
bo‘ladi. 
5. 
Intervyuyerning 
sub’ektiv  xislatlari  olinadigan  javoblarga  ta’sir  
ko‘rsatmaydi.  Respondentlar  intervyuyerga  yoqmaydigan  javoblarni  bermaslikka 
harakat qilmaydi. 
Kompyuter  usulining  kamchiliklari  kompyuter  va  dasturiy  vositalarni  xarid 
qilish  va  undan  foydalanish,  har  bir  tekshiruvdan  so‘ng  kompyuterni  viruslardan 
tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat. 
Uchinchi  usulning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  asosiy  jihati  shundaki,  respondent  unga 
berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi. 
Ushbu usulning afzalliklari: 
1.  Intervyuyer  va  kompyuter  texnikasidan  foydalanilmaslik  sababli  nisbatan 
arzonlik. 
2.  Respondentlar  tomonidan  savollarga  javoblarning  mustaqil  berilishi,  ular 
savolga javobberish tezligi va vaqtini o‘zlari belgilaydi.  
3.  Intervyuyer  yoki  kompyuter  tomonidan  ko‘rsatiluvchi  biron-bir  ta’sirning 
yo‘qligi respondentlar uchun savollarga javob berishda yanada qulaylik yaratadi.  
Bu  usulning  kamchiligi  birinchi  navbatda  respondentning  o‘zi  anketa 
savollariga javobni  nazorat qilishi,  uning javoblarida xatolar bo‘lishi mumkinligi, so‘rov 
muddati buzilishi yoki anketalarning umuman qaytarib berilmasligidan iborat. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish