Tadqiqotlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
 
 
 
 


 
158 
 
7.4.  Marketing tadqiqotlarida mikro va makro muhiti 
 
Marketing  muhiti  –  tashkilotdan  tashqari  holda  faol  ta’sir  o‘tkazadigan 
sub’ektlar  va  kuchlar  yig‘indisi  bo‘lib,  bozor  ishtirokchilari  va  xaridorlar  bilan 
bo‘ladigan barcha munosabatlarga va ularning shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi.
 
 
Marketing  faoliyatini  boshqarish  jarayoni  korxonaga  uning  ichkarisida  ham, 
tashqaridan  ham  ta’sir  ko‘rsatuvchi  elementlar  yig‘indisiga  bog‘liqdir.  Ushbu 
elementlar  yig‘indisi  «korxonaning  marketing  muhiti»  deb  nomlanib,  uni  tashqi  va 
ichki muhitga ajratish mumkin.  
Tashqi  muhit  bu  –  tashkilot  va  uning  marketing  bo‘limi  tomonidan  boshqarib 
bo‘lmaydigan elementlardir.  
Ichki  muhit  esa  tashkilotning  o‘zida,  xususan,  marketing  bo‘limi  tomonidan 
nazorat qilinuvchi elementlarni qamrab oladi. 
Tashqi  muhitni  maqsadli  xaridorlar,  ta’minotchilar,  raqobatchilar,  vositachilar 
va  maqsadli  doiradan  iborat  bo‘lgan  mikromuhit  hamda  iqtisodiy,  ilmiy-texnik, 
madaniy,  ijtimoiy,  demografik,  tabiiy-iqlimiy,  ekologik  va  siyosiy-huquqiy 
omillardan iborat bo‘lgan makromuhitga taqsimlash mumkin. 
Marketing  muhiti  tashkilot  doirasidagi  va  keng  ta’sir  doirasidagi  belgisiga 
ko‘ra mikro va makromuhitlarga bo‘linadi. 
Mikromuhit  tarkibiga  tashkilot  tomonidan    o‘z  imkoniyatlari  va  mavjud 
salohiyati  vositasida  ta’sir  etuvchi  sub’ektlar  va  kuchlar  kiradi.  Jumladan, 
ta’minotchilar, raqobatchilar,  mijozlar va xaridorlar,  marketing bo‘yicha vositachilar 
(agar  ular  tashkilotga  bevosita  maslahatlar  berayotgan  bo‘lsa),  muloqotdagi  jamoa  – 
mikromuhit elementlari hisoblanadi. 
Ushbu  mikromuhit  elementlari  va  makromuhitni  tashkil  etuvchi  kuchlar 
olimlar  tomonidan  turlicha  turkumlanadi.  Masalan,  D.Evans  va  B.Berman  fikrlariga 
ko‘ra,  marketing  amalga  oshirilayotgan  muhitni  firma  rahbariyati  va  marketing 
mutaxassislari  tomonidan  nazorat  etiladigan  va  nazorat  etilmaydigan  omillar 
guruhiga  bo‘lib  o‘rganish  maqsadga  muvofiq.  Ushbu  yondoshishni  D.Evans  va 
B.Berman  firma  rahbariyati  va  marketing  mutaxassislari  tomonidan  amalga 


 
159 
 
oshirilayotgan  Amaliy  hatti-harakatlarda,  boshqarish  sohasidagi  chora  va  tadbirlarda 
deb asoslaydilar va baholaydilar. 
Bizning fikrimizcha, ushbu ilmiy yondoshishi va amaliy tahlil ijobiy jihatlarga 
ega  va  u  izlanishning  asosiy  mezoni  sifatida  marketingni  tashkil  etish  va  boshqarish 
vazifalarini  birlamchi  qilib  qo‘yadi.  Marketingni  makro  va  mikromuhitlarga 
turkumlab o‘rganish klassik tarzda bo‘lib, u tashqi o‘zgarishlar ko‘lamini o‘ta tartibli 
tizimga solib o‘rganish va inobatga olish imkonini beradi. 
Marketing  faoliyatini  amalga  oshirishda  tashkilotning  barcha  funksional 
bo‘linmalari (buxgalteriya, moliya, ishlab chiqarish, sotish, marketing, ilmiy-tadqiqot 
va  hokazo)  yetakchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Bo‘linmalarning  tashkiliy  tuzilishi, 
bo‘ysunishi  esa  tashkilotning  boshqarish  tuzilishidan  kelib  chiqadi.  Shuni  ta’kidlab 
o‘tish  joizki,  marketing  maqsadlari  va  vazifalari  bevosita  boshqarish  tizimining 
shakllanishini belgilashi lozim, aksincha emas. 
Shu  nuqtai  nazardan,  marketing  faoliyatining  shakllanishi  va  mikromuhitda 
tasir etuvchi kuchlar ta’sirini e’tiborga olish zarur hisoblanadi. 
Tashkilot 
makromuhitini 
o‘rganish 
ta’minotchilardan 
boshlanadi. 
Ta’minotchilar  –  alohida  olingan  tashiklot.  Uyushma,  shaxslar  yig‘indisidan  tarkib 
topib,  firmani  moddiy,  moliyaviy  va  mehnat  resurslari  bilan  ta’minlaydi,  muayyan 
tovar  ishlab  chiqarish    va  xizmat  ko‘rsatish  uchun  sezilarli  ta’sir  o‘tkazadi. 
Ta’minotchilarni  o‘rganish  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Tashkilot  uchun 
ta’minotchi bo‘lgan firma, uning raqobatchisi uchun ham ta’minotchidir. Ta’minotchi 
ham  o‘z  faoliyatida  erkin  bo‘lib,  uning  talablar  va  ehtiyojlarini  tabiiyki,  nazarda 
tutish lozim. 
Masalan,  A  –  firmaning  ta’minotchisiga  nisbatan  munosabatini  olaylik. 
Yetkazib  berilgan  tovar  uchun  pul  to‘lovlarining  kechiktirilish,  shartnoma 
kelishuvlarining  tez-tez  buzib  turilishi,  nafaqat  undan  mahrum  bo‘lish  xavfini,  balki 
barcha  ta’minotchilar  o‘rtasida  ushbu  A  –  firmasiga  nisbatan  salbiy  mulohazalar 
vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Eng  ko‘ngilsiz  oqibat  sifatida  esa,  qayd  etilgan 
ta’minotchini  A  –  firmaning  Raqobatchisi  manfaatlarida  xizmat  qilishi  va  uning 
doimiy ta’minotchisiga aylanishini misol qilish mumkin. 


 
160 
 
Marketing  bo‘yicha  vositalar  –  tashkilot  uchun  uning  tovarlarini  mijozlariga 
yetkazish. Sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. Ular jumlasiga 
savdo  vositachilari  (dilerlar,  distribyuterlar,  savdo  markazlari  va  hokazo),  tovar 
yetkazib  berish  bilan  shug‘ullanuvchi  tashkilotlar  (transport  xizmati  ko‘rsatuvchi 
tashkilolar, portlar, aeroportlar, omborlarga ega bo‘lgan tashkilotlar vash u kabi tovar 
harakatini  ta’minlovchilar,  vositailar),  kredit-moliya  muassasalari  (banklar,  sug‘urta 
kompaniyalari va hokazo) kiradi. 
Marketing  mikromuhiti  –  doimiy  ravishda  o‘zgarib  turadigan,  asosan  tezkor 
(operatsion)  xarakterga  ega  bo‘lgan  kuch  va  omillarning  faoliyat  sohasi.  Marketing 
mikromuhitiga quyidagilar kiradi: 

 
firma va uning bo‘linmalari; 

 
ta’minotchilar, ya’ni firmaga tovar sotuvchi shaxslar va tashkilotlar; 

 
tovarlarni qayta sotuvchi marketing vositachilari; 

 
mijozlar, ya’ni tovar buyurtmachilari yoki xaridorlari; 

 
raqobatchilar,  ya’ni  tovarni  eng  foydali  narxda  sotib  olish  uchun  kurashga 
kirishgan shaxslar va tashkilotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish