www.ziyouz.com kutubxonasi
29
399.
Qo’y barakadir, tuya azizdir, otning yollariga esa qiyomat kunigacha yaxshilik bog’lab
qo’yilgandir. Xodimlaringiz birodarlaringizdir. Ularga yaxshilik qilinglar. Agar ularni qiyinchilikda
ko’rsanglar, yordamlashib yuboringlar.
400.
G’iybat – birodaring yoqtirmaydigan so’zlar bilan u to’g’rida gapirishlikdir.
401.
Rashk – imondandir. Rashksizlik munofiqlik alomatidir.
402.
Mening nazdimda ibodatga qaraganda ilmning fazilati ortiqdir. Dindagi eng yaxshi xislat – bu
taqvodorlikdir.
403.
Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi.
404.
Birovdan so’rab o’zini xor qilgandan ko’ra hojatning bitmay qolgani yaxshidir.
405.
Ikki xil qozilar borki, ular do’zaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da,
nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yo’q bo’la turib, o’z xohlaganicha hukm chiqaradigan
qozilar do’zaxiydirlar.
406.
Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni Tangri do’zaxga mahkum
etur.
407.
Tangri yo’lida bir-birlari bilan do’stlashuvchi, o’zaro suhbatlashuvchi, bir-birlariga xayru saxovat
qiluvchi va bir-birlarini ziyorat etuvchi kishilarga Tangrining muhabbati haqdir.
408.
Mo’min kishilarning o’zaro urush qilishlari kufrdir, so’kishlari esa fosiqlikdir. Ikki mo’min bir-
birlari bilan uch kundan ortiq arazlashib yurishlari durust emas.
409.
Kimki qalbini imon uchun xolis va sog’lom, tilini rostgo’y, o’zini xotirjam, xulqini to’g’ri, qulog’ini
tinglovchi, ko’zini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan bo’lsa, demak, u baxtlidir.
410.
Narsani qarzga berish uni sadaqa qilib yuborgandan yaxshidir.
411.
“Tangriga imon keltirdim”, deginu, so’ng o’zing to’g’ri bo’l!
412.
Oz bo’lsa-da, berilgan ne’matning shukrini ado qilib yurganing ko’pga shukr qilolmaganingdan
afzaldir.
413.
Ulovingni bog’lab qo’yib so’ng tavakkal qilgin!
414.
Bir kishi odamlarga qarz berib yurar edi va xizmatchilariga aytardiki: “Kambag’allarning
qarzlarini kechib yuboraveringlar, shoyad Tangri ham bizlarning gunohlarimizni kechirib yuborsa”.
Shundan keyin u o’lgach, Tangri uning gunohlarini kechib yuborgan ekan.
415.
Eshitgan har bir narsasini gapiraverish kishining gunohkor bo’lishi uchun kifoya qiladi.
416.
Zamonning o’tishi kishi uchun pandu nasihat, o’lim esa hammani bir-biridan ajratuvchidir.
417.
Eshitgan har bir gapini gapiraverishi uning yolg’onchiligiga dalildir. Haqimni hech qoldirmay
undirib olaman, deydigan odam, bilginki, o’ta baxildir.
418.
Doimiy ravishda xusumat qilishing sening gunohkor bo’lishing alomatidir.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |