www.ziyouz.com kutubxonasi
14
158.
Avvalgi payg’ambarlarning so’zlaridan odamlarda qolgani: “Uyalmasang, xohlagan ishni
qilaver!”
159.
Mo’minning o’limidan so’ng ham (uning foydasiga) yozilib turadigan amallar: tarqatgan ilmi,
qobil farzandi, meros qoldirgan Qur’oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog’lik va
hayotlik paytida qilgan sadaqasidir.
160.
Sudxo’rlik gunohidan ham ashaddiyroq gunoh mo’min kishining obro’sini nohaq to’kishdir.
161.
Sizlar odamlarni molu dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi
xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin.
162.
Baxtsizlik uch narsadadir: otda, xotinda va hovlida
33
.
163.
Faqat xayrli va savobli ishlar buyurilganda, unga itoat qilish kerak.
164.
Ayollarga erkaklar o’z tug’ishgan opa-singillari kabi bo’lishlari kerak.
165.
Men ham sizlarga o’xshagan bir insondurman. Gumon bilan aytilgan so’z xato ham ham, to’g’ri
ham chiqib qolishi mumkin. Lekin sizlarga Tangri aytgan deb biror xabarni yetkazsam, men hech
qachon Tangri nomidan yolg’on gapirmagan bo’laman.
166.
Sizlardan oldin o’tgan qavmlar nima uchun halok qilinganlar? Chunki ular hurmatli odamlar
o’g’rilik qilsa kechirganlar, ammo zaif va bechora hol odamni esa jazolaganlar.
167.
Ikki kishining birga o’tirib qilgan suhbatidagi gaplari omonatdir. Suhbat qurgan kishilar
Tangrining omonati bilan tarqagaylar. Suhbatdoshining sirini fosh qilish taqiqlangandir.
168.
Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman.
169.
Qalb – doimo o’zgarib turishi sababli qalb deb ataladi. Go’yoki u sahrodagi bir shoxchaga ilinib
qolib, goh u yoqqa, goh bu yoqqa ag’darilayotgan barg kabidir.
170.
Yaxshi odam bilan o’tirish go’yo mushku anbardek, yomon odam bilan birga bo’lish esa
temirchining bosqoni kabidir. Mushku anbari bor kishidan xushbo’y hid taraladi, sen undan uni sotib
olishing yoki xushbo’y hididan bahramand bo’lishing mumkin. Temirchining bosqoni esa kiyimingni
kuydirib qo’yishi yoki loaqal undan qo’lansa hid yetishi mumkin.
171.
Men la’nat aytishga emas, balki rahmat uchun yuborilgandirman.
172.
Men ham hazil-mutoyiba qilaman, lekin haq gapni so’zlayman.
173.
Men odamlarning qalblariga yorib kirish yoki ularning qornilarini yorib ko’rish uchun
buyurilmaganman.
174.
Ikki zaif toifa, ya’ni yetim va ayol haqqini yemoqlikni sizlarga harom qilaman.
175.
Amirlik (podshohlik) nimaligini sizlarga aytsam, u birinchidan, malomatga qolish, ikkinchidan,
pushaymonlik, uchinchidan, qiyomat kunidagi azobga qolish. Odil podshohlar bundan mustasno.
33
Ya’ni: yomon ot, yomon xotin, yomon qo’shni ma’nosida.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |