www.ziyouz.com kutubxonasi
22
279.
Halol ham, harom ham aniq bo’ldi. Ularning o’rtasida shubhali narsalar bor. Ko’p odamlar buni
bilmaydilar. Kimki shubhali narsalardan saqlansa, dinini ham, obro’sini ham pok saqlagan bo’ladi.
Kimki shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga o’tib ketishi ham mumkin. Agar cho’pon qo’ylarini
zaharli o’t atrofida o’tlatib yurgan bo’lsa, podasi zaharli o’tdan yeb qo’yishi mumkin. Bilginki, har bir
podshohning qo’riqxona kabi taqiqlab qo’ygan narsalari bo’lganidek, Tangrining ham taqiqlab qo’ygan
harom narsalari bor. Bilginki, inson jasadida go’sht parchasi bor, agar u sog’lom bo’lsa, butun jasad
ham sog’lomdir, agar u buzilsa, butun jasad ham buziladi. Bilginki, u yurakdir.
280.
Halol ham, harom ham ravshan bo’ldi. Qaysi narsa seni shubhalantirsa, uni qo’yib shubhasiziga
o’taver.
281.
Hayoning butun vujudi yaxshidir.
282.
Hayo doimo yaxshilik keltiradi.
283.
Hayo – imondandir.
284.
Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki bo’lak qismidir. Uyatsizlik va sergaplik munofiqlikning
ikki bo’lak qismidir.
285.
Kimining qalbiga Tangri insoniyatga nisbatan rahmu shafqat ato etmagan bo’lsa, u eng
ziyonkor bandadir.
286.
Haqingni xoh mukammal, xoh kami bilan bo’lsa-da, halol qilib ol!
287.
Imkoniyatlaring va toqatlaringga yarasha ibodat qilinglar. Sizlar charchaysizlar, lekin Tangri
zinhor charchamaydi.
288.
Mo’min kishida quyidagi ikki xislat bo’lmasligi kerak: baxilik va axloqsizlik.
289.
Besh xil zararli jonivorlarni hamma joyda o’ldirish mumkin: ilon, ola qarg’a, sichqon, qopag’on
it, kalxat.
290.
Besh xil gunoh kechirilmaydi: 1. Tangriga shirk keltirish. 2. Nohaq qon to’kish. 3. Mo’minlarga
nisbatan bo’hton uyushtirish. 4. Jangdan qochish. 5. Qasam ichib birovning haqini nohaq
o’zlashtirish.
291.
Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa og’zini to’ldirib,
ezmalik ila ko’p gapiruvchilaringizdir.
292.
Sizlarning yaxshilaringiz o’z olgan qarzlarini chiroyli qaytaradiganlaringizdir.
293.
Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga (ya’ni oila a’zolariga) xushmuomalada
bo’lganlaringizdir.
294.
Sizlarning yaxshilaringiz – uzoq umr ko’rish bilan birga yaxshi ishlarni qiladiganlaringizdir.
295.
Do’stlarning yaxshisi – Tangrini zikr qilishingga yordami tegadigan va yoddan chiqarganingda
eslatadiganidir.
296.
Sadaqaning yaxshisi – uni qilgandan keyin ham yana o’zida qoladiganidir. Pastdagi (oluvchi)
qo’ldan yuqoridagi (beruvchi) qo’l yaxshidir. Sadaqani o’z oilangdan boshla.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |