«Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa
ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan
kafolatlanadi»,
– deb ta‟kidladi Respublika Prezidenti I.A.Karimov Konstitutsiyaning
bir yilligiga bag„ishlangan tantanali majlisda.
Konstitutsiyaga asos qilib olingan prinsiplar o„z mohiyatiga ko„ra huquqiy
davlatning eng asosiy talablarini aks ettiradi. To„g„ri, bunday prinsiplarning ayrimlari
– «suverenitet», «xalq hokimiyati», «ijtimoiy adolat», «qonuniylik» avvalgi sovet
konstitutsiyalarida ham uchraydi. Biroq, yangi O„zbekiston Konstitutsiyasida bu
prinsiplar tub, asl ma‟no kasb etgan.
Davlat
suvereniteti
prinsipi
–
respublikada
davlat
hokimiyatini
tashkil etishning muhim prinsipidir. Hokimiyat suverenitetining mazmuni shundaki,
bunda hokimiyat bir tomondan mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo„lsa,
ikkinchi tomondan tashqi siyosat, boshqa davlatlar bilan o„zaro munosabatda o„zi
erkin, mustaqil ish ko„radi.
Davlat suverenitetining ichki jihatlari mazmuni Konstitutsiyaning I-bobida juda
aniq ochib berilgan. Chunonchi, «O„zbekiston suveren demokratik respublika»
ekanligi bayon etilgan, demakki, qonun bilan mustahkamlab berilgan. Davlat o„z
hududi va milliy boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir. «O„zbekistonning
davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo„linmasdir», (3-modda). O„zbekiston
Respublikasi mustaqil ravishda o„zining milliy davlat va ma‟muriy-hududiy
tuzilishini, hokimiyatni va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi
siyosatini amalga oshiradi, respublika Konstitutsiyasi o„z hududida ustunlikka ega
bo„lgan qonunlar qabul qiladi.
Davlat suverenitetining beistisno barcha ijtimoiy hokimiyat vakolatlari faqat
konstitutsiyaga binoan tuzilib, amalda bo„lgan davlat institutlaridagiga to„la va so„zsiz
71
jamlanishini taqozo qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan 10-modda mantiqan juda katta
ahamiyatga ega. «O„zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy
Majlisi va Parlamenti ish olib borishi mumkin». O„zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyati faqatgina O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
berilgan vakolat idoralarda amalga oshirishi ham nazarda tutilgan. Konstitutsiyada
nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyatini to„xtatib qo„yish yoki tugatish,
hokimiyatning yangi tizimlarini yaratish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga
binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo„ladi» (7-modda).
Xalqaro doirada O„zbekiston Respublikasining ustunligi va mustahkamligi uning
davlatlararo muloqotlarning to„laqonli va teng huquqli subyekti sifatidagi maqomiga
asoslanadi. Konstitutsiyada O„zbekiston davlatining alomatlari qayd etilgan bo„lib,
ular davlatimiz xalqaro munosabatlarining teng huquqli subyekti ekanligini
ta‟minlaydi.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o„z taqdirini o„zi belgilashi
qoidasi mukammal tarzda o„rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati
prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun
hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati
o„z vazifalarini ham bevosita, ham o„zi saylagan davlat organlari orqali amalga
oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-
bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko„zlab amalga oshiriladi.
Asosiy Qonunda xalq hokimiyatining real omillari ko„rsatib berilgan. Xalq saylov
yo„li bilan vakillik hokimiyati organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi,
umumxalq muhokamasi va referendumi orqali jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda, qarorlar (qonunlar) qabul qilinishida ishtirok etadi (9-modda). Shu
tarzda xalqning suveren xohish-irodasi, uning o„z davlat hokimiyatini ro„yobga
chiqarish usullari konstitutsiyaviy yo„l bilan mustahkamlanadi. Yana shuni ham
alohida ta‟kidlash joizki demokratizm – yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsipi
hisoblanadi. Chunki, xalqning turmush tajribasiga, respublika aholisining milliy va
madaniy an‟analariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos
keladigan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish yangi demokratik, adolatli
jamiyat qurishda o„ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo„lgan vazifadir.
Shu bois ham Konstitutsiyaning muqaddimasida xalqning demokratiya
g„oyalariga, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga sadoqatli ekanligi rasman e‟lon
qilingan. «O„zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga
asoslanadi, ularga ko„ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», – deb bayon etilgan. 13-moddada
«Konstitutsiyada davlat xalqning irodasini ifoda etishi, uning manfaatlari yo„lida
xizmat qilishi ta‟kidlangan. Umumxalq muhokamasi va umumxalq ovoz berishi
(referendum) tartibotlari demokratik vositalar hisoblanadi. Xalq qonun chiqaruvchi
organni shakllantirishda va respublika Prezidenti saylovida bevosita qatnashadi».
Shuningdek, Yangi Konstitutsiyada O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati
oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi ham asoslab berilgan.
72
Ya‟ni Qonunda qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud
hokimiyatining o„zaro hamjihatligi va mustaqil ravishda amal qilishining o„ta maqbul
mexanizmlari mustahkamlab berilgan. Hokimiyatning uchta tarmog„i o„rtasida
muvozanat saqlashning oqilona tizimi yaratilgan. Chunonchi, qonun chiqaruvchi
hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijroiya hokimiyati esa O„zbekiston Repsublikasi
Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga
oshiriladi. Sud hokimiyati – Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo„jalik sudi
tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini tashkil
etadi. Oliy Majlis tarkibida uning normal faoliyatini tartibga soladigan, hal etib bo„l-
maydigan ixtiloflar yuz berganda, yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid
qarorlar qabul qilsa, Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan kelishgan holda qabul qilgan
o„z qarori bilan Oliy Majlisni tarqatib yuborishi mumkin (95-modda). Konstitutsion
sud respublika qonunlari va Prezidentning Farmonlari Konstitutsiyaga qanchalik mos
kelishini aniqlaydi. Uning Konstitutsiyada o„ziga berilgan vakolatlari doirasida qabul
qilingan qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va bu qarorlarning ustidan shikoyat qilinishi
mumkin emas.
Konstitutsiyada kuchli va layoqatli ijroiya hokimiyati rivojlantirilgan. Bir tizimdan
boshqa tizimga o„tish davrida kuchli ijroiya hokimiyati zarurdir. Uni mustahkamlash
qonun chiqaruvchi hokimiyat mavqeini pasaytirish hisobiga yuz berishi kerak emas.
Prezidentga avval berilgan vakolatlarni aniqlash va to„ldirish ijroiya va qonun
chiqaruvchi hokimiyat o„rtasidagi muvozanatga rioya qilingan.
Chunonchi, Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq Prezident O„zbekiston
Respublikasida davlat boshlig„i va ijro hokimiyatining boshlig„idir. U ayni bir vaqtda
Vazirlar Mahkamasining ham Raisi hisoblanadi. Prezident vakolatlari to„g„risidagi
modda uning huquqlarini sanab o„tishda emas, balki uning zimmasiga yuksak
mas‟uliyat yuklashdan boshlanadi. Xususan, Prezident fuqarolarning huquqlari va
erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. O„zbekiston
Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va huquqiy yaxlitligini muhofaza etish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko„radi (93-moddaning 1;2-qismlari).
Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda respublika nomidan ish
ko„radi, muzokaralar olib boradi. Respublikaning shartnoma va bitimlarini imzolaydi,
respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga
rioya etilishini ta‟minlaydi. Prezident davlat boshlig„i sifatida hokimiyat va davlat
boshqaruvi oliy organlarining hamjihatligini ta‟minlaydi. U ijroiya hokimiyati
devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, vazirliklarni, davlat qo„mitalarini hamda
davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni Oliy Majlis tasdig„iga kiritadi. Bosh Vazir, uning birinchi o„rinbosari va
o„rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a‟zolarini lavozimiga tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlis tasdig„iga kiritadi
(93-moddaning 8, 9-bandlari).
Prokurorlik nazorati ijroiya hokimiyati strukturasiga kiritildi. Shu vaqtga qadar
prokurorlik nazorati go„yoki «To„rtinchi hokimiyat» bo„lib kelar edi. Endi
73
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o„rinbosarlari Prezident Farmoni
bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, bu masala Oliy Majlis
tasdig„iga kiritiladi. O„zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga
bo„ysunuvchi prokurorlar respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar (118-modda).
Prezidentning viloyat, tuman, shahar va xo„jalik sudlari sudyalarini lavozimiga
tayinlash va lavozimidan ozod etishga doir vakolatlarini o„ziga xos rag„batlantiruvchi
omil, deb qarash mumkin. Bu esa ularga odil sudlovni, hukm chiqarish va hal qiluvchi
qarorlar qabul qilishni davlat nomidan amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi
shundaki, sudyalar ishini ko„rishdagi mustaqilligi va erkinligi Prezident nufuzi bilan
mustahkamlanadi. Shu bilan birga tasdiqlash kerakki, na Prezident, na davlat
boshqaruvining boshqa organlari sudlarning harakatdagi faoliyatlariga aralashmaydi.
«O„zbekistonning sud hokimiyati, – deyiladi 106-moddada, – qonun chiqaruvchi va
ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan
mustaqil holda ish yuritadi».
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo„mondoni hisoblanadi.
Basharti, mamlakatga hujum qilingan taqdirda urush holati e‟lon qilib, bu qarorini uch
kecha-kunduz ichida Oliy Majlis tasdig„iga kiritadi.
O„zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosat o„tkazish tarafdori ekanligini bayon
etilishi Konstitutsiyaning butunlay yangi prinsiplaridan biridir. Bunda Respublikaning
o„z milliy davlat manfaatlarining ustuvor ekanligini belgilovchi omildir. O„zbekiston
tashqi siyosat sohasida xalqaro munosabatlarning to„la huquqli subyekti sifatida
Konstitutsiyada belgilab berilgan davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik
yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo„l bilan
hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umum e‟tirof etilgan boshqa qoidalariga va normalariga asoslanadi(17-
modda).
Konstitutsiyaning maxsus bobi (XXI-bob) joylardagi davlat hokimiyati organlariga
bag„ishlangan. Bu bobda o„zini o„zi boshqarish prinsiplarini mustahkamlash bilan bir
qatorda mahalliy hokimiyatning boshlig„i bo„lgan hokim tartiboti joriy etiladi.
Tegishli huquqlardagi mahalliy vakillik hokimiyati – xalq Kengashlariga, shuningdek,
ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman, shahar hokimlari boshchilik qiladilar.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahrining hokimi Prezident tomonidan lavozimiga
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi. Tuman, shahar va shaharlardagi tumanlar hokimlari tegishli
yuqori turuvchi hokimlar tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod
qilinadi hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi
(102-modda).
Hokim o„z vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi va o„zi rahbarlik
qilayotgan idoralarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar bo„ladi.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda mahalliy hokimiyat o„z-o„zini boshqarish
jamoat organlari shaklida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yig„inlari bunday o„zini
74
o„zi boshqarishning organlari hisoblanadi. Fuqarolar ikki yarim yil muddatga rais
(oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylaydilar. O„zini-o„zi boshqarishning bunday
shakli shahardagi mahallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ham amalga
oshiriladi (105-modda).
Bizning Konstitutsiyamizda birinchi marta O„zbekiston Respublikasidagi sud
hokimiyatiga doir maxsus bob paydo bo„ldi. Qonuniy va huquqiy tartibotni ta‟minlash
manfaatlariga asoslanib, Konstitutsiyada prokuratura idoralarining maqomi va
tashkiliy asoslariga alohida e‟tibor berilgan. Prokuraturaning yagona markazlashgan
tizimi respublika Bosh prokurori tomonidan boshqariladi (119-120-moddalar).
O„zbekiston Respublikasining moliya va kreditlari, mudofaa va xavfsizligi
to„g„risidagi qoidalarning birinchi marta aks ettirilganligi Konstitutsiyada bizga
tamoyilga aylanmagan butunlay yangi hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |