qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Natijada bir mamlakat aholisi o„rtasida g„oyaviy
nizolar, bir-biri bilan kelisha olmaslik illatlari paydo bo„ladi. Bu illatlar ozgina his-
266
hayajon bilan boyitilsa, qonli to„qnashuvlarga aylanib ketishi hech gap emas. Bunday
salbiy hodisalarni yon-atrofimizdagi musulmon mamlakatlarda yuz berayotgan
voqealar misolida yaqqol ko„rishimiz mumkin.
To„rtinchidan
, Islom Karimov yaqin qo„shni musulmon davlatlarda yuz
berayotgan hodisalar bizni hushyorlikka chaqirishi kerakligini uqtiradi. Darhaqiqat,
voqealar o„z hayotimizga, o„z taqdirimizga va kelajagimizga jiddiyroq qarashimizni
taqozo etmoqda. Biz har qanday soxta shiorlar, balandparvoz da‟vatlardan ko„ra
ko„proq aql-idrokka, tom ma‟nodagi islom tafakkuriga tayanib ish tutishimiz lozim.
Hech bo„lmaganda, «Biz insonni mukarram qilib yaratdik» degan ilohiy da‟vatga
munosib va yarashiq xatti-harakatimizni ko„rsatmog„imiz darkor. Prezident
tasavvuridagi O„zbekiston istiqboli faqat aql-idrok tantanasi, sog„lom fikr va sog„lom
tafakkur g„alabasidir. Zotan, faqat ana shu holatdagina insonning Mukarramligi, uning
mavjudod sifatida olam Sarvari ekanligi har jihatdan e‟tirof etiladi. Barcha ehtiyojlari
qondiriladi.
Beshinchidan
, mamlakatimiz barqarorligiga tahdid solayotgan omillardan yana
biri nomusulmon mamlakatlar aholisining fikrini chalg„itish yo„li bilan O„zbekiston
haqidagi tasavvurlarni va unga munosabatlarni o„zgartirish, deb hisoblaydi Islom
Karimov. Buni Prezident O„zbekiston hukumatining dunyoviy davlat qurish yo„lidagi
islohchilik faoliyatini soxtalashtirishda, jahonning eng sog„lom fikrli siyosatdonlari,
yirik davlat va jamoat arboblari tan olayotgan hamda jahon davlatchiligi tajribasini
butunlay yangi fikrlar bilan boyitib borayotgan «O„zbek modeli»ni soxtalashtirishga,
obro„sizlantirishga intilishlarda ko„radi. Mamlakatimizning bugungi yutuqlaridan
g„ashi kelayotgan bunday «siyosatdonlar» – ig„vogarlar O„zbekistonni ba‟zan
dahriylar mamlakati qilib ko„rsatishsa, ba‟zan «davlatni islomlashtirishning
yashirincha tarafdorlari», deb ta‟rif berishmoqda.
Oltinchidan
, eng muhim tahdid rivojlanish yo„liga chiqib olayotgan O„zbekiston
uchun ikki olam – islomiy sivilizatsiya va islomiy bo„lmagan sivilizatsiya o„rtasidagi
ziddiyatni kuchaytirishdan iborat. Bu ziddiyat tabiiy ravishda inson ruhiyati va uning
olamga, insoniyat istiqboliga munosabatidan tortib, jahon taraqqiyotini belgilab
turgan dunyoviy siyosatning ikki muhim qutbidir. Zotan, ana shu har ikki qutb
umuminsoniy qadriyatlar, Yer shari taqdiri va jahon sivilizatsiyasi manfatlari nuqtayi
nazaridan bir-biriga yaqinlashsa, bir-biriga ko„maklashsa, insonning qaysi din va
mazhabga mansubligidan qat‟i nazar, uning «mukarram»ligi ta‟minlangan, hayoti,
yashash huquqi kafolatlangan bo„ladi.
Bunday hodisa O„zbekiston singari yosh mustaqil mamlakatlar uchun o„zining
strategik maqsadlarini belgilab olishida muhim bosqich hisoblanadi. Darhaqiqat, bu
bosqich o„n beshta diniy konfessiya uyushmalari faoliyat ko„rsatayotgan O„zbekiston
taraqqiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega.
Yettinchidan
, xavfsizlikka tahdid O„zbekiston hukumatining dunyoviy taraqqiyot,
tub islohotlar, jamiyatni butunlay yangilash va diniy e‟tiqod hamda fundamentalizmga
bo„lgan munosabatini soxtalashtirishdan iboratdir. Bu dunyoning turli mintaqalaridan
turib to„g„ridan-to„g„ri O„zbekistonga g„oyaviy xuruj qilish, uning dunyodagi
267
ko„pdan-ko„p sheriklari ishonchini barbod etish, shu yo„l bilan O„zbekiston milliy
taraqqiyotiga to„g„anoq bo„lish orzu-istagida dunyoga kelgan.
Prezident Islom Karimov dinning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni va roli
xususida batafsil to„xtalar ekan, u fundamentalizm illatlarini o„ziga xos tarzda tahlil
etadi va, aytish mumkinki, hozirgacha hech qaysi minbarda aytilmagan, dunyo siyosiy
olamida tilga olinmagan, butunlay yangi xulosalarni o„rtaga tashlaydi. Yangi
dunyoning butunlay yangi illatlarini, uni fojialarga olib kelishi mumkin bo„lgan
omillarni chuqur idrok etadi va asosli qilib ifodalaydi.
Yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan, ruhiy va ma‟naviy dunyoqarashi,
turmush tarzi va aqidalari xilma-xil bo„lgan O„zbekistonda tili, millati, irqi, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat‟i nazar, insonligi
uchun ulug„lash kabi g„oyat insonparvar siyosatni qaror toptirish muhim ahamiyatga
ega ekanligini yaqqol ko„rib turibmiz. Zero, Prezident Islom Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: