Kitob mutolaasi. Kitob bilimlar xazinasi


Uchinchi turdagi kitobxon



Download 328,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi328,88 Kb.
#311407
1   2   3   4   5
Bog'liq
RM66aW2ADJDyQvGc5Cf98t1EGNwUMaabmcMtsRGp

Uchinchi turdagi kitobxon

zohiran “yaxshi” deb nom olgan o‘quvchining

butunlay teskarisidir. Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga

o‘xshamaydi. U – o‘z mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor. 

Kitobdan u na ma’rifat izlaydi, na vaqtichog‘lik. Kitobdan – bu yorug‘ olamda

qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yo‘nalish

nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi. Unga aslida nima

o‘qishning farqi yo‘q. U biror faylasufning asarini unga ishonib, ta’limotini

o‘rganib olmoq yoki uni tanqid qilib, unga qarshi harakat qilmoq uchun

o‘qimaydi, biron-bir shoirni dunyoning qanday yaralganini tushuntirib berishi

uchun mutolaa qilmaydi. Yo‘q, u hamma narsani o‘zi tushunadi, o‘zi anglay

oladi. U, ta’bir joiz bo‘lsa, komil inson. U hamma narsa bilan o‘ynasha oladi: 

muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur. Hamma narsani o‘yinga

aylantirishdan ham ko‘ra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga

hojat qolmaydi. Agar bunday o‘quvchi kitobdan biron-bir sentensiya, ya’ni

hikmatli so‘z, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-

avrasini ag‘daradi. U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish

asl haqiqatdir. U ma’naviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar

qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zo‘r qutb ham mavjud

ekanini azaldan yaxshi biladi. U yosh bolaga o‘xshab, assotsiativ

[3]

tafakkurni



yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi.


Shunday qilib, mazkur kitobxon yoki, to‘g‘rirog‘i, shu guruhga mansub har

birimiz ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yo‘l qatnovi jadvali, 

bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani o‘qiyverishimiz

mumkin. Fantaziyamiz va assotsiativ qobiliyatimiz munosib darajada bo‘lgan

paytda ham biz baribir qog‘ozdagi bitiklarni o‘qimayotgan, lekin shu asnoda

o‘qiganlarimizdan bizga yog‘ilib turgan nurafshon yog‘dular, istak, niyat va

mayllar oqimida suzayotgan bo‘lamiz. Ular sahifalar, matnlar bag‘ridan, shu

bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham ko‘rinishi mumkin. 

Hattoki, gazetada bosilgan e’lon ham yangilik. Eng baxt-omadli, tantanavor

fikr mutlaqo jonsiz so‘z zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi

harflarni, xuddi mozaikaga o‘xshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib

ko‘raverish ham joiz. Bunday holatlarda hatto Qizil Shapkacha haqidagi

ertakni qandaydir kosmogoniya yoki falsafa yoxud go‘zal ishqiy poeziya

yanglig‘ mutolaa qilish durust. Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado 

maduro” degan yozuvni shunchaki o‘qib, ushbu so‘zlar, harflar va tovushlar

o‘yiniga berilib ketgach, ilm, xotira va tafakkurning barcha yuzta saltanati

bo‘ylab, yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.



Biroq shu o‘rinda – mutolaa ham shunaqa bo‘ladimi? – deya meni

yozg‘irishlari tabiiy. Xo‘sh, aytaylik, Gyoteni o‘qiyotib, Gyotening niyat, 

maqsad, o‘y va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash o‘rniga o‘zini

go‘yo qandaydir e’lonni yoki bo‘lmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini

tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab

bo‘ladimi? Mutolaaning so‘nggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida

kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin

mabodo? Bunday o‘quvchidan Hyolderlin musiqasi, Lenau ehtirosi, Stendal

irodasi, Shekspir teranligi qayoqqa ham qochib qutula olarkin? Nimayam

derdim, yozg‘irgan kishi haq. Uchinchi toifadagi kitobxon – mutlaqo kitobxon

emas. Mazkur guruhda uzoq qolib ketadigan odam oxir-oqibat kitob o‘qishni

yig‘ishtirib qo‘yadi. Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, 

to‘siq, g‘ovga terilgan toshlar a’lo va mukammal darajada tartib berilgan

harflardan tuzilgan eng go‘zal sahifa o‘rnini bemalol bosa oladi. Alifbo harflari

bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.



Kitobxonning mutolaadagi shu uch bosqich orasida goh u yon, goh bu yon

ko‘chib yurishi tabiiy, bu har qanday kishi bilan har bir sohada sodir bo‘lishi

mumkin. Minglab oraliq darajalardan iborat ana shu uch bosqich arxitektura, 

rassomlik san’ati, zoologiya, tarix kabi sohalarda ham mavjud. Va mana shu

uchinchi bosqich ham hammayoqda bor, unda sen hammadan ko‘ra ko‘proq

o‘z-o‘zing bilan tenglashasan, biroq u har yerda sendagi o‘quvchini yo‘qotish

uchun tahdid qiladi, adabiyotning, san’atning aynishi, dunyo tarixining

buzilishi uchun xavf-xatar tug‘diradi. Ammo shunday bo‘lsa ham, sen mana

shu bosqichni o‘tamasang, kitob o‘qishda, san’at va ilm o‘rganishda imlo

o‘qiyotgan oddiy maktab o‘quvchisidan farqing qolmaydi.





Download 328,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish