33. Ular o‘z guvohliklarini to‘g‘ri-xolis ado qilguvchi zotlardir.
34. Ular namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi bo‘lgan
zotlardir.
35. Ana o‘shalar jannatlarda hurmat izzat ko‘rguvchidirlar.
I z o h.
Mazkur oyatlarda haqiqiy mo‘min-musulmonlarning sifat-fazilatlari bayon qilindi
va ana o‘shalar jannat ne’matlariga sazovor bo‘lguvchi zotlar ekanliklari uqtirildi. Endi
quyidagi oyatlarda Payg‘ambar alayhis-salom atroflariga kelishib, to‘p-to‘p bo‘lib
o‘tirishib olishib, u zot aytgan so‘zlarni masxara qiladigan va bir-birlariga sahobalarni
ko‘rsatishib: «Agar mana shular Muhammad aytayotgandek, jannatga kiradigan
bo‘lsalar, bizlar hech shak-shubhasiz ulardan oldinroq o‘sha joyga kiramiz», deb
safsatabozlik qiladigan mushriklar haqida so‘zlanib, ularning bunday tama’lari befoyda
ekanligi ta’kidlanadi va Payg‘ambar alayhis-salomni ulardan yuz o‘girishga amr etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |