kabidirlar. Alloh esa kofirlarni o‘rab olguvchidir.
20. Yashin ko‘zlarini ko‘r qilgudek bo‘ladi. U (atrofini) yoritganida yurib
oladilar, o‘chganida turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa quloq va ko‘zlarini yo‘q
qilgan bo‘lur edi. Shubhasiz, Alloh har narsaga qodirdir.
21. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o‘tganlarni taqvo egalari bo‘lishingiz
uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.
22. U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo‘ydi va osmondan
suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo‘lsin, deb mevalar chiqardi. Bas,
bilib turib o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang.
23. Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qur’ondan) shak-shubhada
bo‘lsangiz, u holda shunga o‘xshagan birgina sura keltiring va Allohdan o‘zga
Do'stlaringiz bilan baham: |