13.
Shaxs tuzilishining biologik asosi
Shaxs tuzilishining biologik asosi, avvalo, oliy asab faoliyatining o`ziga xos
sifatlari «kuchi», «harakatchanligi» va «muvozanatlashganligi» bilan bevosita
bog‘liqdir. I.P.Pavlov o`zining ko`p yillik tadqiqotlarida buni har tomonlama
asoslab bergan. Demak, o`quvchilarning xulq-atvori, qabul qilishi, odamlarga
munosabati va o‘quv topshiriqlarini qay darajada bajara olishi ko`p jihatdan
ularning asab tuzilishi sifatiga, aniqrog`i yuqorida aytilgan uchta sifatning (kuchi,
harakatchanligi va muvozanatlashganligi) shakllanganlik darajasiga ham bog‘liq
ekan. O‘qituvchi esa, o`z о`quvchilaridagi bunday o`ziga xos sifatlarni bilish va
shu asosda ish tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |