4.
O‘z-o‘zingizni rivojlantirish ustidaishlang
Shaxsiy o‘sish va biror-bir narsaga erishish uchun sobitqadam bo‘ling.
Atrofingizni o‘zingizdan ko‘ra ko‘proq biladigan va kattaroq muvaffaqiyatlarga
erishgan odamlar bilan qurshab oling hamda ulardan bilmaganlaringizni
o‘rganing. O‘zingiz ishonadigan va ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan yo‘l
boshlovchilardan ko‘mak guruhi tashkil qiling. Bir- biringizga yordam bering,
bir-biringizdagi tajribadan hamda tegishli adabiyotlardan o‘rganing
va bir-
biringizning erishgan muvaffaqiyatlaringizdanquvoning.
3. Yo‘l boshlovchilikka o‘rganing
O‘z qalbingizni, imkoniyatlarinigizni va mablag‘laringizni doimiy o‘qish
va o‘rganishga yo‘naltiring. Biror-bir yangi narsani o‘rganishingiz bilan, darhol
uni boshqalar bilan o‘rtoqlashing. Chunki,agarda, birovlarni o‘z o‘rgangan
narsangizga o‘rgatishni uddalasangiz, o‘zingiz ham ko‘plab yangi narsalarni bilib
olasiz. Yo‘l boshlovchi sifatidagi ko‘proq vaqtingizni muomala madaniyatiga va
insonlar bilan ishlashgabag‘ishlang.
Boy bo‘lmoq uchun nima qilmoq kerak?
O‘z orzuingizni aniqlang va toping, so‘ngra uni hayotga tadbiq qiling.
Bilimni va hunarni puxta va har tomonlama egallang, unga sayqal bering – xuddi
shu amal Sizga moliyaviy mustaqillikka erishishni ta‘minlab beradi. Hech kimga
380
va hech qachon o‘z orzularingizga erisha olmasligingiz haqida gapirishga yo‘l
qo‘ymang. Eng avvalo boylik yaratishning shaxsiy rejasini tuzib oling va uni
amalga oshirishni shu bugundan boshlang. Hamma fikr va rejalaringizni qog‘ozga
tushiring – bu Sizga ishingiz qanday ketayotganini ertaga, indinga va undan keyin
tekshirib turish imkonini beradi. Har kuni, ―
Men o‘z taqdirimga o‘zim javob
beraman!
‖ – deb doimo mashq qilibturing.
Ma‘ruzamiz so‘ngida quyidagi hikmatli so‘zlarni e‘tiboringizga havola etishni
ma‘qulko‘rdik:
«Insonni
butun
hayvonlardan yuqori qo‘ygan, uni
dunyoningbutun
sirlaridanvoqifetganto‘rtnarsabudir:hikmat,aql,qanoatvaadolat.
Ilm
tahsil
etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq – hikmatga;
tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga; hayo, olijanoblik, o‘zini qo‘lga olmoq
va o‘zining haq-huquqini bilmoq – qanoatga; to‘g‘rilik, va‘daga vafo, ezgu
ishlar qilmoq va yaxshi hosiyatli bo‘lmoq – adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning
barisi bir odamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk mavqe ham uni
gangitib quymaydi. Eng katta kulfat ham uni sarosimaga sola olmaydi. Bunday
odam atrofida o‘zini quvontirmaydigan narsalarning borligidan g‘am emaydi,
o‘zida mavjud narsalardan mahrum bo‘lsa, ranjimaydi. Boshiga falokat kelsa,
o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Hikmat – bitmas-tuganmas hazinadir. Harjlaganing
bilan kamaymaydi, asraganing bilan unga nuqson etmaydi. Hikmat shunday
liboski, kiyganing bilaneskirmaydi»
«Kalila va Dimna» dan
Muomala va muloqot qoidalari
16-topshiriq:. Insonlar bilan muloqotning asosiyusullari.
Ko‘pchilik insonlar, ayniqsa yoshlar o‘zlarini zamonaviy jamiyat va
jamoada qanday tutishlari kerakligi haqidagi, uyda va ishxonada nimalarga e‘tibor
berishlari lozimligi, savdoda, ish vaqtida insonlar bilan qanday munosabatda
381
bo‘lish maqsadga muvofiqligi, do‘stona va amaliy ko‘rinishdagi suhbatlarni
qanday qilib olib borish to‘g‘risidagi, oila va ishxonadagi konflikt sharoitlarda
nimalar qilish mumkinligi haqidagi yangi va zamonaviy adabiyotlar bilan tanisha
olmadilar, chunki, ular o‘z vaqtida yaratilmadi va natijada bu sohaga oid ta‘lim-
tarbiya berish ishi ancha oqsab qoldi. Jamiyat hayotini va uning hozirgi holatini
faqatgina o‘zaro munosabatlar qoidalari mukammal emasligi bilan tushuntirish
juda ham soddalik bo‘lgan bo‘lar edi. Ammo, bunday qonun-qoidalarning katta
madaniy ahamiyatini rad etish ham katta xatolik bo‘lar edi. Shuni ham ta‘kidlash
kerakki, atrofdagilar bilan muloqot qoidalarini yaxshi bilmaslik ko‘pchilik
odamlar, ayniqsa, tadbirkorlar oldida kattagina muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. Bu sohada o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
moliyaviy munosabatlarda muvaffaqiyat qozonish, Hatto, iqtisodiyotning texnik
sohalarida ham faqatgina 15% gina texnik bilimlarga, qolgan 85% esa hamkasblar
bilan muomala qila bilish, boshqacha qilib aytganda, odamlarga rahbarlik
qilishdagi shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarga bog‘liq ekan. Amerikalik tanikli
biznesmen Jon Rokfeller shunday degan ekan: «
Do'stlaringiz bilan baham: |