Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot  ortiqchaligi
  –  bu  haqiqat.  Ma‟lumotlarning  ortiqchaligi 
zamonaviy  jamiyatning  malakali  vakillari  orasida  fikrlash  sifatining 
kamayishiga sabab bo„ladi. 
Zamonaviy axborot tizimlarni tadbiq qilish

 
katta hajmli o„quv axborotlariga kirish; 
 
o„rganilayotgan materialning ko„rgazmali shakl (forma)da 
ifodalanishi; 
 
axborotni qo„shimcha modulli taqdim etish imkoniyatining 
mavjudligi. 
Quyidagi didaktik talablarning bajarilishi

 
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi; 
ko„rgazmalilik, yetarlilik, o„quv materialining tarkiblanganligi va 
zamonaviyligi, to„liqlik; 
 
murakkablik darajasi bo„yicha o„quv materiallarini taqdim 
etishning ko„p qatlamliligi; 
 
nazorat savollari va testlarning to„liqligi; 
 
ish vaqtida harakatlarning protokollashtirilishi; interfaollik, o„quv 
materiali bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati; 
 
har bir predmetda tahrirlash mumkin bo„lgan asosiy, variantli va 
invariantli qismlarning mavjudligi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
75 
 
O„rganilayotgan har bir predmetga kompyuterning tadbiq etilishi, 
bu yagona informatika kursini o„rganish bilan almashtirish mumkin 
bo„lmagan jarayondir. 
Ta‟lim  jarayonida  axborot  tizimlaridan  foydalanishda  quyidagilar 
hisobiga ta‟lim sifatini oshirish mumkin: 
 
o„z imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o„quv 
materiallariga moslashish; 
 
predmetni o„rganish uchun qulay usulni tanlash imkoniyati; 
 
o„quv jarayonining turli bosqichlarida o„qishning jadalligini 
sozlash; 
 
o„z-o„zini nazorat; 
 
o„qitishning faol usullarini qo„llash; 
 
o„rganilayotgan materialni ko„rgazmali shaklda taqdim etish; 
axborot tizimining alohida tarkibiy qismlarini ko„paytirish 
imkoniyatini beruvchi modulli qurish; 
 
mustaqil o„qishni rivojlantirish. 
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlarini qo„llash natijasida quyidagi 
salbiy tomonlar namoyon bo„lishi mumkin: 
 
madaniy – o„rganuvchilarning ortiqchaligiga xavf tug„diradi; 
 
sotsial-iqtisodiy – sifatli ta‟lim olish imkoniyatining teng 
 
bo„lmagan imkoniyatlarini yaratadi; 
 
siyosiy – milliy davlatlarda fuqarolik jamiyatini buzishga olib 
kelishi mumkin; 
 
etnik va huquqiy – boshqaning intellektual boyligini nusxalash va 
undan foydalanishga olib kelishi mumkin. 
Bunday 
sharoitlarda 
ta‟limni 
avtomatlashtirish 
jarayoni 
boshqariluvchi  bo„lishi  lozim.  Kompyuter  texnologiyalarini  qo„llashda 
quyidagi didaktik talablar muhim hisoblanadi: 
 
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi; 
o„quv materialining yetarliligi, ko„rgazmaliligi, to„liqligi, 
zamonaviyligi va tarkiblanganligi; 
 
murakkablik darajasiga ko„ra o„quv materialini taqdim etishning 
ko„p qatlamliligi; 
 
nazorat savollarining to„liqligi va zamonaviyligi; ishlash davrida 
harakatlarning protokollashtirilishi; 
 
o„quv materiallar bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati va 
interfaolligi. 
Hozirgi  kunda  axborot  tizimlarini  qo„llashning  quyidagi 
yo„nalishlari keng qo„llanilmoqda: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
76 
 

 
Kompyuter dasturlari va o„rgatuvchi tizimlar: 
 
yangi bilim va ko„nikmalarni shakllantirishga mo„ljallangan 
kompyuter darsliklari; 
 
bilimi, qobiliyati va uddaburonligini baholash va tekshirishga 
mo„ljallangan tashxis yoki test tizimlari; 
 
jamlangan bilim va malakalari asosida qaror qabul qilishni 
o„rgatishga mo„ljallangan ekspert tizimlar; 
 
biror aniqlikni kuzatish uchun o„rganuvchi ixtiyoriga 
matematik modellarni taqdim etuvchi va asosida 
modellashtirish dasturlari yotgan laboratoriya komplekslari; 
 
turli sohalar bo„yicha jamlangan bilimlarga kirishni 
ta‟minlovchi berilganlar bazasi va bilimlar bazasi; 
 
aniq o„quv amalini bajarishni ta‟minlovchi amaliy va anjomiy 
dasturiy vositalar (matnlarga ishlov berish, jadvallar tuzish, 
grafik axborotni tahrirlash va h.k.). 

 
Videotexnika, 
CD-ROM
 
da jamlovchilarni qo„llash bilan qurilgan 
multimedia-texnologiyalar asosidagi tizimlar. 

 
Aniq qo„llanilish sohalariga yo„naltirilgan intellektual o„rgatuvchi 
tizimlar. O„rganish, o„quv kuzatishlar jarayonlarida katta 
ahamiyatga ega. 

 
Berilganlar bazalari va bilimlar omborlari asosidagi axborot 
muhitlari. Axborot manbalariga to„g„ridan-to„g„ri va masofaviy 
kirish imkonini beradi. 

 
Telekommunikatsion tizimlar. Telekonferensiya, elektron pochta 
va boshqalarni amalga oshiradi. Xalqaro telekommunikatsion 
tarmoqqa kirish imkonini beradi. 

 
Stol elektron topografiyalari. Individual rejimda katta tezlikda 
turli tashuvchilarda o„quv qo„llanmalari va hujjatlarni chiqarishni 
amalga oshiradi. 

 
Markazlashgan  va  taqsimlangan  tavsifga  ega  bo„lgan  elektron 
kutubxonalar.  Xalqaro  axborot  manbalariga  kirishni  yangicha 
amalga oshirish imkonini beradi. 

 
Kompyuter kartografiyasi va berilganlar bazasini boshqarish 
tizimlarini birlashtirish texnologiyasiga asoslangan geoaxborot 
tizimlar. 

 
Axborotlarni himoyalash tizimlari (saqlashda ruxsatsiz kirishdan, 
eshitishdan himoyalanish va h.k.). 
Zamonaviy axborot tizimlarini ta‟limga tadbiq qilishda ochiladigan 
yangi  imkoniyatlar  multimedia-texnologiyalar  asosida  turli  tasvirlarni 
bezatishdir.  Multimedia  texnologiyasining  yuzaga  kelishi  darsliklar, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
77 
 
o„quv  qo„llanmalar  va  boshqa  uslubiy  materiallarni  mashina 
tashuvchilarida yaratish imkoniyati tug„ildi. Ularni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
1.  Katta  hajmli  tasvirlar  bilan  materialni 
matnli  bayon  etuvchi 
darsliklar
.  Bunda  tasvirlar  serverlarga  o„rnatilishi  va  tarmoq  orqali 
kompyuterga  uzatilishi  mumkin.  Materialning  chegaralangan  hajmida 
foydalanuvchining  to„g„ridan  to„g„ri  serverga  bunday  darslikka  kirishi 
orqali amalga oshiriladi. 
2. 
CD-ROM
da  bajarilgan 
yuqori  dinamikali  tasviriy  materialli 
darsliklar
.  Asosiy  material  bilan  birga  animatsiya  va  multiplikatsiya, 
hamda  videotasvirlarni  o„z  ichiga  oladi.  Alohida  jarayonlar  va 
voqealarni  amalga  oshirish  usullarini  namoish  qilinadi.  Bunday 
darsliklar nafaqat darslik, balki badiiy nomga ham ega bo„lishi mumkin. 
Axborot  tashuvchi  xotirasining  juda  kattaligi  birgina  optik  diskda 
ma‟lumotnoma, ensiklopediya, yo„l ko„rsatkich va h.k.larni joylashtirish 
imkonini beradi. 
3.  Ilmiy-tadqiqot  ishlarini  o„tkazish  uchun  zamonaviy 
kompyuterli 
o‘qitish  tizimlari
.  Ular  jarayonlar,  voqealarni  modellashtirish  imkonini 
beradi,  o„rganuvchi  faol  ishtirokchi  bo„lgan  va  o„zi  o„quv  jarayonini 
boshqarishi mumkin bo„lgan yangi kompyuterli o„quv muhitini yaratadi. 
4. 
Virtual  reallik  tizimlari
.  O„rganuvchi  o„rab  turgan  muhitni 
ifodalovchi kompyuter modelining ishtirokchisiga aylanadi. 
5. 
Masofaviy  ta’lim  tizimlari

Murakkab 
sotsial-iqtisodiy 
sharoitlarda  masofaviy  ta‟lim  olish  alohida  regionlar,  kam 
harakatlanuvchi  kishilar  hamda  o„quvchilarning  mustaqil  ishlashlari 
uchun  juda  muhim  bo„lmoqda.  Masofaviy  ta‟limni,  faqat  maqsadga 
yo„naltirilgan 
dastur 
asosida 
fundamental, 
tabiiy-ilmiy, 
umummutaxassilik, maxsus fanlar bo„yicha o„qitishga qaratilgan yuqori 
sifatli multimedia-texnologiyalarni yaratgandagina samarali tadbiq qilish 
mumkin.  Ammo  bu  hozirgi  kunda  katta  moliyaviy  vositalarni  talab 
qiladi  va  tijorat  shaklida  o„zini  oqlamayapti.  Bunday  dasturning  tadbiq 
qilinishi, o„rganuvchiga mustaqil ish yuklamasini orttirgan holda, o„quv 
jarayonini yangicha tashkillashtirish imkonini beradi. 
Ta‟limni  axborotlashtirish  jarayonida  quyidagini  nazarda  tutmoq 
lozim:  kompyuterdan  foydalanishning  asosiy  maqsadi  inson  qo„yilgan 
pedagogik  masalani  bajara  olmasligi  mumkin  bo„lgan  holatlarga 
qaratilgan. Masalan, o„qituvchi kompyuterli modellashtirishsiz ko„pgina 
fizik  jarayonlarni  ko„rgazmali  ko„rsata  olmaydi.  Ikkinchi  tomondan, 
kompyuter  mantiqiy  fikrlashni  rivojlantirishda,  yangi  bilim  va 
ko„nikmalarni o„rganishda o„quvchi imkoniyatlarining o„sishiga yordam 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
78 
 
berishi  lozim.  O„rgatish  jarayoni  turli  axborot  (audio,  video,  grafik, 
matnli, jadvalli) bilan ishlash texnologiyasiga emas, ma‟lum bir dasturiy 
vositalar  bilan  ishlay  olishga  qaratilgan  bo„lishi  lozim.  Ammo,  o„quv 
dasturiy mahsulotlarning asosiy qismi mavjud darsliklarni ifodalaydi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish