Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot tizimi tushunchasi
 
Tizim tushunchasi keng tarqalgan va ko„plab ma‟noviy qiymatlarga 
ega.  Ko„pincha  texnik  vosita  va  dasturlar  to„plamiga  nisbatan 
qo„llaniladi.  Kompyuterning  apparat  qismi  tizim  deb  atalishi  mumkin. 
Aniq  amaliy  masalani  yechishga,  hujjatlashtirishni  yuritishning 
qo„shimcha  jarayonlari  va  hisoblashlarni  boshqarish  bilan  to„ldirilgan 
dasturlar to„plami ham tizim deb qaralishi mumkin. 
«Axborot» so„ziga «tizim» tushunchasini qo„shish uning yaratilishi 
va  bajarilishini  aks  ettiradi.  Axborot  tizimlari  har  qanday  sohada 
masalalar  yechimlarini  qabul  qilish  jarayonida  axborotlarni  qidirish, 
yig„ish,  uzatishni  ta‟minlaydi.  Axborot  tizimlari  muammolarni  tahlil 
qilish va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradi. 
Axborot tizimi 
– bu qo„yilgan maqsadga erishish yo„lida foydalanish 
uchun  axborotlarni  yig„ish,  ishlov  berish,  saqlash  va  uzatish  uchun 
qo„llaniladigan vositalar va usullarning o„zaro mutanosibligidir. 
Axborot  tizimining  zamonaviy  tushunchasi  –  shaxsiy  kompyuterni 
axborotga  ishlov  berishning  asosiy  vositasi  sifatida  qo„llashdir.  Katta 
tashkilotlarda  shaxsiy  kompyuterlar  bilan  bir  qatorda  axborot  tizimi 
texnik  bazasiga  meynfreym  yoki  super  EHM  kirishi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  ishlab  chiqariladigan  axborotda  insonning  o„rni  hisobga 
olinmasa  (insonsiz  axborotni  olish  va  taqdim  etish  mumkin  emas), 
axborot tizimining texnik jihozlanishi hech qanday qiymatga ega emas. 
Kompyuterlar  va  axborot  tizimlari  o„rtasidagi  farqni  tushunish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
28 
 
zarur. Maxsus dasturiy vositalar bilan jihozlangan kompyuterlar axborot 
tizimlari  uchun  texnik  negiz  va  vosita  hisoblanadi.  Axborot  tizimi 
kompyuterlar  va  telekommunikatsiyalar  bilan  o„zaro  muloqotda 
bo„luvchi xodimlarsiz ma‟noga ega emas. 
Material olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot 
uzatuvchi, aloqa kanali, qabul qilgich va axborot oluvchi bo„lishi zarur. 
Uzatish  muhiti  manba  va  axborot  qabul  qiluvchini  axborot  tizimiga 
birlashtiradi. 
 
Har  qanday  axborot  tizimining  ishini  ta‟minlovchi  jarayonlarni 
shartli ko„rinishida quyidagi qismlarga bo„lish mumkin: 
 
ichki va tashqi manbalardan ma‟lumot kiritish; 
 
kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim 
etish; iste‟molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish 
uchun axborotni chiqarish; 
 
teskari aloqa – kirgan axborotni tahrirlash uchun korxona (firma) 
xodimlari tomonidan qayta ishlangan axborot. 
 
Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi: 
 
har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni 
qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin; axborot 
tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi; 
 
axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo„llash zarur; 
axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul 
qilinuvchi axborot hisoblanadi; 
 
axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter 
tizimi deb qabul qilish lozim. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
29 
 
Birinchi axborot tizimlari 
XX
 asrning 
50
-yillarda yuzaga kelgan. Bu 
yillarda  ular  «schot»larni  va  oylik  maoshni  hisoblashga  mo„ljallangan 
bo„lib,  elektromexanik  buxgalteriya  hisoblash  mashinalarida  amalga 
oshirilgan.  Bu  hujjatli  qog„ozlarni  tayyorlash  vaqti  va  harajatlarini 
kamaytirishga yordam bergan. 
XIX
-asrning 
60
-yillari  axborot  tizimlariga  bo„lgan  qarashlarning 
o„zgarishi  bilan  xarakterlanadi.  Axborot  tizimlari  yordamida  olingan 
axborotlar  ko„p  parametrlar  bo„yicha  davriy  hisobotlarni  yuritishda 
qo„llanila  boshladi.  Buning  uchun  korxonalarga  keng  vazifalarga 
mo„ljallangan,  ko„plab  funksiyalarni  bajara  oluvchi  (faqat  hisob-kitob 
ishlari emas) kompyuterlar talab qilindi. 
XX
 asrning 
70
-yillar oxiri 
80
-yillar boshlarida axborot tizimlari qaror 
qabul qilish jarayonini tezlashtiruvchi va qo„llovchi boshqaruv nazorati 
vositasi sifatida keng qo„llanila boshlandi. 
XX
  asrning 
80
-yillar  oxiriga  kelib  axborot  tizimlaridan  foydalanish 
konsepsiyasi  yana  o„zgardi.  Bu  davr  axborot  tizimlari  zarur  axborotni 
o„z  vaqtida  yetkazgan  holda  korxonaga  o„z  faoliyatida  yangi  mahsulot 
va  xizmatlar  yaratishga,  o„ziga  hamkorlar  topishga,  quyi  narxlarda 
mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirishga, yutuqlarga erishishga va 
boshqalarda  yordam  berdi.  Hozirda  axborot  strategik  manbaiga 
aylanmoqda va boshqaruvning har qanday darajasida qo„llanilmoqda. 
Hozirgi  kunda  axborot  tizimi  kompyuter  texnikasi  yordamida 
amalga  oshirilgan  tizim  degan  fikr  mavjud.  Ammo,  umumiy  holda 
axborot tizimini kompyutersiz usulda ham ko„rish mumkin. 
Axborot  tizimining  ishini  tushunish  uchun  u  yechayotgan 
muammolar  hamda  tashkiliy  jarayonlarning  mag„zini  chaqish  zarur. 
Masalan, 
kompyuterli 
axborot 
tizimining 
qaror 
qabul 
qilish 
imkoniyatlarini aniqlash uchun quyidagilarni e‟tiborga olish lozim: 
 
yechilayotgan boshqaruv masalalarining tartiblanganligi; 
 
qaror qabul qilinishi mumkin bo„lgan boshqaruv iyerarxiyasi 
darajasi; 
 
yechilayotgan masala tijorat sohasining u yoki bu funksional 
muhitiga tegishliligi; 
 
qo„llanilayotgan axborot texnologiyasining turi. 
Kompyuter axborot tizimi nokompyuter sohasidagi mutaxassislarga 
tushunish  uchun  ochiq  va  faoliyat  jarayonlari  boshqarishda  nazorat 
qilish uchun qo„llanilishi mumkin. 
Axborot  tizimlarining  tadbiq  qilinishi  quyidagi  imkoniyatlarni 
yaratishi mumkin: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
30 
 
 
matematik usul, intellektual tizim va h.k.ni tadbiq qilish natijasida 
boshqaruv masalalarining ratsional qarori usullarini olish; 
 
avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni og„ir mehnatdan ozod 
qilish; axborotning ishonchliligini ta‟minlash; 
 
ma‟lumot tashuvchilarni magnit lenta yoki diskli tashuvchilarga 
almashtirish hisobiga axborotlarga kompyuterda ishlov berishni 
tashkillashtirish. Bu qog„ozli hujjatlar hajmining kamayishiga 
olib keladi; 
 
korxonada hujjat almashinuvi tizimi va axborot oqimi tarkibini 
rivojlantirish; 
 
xizmat ko„rsatish va mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirish; 
 
yangi bozor tarmoqlarini (yo„nalishlarini) qidirib topish; turli 
chegirma va xizmatlar taqdim etish hisobiga korxonaga xaridorlar 
va mahsulot yetkazib beruvchilarni bog„lash. 
Axborot  og„zaki  va  yozma,  elektr  signallar  va  radioto„lqinlar 
yordamida uzatiladi va sezgi organlari, foto-, videokameralarning elektr 
datchiklari  yordamida  qabul  qilinadi.  Axborot  almashinuvi  nafaqat 
insonlar  muhitida,  balki  hayvonot  va  o„simlik  olamida  ham  yuzaga 
keladi.  Agar  axborot  tizimining  ishtirokchisi  inson  bo„lsa,  u  holda 
ma‟noviy  axborot,  ya‟ni  inson  tomonidan  ifodalanayotgan  axborot 
haqida  so„z  yuritiladi.  Axborot  oluvchi  uni  bu  axborot  qanday  masala 
uchun qo„llanilishiga qarab baholaydi. Bundan kelib chiqadiki, axborot 
nisbiylik  xossasiga  ham  ega.  Ayni  bir  axborot  biror  bir  oluvchi  uchun 
chuqur  ma‟no  kasb  etishi,  boshqasi  uchun  esa  avvaldan  ma‟lum  va 
foydasiz bo„lishi mumkin. Masalan, fizikada yuqori quvvat chastotalari 
eng so„nggi yutuqlari yadrochi-fizik uchun juda muhim bo„lsa, agronom 
uchun hech qanday qiymatga ega emas. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish