78 keladi. Shunday qilib, AТFni faqat enargiya manbai ekanligi emas, balki u shu energiyani
qisqaruvchi sistemaga yetkazib beruvchi faktor ham ekanligi aniqlandi.
7.MIKRONAYChALAR. Oxirgi vaqtlarda turli-tuman hujayralarni sitoplazmasida mikronaychalarni keng
tarqalganligini ko’pchilik tomonidan tan olindi. Ular morfologik jihatdan kiprik va xivchin
kabilarga o’xshash bo’ladilar. Mikronaychalar, ma’lum bo’lishicha mitoz, sikloz, hujayra ichi
transporti va extimol umuman sitoplazmani harakatida muxim rol o’ynasa kerak. Bu tizilmalar
osmiy 4 oksidi kabi fiksatorlarning ta’siriga chidamsiz bo’lganligi uchun ularni tuzilishi elekron
mikroskopik tekshirishda glutaral’degid fiksatori qo’llanila boshlagandan so’ng, 1963 yildan
boshlab o’rganila boshlandi. Bu naysimon strukturalar dastlab De Robertis va Frasti tomonidan
miyelinli nerv tolasidan ajratilgan aksoplazmada kuzatiladi. Mikronaychalar xayvon
hujayralaridan tayyorlangan ultrayupqa kesmalarda ham kuzatildi. Ularning ko’ndalang kesigi
halqa shaklida bo’lib, kalin devor va markaziy okish qismlar farqlanadi. Mikronaychalarning
devori liniyali yoki spiral ipsimon subbirliklardan tashkil topgan. Mikronaychalarning
ko’ngdalang kesigida 13 ta subbirlikni ko’rish mumkin. Bu tuzilish kiprik va xivchinlarning
tuzilishini eslatadi. Gidralarni nematotsistalarida mikronaychalarni Goldji apparatining
vakuolalari bilan aloqasi aniq kuzatiladi xuddi shunday aloqa nerv hujayralarida ham kuzatiladi.
Veretenoni yoki dukni mikronaychalari va boshqa sitoplazmatik mikronaychalar chidamchsiz
o’tkinchi strukturalar bo’lib, materialni 0 S saqlanganda yoki alkaloid kolxitsin ta’sir ettirilganda
yuk bo’lib ketadi. Sitokinez vaqtida ikki kiz hujayralarni juda ko’p mikronaychalar tutgan
qismida periyetal’tik tulkin kuzatiladi.
Mikroanaychalar bilan hujayraning harakati o’rtasidagi aloqani Hela hujayralarining
kulturasida o’rganildi.
Mikronaychalarni hujayra ichida bo’lgan mayda molekulalarni transportini ta’minlovchi
“mikrotsirkulyator sistema” funksiyasini bajarishini taxmin qilinmoqda. Buning uchun ular
sitoplazmada o’ziga xos kanalchalar hosil kilsalar kerak. Shu kanalchalarda granulalarning
harakatini kuzatishga erishildi.
Oxirgi vaqtda siklozda mikronaychalarning ishtiroki taxmin qilinyapdi. Caulerpaning
bargini sitoplazmasida mikronaychalarning juda ko’p tutamlarini kuzatish mumkin.
Mikronaychalar siklozni amalga oshiruvchi harakatlantiruvchi kuchlar rivojlanadigan
karkassinch bo’lib xizmat qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yukorida aytilgandek
hujayralarni harakatlanish reaksiyalari juda ham turli tuman. Bu turli-tuman harakatlarning
mexanizmini tushinishga muskullarning qisqarishini tekshirishdagi goya va metodlarni qo’llash
orqali erishildi. Jumladan ko’pchilik muammolarni hal qilish uchun hujayra modellaridan, ya’ni
50% glitserin bilan ishlangan hujayralardan foydalaniladi. Bunday ulik, matseratsiyalangan
hujayralar ko’p hollarda AТF eritmasiga solinganda qisqarish xususiyatlarini tiklaydi. Bu shuni
ko’rsatadiki, hujayrani qisqarishida ham xuddi muskul qisqarishida bo’lganidek AТFni sarflaydi.
Bunday natijalar amyobalar, spermatozoidlar, kiprikli epiteliy hujayralari va boshqa hujayra
modellari olindi. Bu hujayra AТF eritmasiga solinganda aktiv harakatlana boshlaydilar.
Тurli hujayralarning harakat mehanizmlarini muskul qisqarishi bilan bir xilligini
hujayralardan aktomizin kabi oqsilni ajratib olinganligi yanada ishonchliroq tasdiqlaydi.
Spermatozoidlardan spermiozin ajratib olindi, u aktomiozin bilan o’xshash xususiyatlarga
ega. Shu kabi oqsillar amyobalardan, mitoxondriylardan va xattoki o’simlik hujayralaridan
(mimoza) ajratib olindi. Shunday qilib, juda ko’p xil hujayralarda qisqaruvchi oqsillarni
mavjudligi, turli harakatlar asosida o’xshash molekulyar mehamizm yetishini ko’rsatadi.