Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Individ  va  individuallik,  inson  va  shaxs



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Individ  va  individuallik,  inson  va  shaxs. 
Individlik  — bir narsa 
haqidagi  tasawur  bolsa,  o‘z  qiyofasi,  dastxati,  mezonlariga  ega 
bolgan,  qonunga,  bir xillashtiruvchi me’yorga bo‘ysunmaydigan, 
alohida tahlilni taqozo etadigan narsa individual hisoblanadi.  In­
dividuallik  g‘oyasi  o‘ziga  xoslik va  o‘z  nomiga  egalik  ruhi  bilan 
sug‘oriladi.  Individuallikning  ro‘yobga  chiqishi  —  yangi  va  be­
takror  narsaning  tug‘ilishi.  Individuallikka  u  o‘z  ish  qobiliyatiga 
qaytaruvchi mavjudlik xos.  Unda lozimlik andazasiga bo‘ysunish 
majburiyati yo‘q.  «Men»  o‘z-o‘zi sifatida faoldir.
Insonning  erkinlikka  intilishi  uning  hozirgi  talqinida  o‘ziga 
xos  tarzda  saqlanib  qolgan.  Insonning  evolyutsiya  «kvanti»  si- 
fatidagi  talqini  taklif qilingan.  Bu  inson  nafaqat  o‘ta  faol,  balki 
ancha nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi.  Inson yashaydigan 
ma’naviy  muhit  kengayishi  bilan  uning  qiyofasi  o‘zgarib  boradi. 
Inson,  rus «sobor» falsafasi an’analarida qayd etilganidek,  nafaqat 
shaxsiy,  balki umuminsoniy hamdir.
«Shaxs»  tushunchasi  inson  o‘z  harakatlari  va  hissiyotlarining 
mas’ul  subyekti  sifatida  amal  qilishi  mumkinligini,  u  o‘zi  idrok 
etayotgan  narsalarni  anglashi  va  o‘z  tashabbuslarining  ahamiya­
tini  tushunishini  anglatadi.  «Shaxs»  tushunchasi  odatda  ikki  xil 
ma’noda  ta’riflanadi.  Birinchi  ma’noda,  shaxs  —  inson  individi 
munosabatlar va  ongli  faoliyat  subyekti  sifatida namoyon boladi. 
Bunga  lotincha persona  atamasi  mos  keladi.  Ikkinchi ma’no,  in­
sonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi ancha barqaror tarzda namo­
yon  bolishini  ko‘rsatadi.  Bu  o‘rinda  shaxs  individni  tavsiflovchi 
doimiy va muayyan ijtimoiy ahamiyatga molik jihatlar majmuyi si­
fatida amal qiladi,  hamisha empirik insondan farq qiladi,  Chunki 
u o‘z qilmishi va qarorlarida o‘zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar 
tizimiga rioya etadi.  Shaxs verbal jihatdan ham,  obyektiv jihatdan 
ham  moddiylashuvchi  qadriyatlar  tizimining  tashuvchisidir.  Shu 
bois  shaxs  o‘zini  o‘zi  «yaratishi»,  ya’ni  ideal  reja-moljalga  mu-
182


vofiq,  o‘z  hayotini  yolga  qo‘yishi  va  shart-sharoitlarni  muayyan 
darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin,  deb hisoblanadi.
Shaxs  doim  o‘zini  o‘zi  namoyon  etishga  intiladi,  u  o‘zgarmas 
va  taniqlidir.  Shu  ma’noda,  shaxs  tasodifiy  tarzda  namoyon 
bo‘luvchi  sifatlar  va  xususiyatlar  majmuyi  emas,  balki  yaxlit  va 
uyg‘un jonzot,  degan  fikr o‘rinli.
Hozirgi  zamon  falsafasining  yo‘nalishlaridan  biri  — persona- 
lizm  shaxsda  kishilik  taraqqiyotining  eng  muhim  yutuglni  va 
uning  asosiy  ma’nosini  ko‘radi.  Shaxs  dunyoni  o‘zlashtiruvchi 
o‘ziga  xos  betakror  subyektivlikdir.  U  butun vujudi  bilan barka- 
mollikka  intiladi  va  har  tomonlama  uyg‘un  shaxslar jamiyatida 
yashashga haqlidir.
Shaxs kechinmalari  muqarrar tarzda u  qabul  qilgan qadriyat­
lar bilan  belgilanadi.  Individga  esa  hayot  faoliyatining  instinktiv 
omillari  ko‘proq  xosdir.  M.Sheler  individning  bunday  mayllari 
qatoriga  ochlik,  jinsiy  mayl  va  hokimiyat  instinktini  kiritadi. 
Ammo  faol  inson  hayotining  har  bir  hodisasi  vital  va  ma’naviy 
asoslar birligi  sifatida namoyon bo‘ladi.
Individ  omma  vakili  sifatida  amal  qiladi.  Uning  hammaga 
o‘xshashligi uning muqarrar xossasidir.  Bunda individning shaxs- 
sizlashuvi  shu  qadar  kuchli  bolishi  mumkinki,  u  nom  o'rniga 
tartib  raqami  yoki  ko‘rsatish  olmoshi  bilan  «u,  bu,  boshqa»  deb 
atalishi  mumkin.  Industrial  standartlashgan  dunyoda  ijtimoiy 
vazifa  va  funksiyalar  individual  xulq-atvorda  yol  qo‘yiladigan 
xatti-harakatlarni  ancha  qattiq  tartibga  soladi.  Tizim  qabul  qi­
lingan  andazadan har qanday tarzda  chetga chiqish hollari  bilan 
murosa  qila  olmasligini  ochiq-oydin  namoyish etadi.  Raqobatga 
asoslangan  bozor  munosabatlari  sharoitida  «ishlab  chiqarish  — 
ayirboshlash  — iste’mol»  tizimiga  mukkasidan  ketgan  odam  o'zi 
ham  tovarga  — yaxshi  narxga pullash mumkin bolgan  tashqi  si­
fatlar  majmuyiga  aylanadi.  Narx baland bolishi uchun  esa qabul 
qilingan  andazaga  rioya  etish  va  Erix  Fromm  ta’biri  bilan  ayt- 
ganda,  «chiroyli o‘ram»ga ega, xushchaqchaq,  soglom, izzattalab 
va faol bolishi kerak.  Buni bugungi sportchilar,  ayniqsa mashhur 
futbolchilar  misolida  yaqqol  ko‘rish  mumkin.  Shu  nuqtayi  na­
zardan,  Ronaldu,  Messi,  Neymar kabi futbolchilarning bir necha
183


yuz  million  dollarga,  boshqa  futbolchilarning  esa  bir  necha  o‘n 
million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablan- 
tirmaydi.
Xullas,  odamzod tarixida qachon  «inson»,  «shaxs»,  «individu- 
allik» tushunchalari paydo bolgani bahsli masaladir.  Bu masala­
ning  Sharq  va  G ‘arbda  o‘ziga  xos  talqinlari  mavjud  bolib,  ular 
ko‘p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni ustuvor deb bilish 
asosida  shakllangan.  Ushbu  talqinlarni  hozirgi  zamon  nuqtayi 
nazaridan  o‘rganish  inson  borligl  masalasining  tarixi  uzoq 
ekanini,  bugungi  kunda  ham  uning  falsafiy  nazariyalar  uchun 
qiziqarli  ekanini  anglab  olish imkonini beradi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish