Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Bu  yondashuv  inson  tabiatini  tushunishning  butun  ratsionalistik



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

175


Bu  yondashuv  inson  tabiatini  tushunishning  butun  ratsionalistik
 
an’anasi  hamda  ezoterik  tafakkur  imkoniyatlaridan  foydalanish
 
hisobiga  insonni  o ‘rganish  chegaralarini  ancha  kengaytirish  im -
 
konini beradi.
Hozirgi  zamon  fani  inson  hodisasini  o‘rganishga  tabiatshu­
noslik  va  jamiyatshunoslikka  oid  bilimlar  sintezi  asosida  yon- 
dashishni  taklif  qiladi.  Bunda  inson  ijtimoiy  xulq-atvorining 
ijtimoiy-biologik asoslarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. 
Hozirgi  fanlarda  inson  va  oliy  hayvonlar  xulq-atvori  o‘rtasidagi 
o‘xshashliklarning  samaraliligi  keng  muhokama  qilinmoqda.  Ij­
timoiy biologiya darvinizm prinsiplari va tushunchalari,  chunon- 
chi,  tabiiy tanlanish,  evolyutsiya jarayonini populyatsion genetika 
qonuniyatlari universalligining  adaptogenezi  sifatida tushunishni 
qabul  qilish  zarurligini  qayd  etmoqda.  Insonni  bilishning  tabi- 
iy-ilmiy  metodlariga  yon  bosish  insonshunoslikning  biologiyaga 
boglanib  qolishiga  olib  kelishi  mumkin.  Tabiiy  fanlar  sohasida 
erishilgan  yutuqlarga  e’tiborsizlik  esa  insonni  real  o'rganishda 
uncha  foydali  bo‘lmagan  abstrakt  va  spekulyativ  modellarning 
tuzilishiga olib keladi.
Inson haqidagi flkrlar inson tabiati va mohiyatini farqlash zarur, 
degan xulosaga  olib  kelgan.  Bu yerda aniq chegara bolishi  mum­
kin  emas,  Chunki  inson  doim  olam jumbogl,  uning  ochilmagan 
siri bolib  kelmoqda.  Lekin,  shunga qaramay,  fanda  inson  qobili- 
yati  va  sifatlari  majmuyini  uning  tabiati  bilan  boglab  o‘rganish 
qabul qilingan. Aqllilik, muomala qilish va ijtimoiy hayot kechirish 
qobiliyati insonning asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Inson  mohiyati  esa,  o‘z  tabiatining  teran  o‘zagi,  faqat  «inson- 
gagina  xos bolgan» jihatlar yoki  insonni  oliy  hayvondan  farqlash 
imkonini  beruvchi  sifatlar bilan  bogliq.  Inson  mohiyati  nimada, 
degan savolga mutafakkurlar har xil javob beradi.  «Inson mohiyati 
ayrim individga xos bolgan  mavhum narsa  emas.  Amalda u bar­
cha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir», degan ta’rif insonning ijti- 
moiyligini odamzodning eng muhim va asosiy negizi sifatida qayd 
etadi.  Bu  yondashuv  butun  insoniyatning  yagona  teran  mohiyati 
va  aniq  qayd  etiladigan  inson  tabiati  mavjudligini  inkor  etuvchi 
falsafiy antropologik relyativizmning amaldagi muqobilidir.
176


Inson  haqida  oddiy  odamlar  orasida  so‘z  yuritilganida,  odat- 
da,  mohiyat  —  tug‘ma,  shaxsiyat  -   o‘zlashtirilgan  sifat  ekanligi 
qayd  etiladi.  Shaxsiyatdan  farqli  o‘laroq,  mohiyatni  osongina 
yo‘qotish,  o‘zgartirish  yoki  buzish  mumkin  emas.  Shart-sha- 
roitlarni  o‘zgartirish  orqali  shaxsiyatni  deyarli  to‘liq  o‘zgartirish 
mumkin.  Shaxsiyat  yo‘qolishi  yoki  o‘zgarishi  mumkin.  Mohiyat 
inson jismoniy  va  aqliy  holatining  negizi  hisoblanadi.  Shaxsiyat 
o‘zlashtirilgan sifatlardan tashkil topadi.  Shaxsning shakllanishi- 
da  imitatsiya  — taqlid  yo‘li  va  tasavvur  muhim  ahamiyatga  ega. 
Mohiyat shaxsiyatdan ustun bolsa,  odam o‘zi uchun foydali nar- 
salarni  afzal  ko‘radi,  shaxsiyat  mohiyatdan  ustun  bolgan  holda 
esa  o‘zi  uchun  zararli  narsalarni  afzal  biladi,  degan  g‘ayrioddiy 
yondashuv ham mavjud.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish