Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


«Qadr»  va  «qadriyat»  tushunchalari,  qadrsizlanish  muammosi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

«Qadr»  va  «qadriyat»  tushunchalari,  qadrsizlanish  muammosi.
 
Qadriyatlar to‘g‘risida  G ‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya»  (ak- 
sio  — qadriyat,  logos  — fan,  ta’limot)  fani rivojlangan mamlakat­
larda  inson  qadri  va  haq-huquqlariga  doir  ko‘pgina  tamoyillar- 
ning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar 
qatoriga kiradi.
164


Bu  borada  «Qadr»  tushunchasiga  katta  ahamiyat  qaratish 
lozim.  U  muayyan  qadriyatning,  ya’ni  biron-bir  narsa,  voqea, 
hodisa  yoki  biror  idealning  inson  va jamiyat  uchun  qadri  va  ij­
timoiy  ahamiyatini  anglatadigan  tushunchadir.  «Qadr»  tushun­
chasi  o‘zbek  tilida  serqirra  ma’no  va  mazmunga  ega,  u  tilimiz- 
dagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos  sharqona falsafiy mazmun 
borligidan  dalolat  beradi.  Ana  shu  sababdan  ham  o‘zbek  tilida 
qadriyatning  mazmunini  bilib  olish  va  uning  ahamiyatini  ang­
lash,  avvalo,  qadrning  ma’nosini bilish  orqali  boradi.  Insonning 
insonga  ibrati,  tarbiyadagi  ta’sirini  uning  o‘zi  baholay  olmaydi, 
balki  boshqa  inson  baholaydi.  Demak,  qadriyat  sifatidagi  inson 
ta’sirida uning qadri va ahamiyati namoyon boladi,  boshqa kishi 
esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, 
qadriga baho beradi.
Qadriyatlar  muammosiga  bag‘ishlangan  ilmiy-falsafiy  man- 
balarning  ko‘pchiligida  qadriyatni  «baho»  tushunchasi  bilan  qi- 
yoslash,  ularga bir xil  daraja va  kolamdagi  tushunchalar sifatida 
qarash  hollari  uchraydi.  Ayni  paytda  qadriyatlar  jamiyat  rivoji 
va  kishilar  hayotining  turli  davrlarida  turlicha  ahamiyat  kasb 
etadi,  tarixiy zaruratga  mos  ravishda goh u,  goh bu qadriyat  ijti­
moiy taraqqiyotning  eng  oldingi  pog‘onasiga  chiqadi,  boshqalari 
xiralashgandek tuyuladi.  Masalan,  yurtni yov bosganda  — ozod- 
lik,  imperiya hukmronligi nihoyasida  — istiqlol,  urush davrida  — 
tinchlik,  tutqunlikda  — erkinlik,  xastalik va bemorlik  paytlarida
— sihat-salomatlikning qadri ortadi,  ularga intilish kuchayadi.
Qadriyatlarning  asosiy  shakllarini  aniqlash  borasida  olimlar 
orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q. 
Ularni  moddiy  va  ma’naviy,  umumbashariy  va  umuminsoniy 
turlarga  bolish  mumkin.  Bu  shakllar  ham  ularga  mos  ravish­
da  tabiat  va jamiyatdagi  narsa,  voqea,  hodisa,  jarayonlar  o'zaro 
uyg‘unlikda,  qonuniy  boglanishda,  umumiy  aloqadorlikda  na­
moyon  boladi.  Bunday  hollardagi  tahlil jarayonida  ilmiy  bilish­
ning tizimlilik usuli,  alohidalik,  xususiylik va  umumiylik,  butun 
va bolak kategoriyalarining  dialektikasiga asoslanish q o l  keladi.
Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining 
o‘z  qadrini yo‘qotishi  yoki  pasaytirishi jarayonini,  insonning  o‘z
165


obro‘-e’tiborini,  mavqeini yo‘qotishi,  nazardan  qolishi  ma’nosini 
anglatuvchi  tushunchadir.  Jamiyat  taraqqiyotida  sodir boladigan 
umumiy  qadrsizlanish birdaniga,  bir kunda yoki to‘satdan  emas, 
balki  tadrijiy  ro‘y  beradigan jarayondir.  Insoniyat  tarixida  qad­
riyatlar  tizimi  qadrsizlanib  ketgan  davlatlar  va  imperiyalarning 
tanazzulga  yuz  tutgani,  yo‘q  bolib  ketgani  ma’lum.  Masalan, 
sobiq  ittifoq  hayotining  oxirida,  80-yillarning  oxirlarida  ilgari 
zo‘rlik  bilan  ushlab  turilgan  qadriyatlar  tizimining  butunlay 
qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib  qolgan edi.  Oxir-oqibat,  bu tuzum 
tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.
Qadrsizlanish  jarayoniga  sabab  boladigan  ko‘plab  omillai 
mavjud.  Muayyan  qadriyat  yoki  bir  necha  qadriyat  shakllari- 
ning  haddan  ortiq  bo‘rttirib  yuborilishi,  mutlaqlashtirilishi  yoki 
siyqalashtirilishi,  ularga  noto‘g‘ri munosabatning  muttasil  siyosat 
usuliga aylantirilishi bunga sabab bolishi mumkin.  Bunday holda 
qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini,  odamlarning hayoti va faoli­
yati uchun umumiy mezon,  ularning intiladigan ideal yoki ularni 
muayyan  maqsadlar  sari  birlashtiruvchi  va  safarbar  qiluvchi  me­
zon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish  muayyan  qadriyat,  milliy  manfaatlar,  davlat 
siyosatiga  ishonchsizlik,  odamlarning  «nimalar»dandir  hafsalasi 
«pir» bolishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham namo­
yon bolishi  mumkin.  Har bir  shaxs  uchun jamiyatda  o‘z  atrofi- 
dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan 
barobar boladi.  Shuning  uchun  har bir  shaxs  qadrsizlanish so‘zi 
anglatadigan  ma’nodagi  xususiyat  o‘zida  shakllanib  qolmasligiga 
intilishi zarur boladi.
Qadrsizlanish  faqat  shaxslar  o'rtasidagina  bolib  qolmasdan, 
balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin.  Masalan,  qim- 
matli  qog‘ozlar,  pullar,  ashyolar  ham  qadrsizlanishi  mumkin. 
Bunday  holatni  dunyo  davlatlarida  ishlatiladigan  mablaglar  va 
qimmatli  qog‘ozlar  misolida  ko‘rish  mumkin.  Ba’zan  qadrsiz­
lanish  oqibatida  ma’lum  bir  mamlakatlarda  pullar  va  qimmatli 
qog‘ozlarni  isloh  qilishga  zarurat  seziladi.  Qadrsizlanish  iqtisod- 
ning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun 
jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin.  Bunday hoi iqtisodiy
166


bo‘hronga  olib  keladi  va  butun  dunyoda  umumiy  muammolarni 
keltirib  chiqarishi shubhasiz.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish