Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Borliqning  atributlari. 
Muayyan  jismning  aynan  shu  jism 
ekanligini  belgilovchi  xususiyatlari  uning  atributlari  deyiladi. 
Borliqning  ham  bir  qancha  atributlari  mavjuddir.  Ular:  harakat, 
fazo,  vaqt,  in’ikos,  ong  va  boshqalar.  Borliq  o‘zining  xossalari, 
xususiyatlari orqali  namoyon boladi.  Endi borliqning  atributlari, 
ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to‘xtab  o‘taylik.
Harakat.
  Borliqning  atributlari  ichida  uning  asosiy  mavjud­
lik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi.  Chunki 
borliq  harakatsiz  o‘zining  strukturaviy  yaxlitligini  saqlay  ol- 
maydi.
Buni  moddiy  borliq  misolida  qarab  chiqaylik.  Faraz  qiling, 
qarshimizda  biror jism  turibdi.  Agar  harakat  bolmaganida  edi, 
yoruglik  nurlari  shu  jismga  urilib  bizga  qaytmagan  bolar  edi, 
ya’ni  biz  uni  ko‘rmagan  bolar  edik.  Shuningdek,  bu  jismning 
yaxlitligini  saqlab  turgan  molekulalar,  atomlar,  elementar  zar- 
rachalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sirlar  ham  bolmasdi.  Natijada  bu 
jismning  strukturaviy  birligiga  putur  yetgan  bolar  edi.  Tevarak- 
atrofimizdagi  predmetlar  va  hodisalar  harakat  tufayli  o‘zining 
muayyan  tartibini  va  birligini  saqlab  turadi,  shu  tufayli,  o‘sish, 
ulg‘ayish,  ravnaq topish,  rivojlanish mavjuddir.
Harakat,  bir  tomondan,  moddiy  jismlar  o'rtasidagi  va  ularni 
tashkil  etuvchi  elementlar  o‘rtasidagi  aloqadorliklarning  natijasi, 
boshqa  tomondan  esa,  ulardagi  o‘zgarishlar  sifatida  sodir  boladi. 
Shu  nuqtayi  nazardan  ham  falsafaning  harakat  bu  umuman  har 
qanday  o‘zgarishdir,  deyilgan  ta’rifi  juda  o‘rinlidir.  Harakatning 
manbayi  haqida  gap  ketganda,  ana  shu  o‘zgarishlaming  asosida
102


yotuvchi o‘zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tu- 
tiladi.
Demak,  har  qanday  harakatning  manbayi  shu  sistemadagi 
ichki  o‘zaro ta’sirlar ekan,  har qanday jismning mavjudligini,  eng 
avvalo,  uning  ichki  aloqadorliklari ta’minlaydi.
Harakatning  turlari  haqidagi  mulohaza,  asosan,  o‘zgarishlar~ 
ning xususiyatiga asoslangan.  0 ‘zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan 
tortib,  murakkab ijtimoiy o‘zgarishlargacha takomillashib borgan. 
Shu  tufayli  harakatga  faqatgina  fazoviy  siljish,  deb  qaramaslik 
lozim.  Bunday qarash olamdagi barcha jarayonlarga mexanik ha­
rakat  nuqtayi  nazaridan  yondashishni  vujudga  keltiradi.  Aslida 
olamda  o‘zgarishning  xilma-xil  ko‘rinishlari  mavjud  bolib,  ular 
bir-biridan sifatiy farq qiladi.
Mexanik,  kimyoviy,  biologik,  fizik  o‘zgarishlar  bilan  ijtimoiy 
o‘zgarishlarni  aslo  taqqoslab  bolmaydi.  To‘g‘ri,  bu  o‘zgarishlar 
uchun  umumiy  bolgan  fazoviy  siljishlar  harakat  shakllarining 
hammasida  ham,  u  yoki bu  ko‘rinishda  namoyon bolishi  mum­
kin.  Lekin  hamma  o‘zgarishni  ham,  faqatgina  fazoviy  siljishdan 
iborat,  deb  bolmaydi.  Masalan,  Yerning  Quyosh  atrofidagi,  Oy- 
ning Yer atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko‘rinishi 
deyishimiz  mumkin.  Lekin  Yer  bag‘rida  ro‘y  berayotgan  mu- 
rakkab  geologik jarayonlarni,  Yer  sirtidagi  biosferaning  yashash 
usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab bolmaydi.  Harakat­
ning  shakli  qanchalik  murakkab  bolsa,  u  bilan  bogliq  bolgan 
o‘zgarishlar ham shu qadar murakkab boladi.  Materiyaning tash­
kiliy  struktura  darajasi  qanchalik  yuqori  darajada  bolsa,  unda 
fazoviy siljish ham shu qadar kam seziladi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish