vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g'oyalarni amalga oshi-
rishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bolish bu
boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir.
Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy
bogliq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan
falsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr
o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy,
siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jara
yon faqat stixiyali tarzda, o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson
tafakkurining yangi davrga xos o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha
tamoyillarga ega bolishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |