Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Ingliz  falsafasi. 
0 ‘sha  davr  falsafasining  asosiy  vakillaridan 
biri F.  Bekon (1561—1626) yuqoridagi masala haqida shunday de­
gan  edi:  «Moddiy  dunyo,  mamlakatlar,  dengizlar,  planeta  juda 
keng bolgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chega-
76


ralar bilan  o‘rab  qo‘yilishi  sharmandalikdan boshqa  narsa emas» 
(«Yangi  Organon»  kitobi).  Bekon  ingliz  falsafasining  o‘rta  asr- 
lardagi taraqqiyotiga  eng katta hissa  qo‘shgan  olimlardan biridir. 
Uning ta’limoticha,  fanning yangi binosini ko‘rish uchun,  to‘g‘ri 
fikrlashga  o‘rganish  kerak.  Bekon  ta’limoticha,  tabiatni  bilishda 
bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi.  Ular inson aqlini o‘rab 
tashlaydi.  Ular  asosan  to‘rtta.  Birinchisi  urug‘  idollari,  bular  in­
son  zotiga,  butun  odamlarga  xosdir.  Masalan,  Bekon  shunday 
deydi:  «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi.  U narsalarning 
tabiati  bilan  o‘z  tabiatini  aralashtirib  yuborib  narsalarni  qiyshiq, 
buzuq ko‘rsatadi.  Ikkinchisi,  qor idollari.  Bu  har bir odamnning 
o‘z  spetsifik  xususiyatlari  natijasida  yanglishishi.  Ular  flkrlash 
ufqining  cheklanishidan  tug‘iladi.  Bu  narsa  hamma  narsani  o‘z 
nuqtayi nazari bilan ifodalash,  o‘zinnig tor doirasi bilan o‘lchash 
natijasida  vujudga  keladi.  Uchinchisi,  maydon  idollari  bolib,  u 
ma’lum  bolgan  tasavvurlarga  tayanish  odati,  noto‘g‘ri  yoki  no- 
aniq termonologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujud­
ga  keladi.  Bu  masalaga  Bekon juda  ham  katta  ahamiyat  beradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki 
uni  noaniq,  mavhum  ifodalaydigan  so‘zlar  soxta  tushunchalarni 
tug‘diradiki,  ular  tafakkurga  teskari  ta’sir  qiladi.  To‘rtinchisi, 
teatr  idollari:  ular  avtoritetlar  fikriga  ko‘r-ko‘rona  ergashib  qa~ 
dimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon  tomonidan  sxolastikaga  qarshi  qaratilgan  idollarning 
tanqidi katta metodologik ahamiyatga ega.  U  ijtimoiy-siyosiy qa­
rashlari  bo‘yicha  kuchli  markazlashgan  davlat  tarafdori bo‘lgan. 
Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivoj- 
lanishi o‘ynaydi.
Uning  ta’limotini  Tomas  Gobbs  (1588—1679)  takomillashtir- 
gan va  rivojlantirgan.  Gobbs  moddiylikni  asosiy  substansiya  deb 
hisoblagan,  materiyaning  abadiyligi,  harakatning  esa  mexanistik 
tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir.  U  matema- 
tik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtayi 
nazaridan  tushuntirgan.  Bilish  nazariyasida  Gobbs  ko'proq  em- 
pirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan,  sezgilarning bilimlar hosil 
qilish jarayonidagi  ahamiyatini  tahlil  qilgan.  Jamiyat taraqqiyoti
77


va unda davlatning  o‘rni hamda  kelib  chiqishi masalasida  Gobbs 
ko‘proq  xususiy  mulkchilikka  asoslanadi.  Shu  bilan birga  uning 
fikricha,  davlatning  monarxiya  shakli  maqsadga  muvofiq  bo‘lib 
hisoblanadi.
Ingliz  falsafasida  Jon  Lokk  (1632—1704)  qarashlari  alohida 
o‘rin tutadi.  U tajribani bilishning  asosiy manbai  deb  hisoblaydi. 
Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi.  1690-yilda Lokk 
tomonidan  yozilgan  «Inson  aqli  haqida  tajriba»  nomli  asarida 
R.  Dekartning  «tug‘ma  g‘oyalar»  to‘g‘risidagi  qarashlariga  qar­
shi  chiqadi.  Lokkning  fikricha  bilish  tabiat  va  inson  o‘rtasidagi 
munosabatlardan  iborat  bo‘lib,  haqiqatlar  esa  kishilarning  bu 
jarayonda  hosil  qilgan  tushunchalari,  g‘oyalari  va  xulosalarining 
olamga mos  kelishidan iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy  qarashlariga  ko‘ra  Lokk  davlatning  o‘ziga  xos 
quyidagi  tamoyillarini  ta’riflaydi:  1.  Hokimiyatni  qonun  chiqa- 
ruvchi  tizimi.  2.  Hokimiyatning  ijro  etuvchi  organlari.  3.  Ittifoq 
federativ  hokimiyati.  Ana  shu  tamoyillar uyg‘un  bolganida  dav­
latning faoliyati samarali amalga oshadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish