Xalq amaliy san’ati va dizayn.
Ma’lumki, mavjud barcha
san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga
o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi-
yalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga
xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bolmaydi.
Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy
vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi.
Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoq
da. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik
kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati
352
va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, « 0 £zbekiston
xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi, sohaga oid xalqaro konfe-
rensiyalarning o‘tkaziJishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb
etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish
va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik
bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi
bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxona-
lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog‘och o'vmakorligi,
uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri
boldi. Mahobatli yog‘och o‘ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo
etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o‘zining salmoqli o‘rnini
egalladi.
0 ‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham
xalq amaliy san’atining bir qancha turlari namoyish etilmoq
da. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlari-
da qadim ustalarimiz an’analarining zamonaviy uslublar bi
lan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida
katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham
e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz na
faqat 0 ‘zbekistonda balki jahonga ham mashhur bolib bormoq
da. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq
amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil-
lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamo
naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom
san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat
olib bormoqdalar.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent,
Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy
san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol,
takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bolib,
xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining dur-
donalaridan bolgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, ba-
353
diiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning
uchun ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axlo
qiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqa-
rashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda
eng zarur manbalardan hisoblanadi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar-joylarda amaliy
san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joylarning
turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy
bezak turlari, 0 ‘zbekiston me’morchiligida ham muhim o‘rin
tutadi. Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devo-
riy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini beza-
tishda muhim jihatlardan hisoblanadi.
Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib
qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu in-
teryer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shak-
lining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga
berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishi-
ga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar-joy me’morchiligida 0 ‘rta
Osiyo me’morchiligi artialiyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning
deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi
hamda o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy
naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatish-
da muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch
o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda
keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema
butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu
lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Ma
salan, majnuntol — sevgi sog‘inchi, anor — serhosillik, lola — ba
ilor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
An’anaviy badiiy hunarmandchilik buyumlari patnislar,
ko‘zachalar har biri o‘zining betakror xislatlariga ega bo‘lib,
ularni xarid qilishgina emas, balki ulardan zavqlanish, ularning
donoligini tushunish va ularning badiiy qimmatiga baho berish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorliklar estetik kechin-
malar manbayi hamdir. Hech bir o‘zbek xonadoni yo‘qki unda
354
kulolchilik, badiiy kashtachilik, zargarlik buyumlari bilan beza-
tilmagan bo‘lsin. 0 ‘rta asr Sharq miniatyuralari rangtasviridan
olingan bezaklar interer dizayniga ham kirib kelishi milliy tur
mush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etib qol-
may, yangi-yangi an’analarni vujudga keltirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |