Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


-mavzu.  Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

17-mavzu.  Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Jamiyat  rivojida  tabiatga  estetik  munosabatning  shakllanishi.
Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o‘zlarini qurshab 
turgan  tabiat,  unda  sodir  boladigan  turli-tuman  o‘zgarishlarni 
kuzatganlar.  Borliqni  asosiy  shakllaridan  bolgan  tabiiy  borliq, 
uning  o‘ziga  xosligi,  tabiatni  tashkil  qilgan  narsa  va  hodisalar, 
barcha organik va noorganik moddalar olami,  o‘simliklar va hay-
339


vonot  dunyosi  insoniyatni  qiziqtirgan  eng  asosiy  muammolardan 
bo‘lgan.  Nafaqat  tabiat  balki  tabiat  go‘zalligi,  uning  estetik  tar- 
biyaviy  ahamiyati  masalalari  ham  qadimdan  mutafakkir  va  do- 
nishmandlarni  qiziqtirib  kelgan.  Insoniyat  ma’naviy  yuksalishi- 
dagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi 
o‘zaro  uyg‘unlik  va  mutanosiblikning  mavjudligini  idrok  etish, 
tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo‘lgan.
Go‘zallik haqidagi  ilk tasavvurlar ham  tabiat bilan bog‘liqdir. 
Tabiatdagi  organizmlarning  har  biri  o‘z  holicha  emas,  balki 
boshqa organizmlar bilan bog‘liq  holda yashaydi.  Nabotot  olami 
ham,  hayvonot  olami  ham  quyosh,  suv,  havo,  tuproq  ta’sirida 
yashaydi,  rivojlanadi.
0 ‘zbek  xalqi  tabiatga  tarixan  uzoq  davrdan  buyon  mehr  bi­
lan  qarashga,  uni  asrab-avaylashga  o‘rganib  kelgan.  Bu  milliy 
bayram,  qadimiy  an’ana,  urf-odatlarda  ham  yaqqol  ko‘rinadi. 
Xususan,  0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining  har  yili  nishonlanadigan 
Navro‘z  bayrami,  asrlar  davomida  ona  Yerga  va  tabiatga  bolgan 
mehr-muhabbat,  unga  ehtiyotkorona  munosabatda  bolish,  uni 
ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan.
Tabiatga  estetik  munosabat  xususida  Qadimgi  Xitoy  dao- 
chilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir.  Daosizm 
ta’limotida  Inson  mavjud  olam  kabi  dao  qonunlari  asosida  vu- 
judga  kelgan,  u  tabiatning  bir  qismi,  uning  vazifasi  fazilat  (de) 
yolidan  borish.  Har  qanday  sun’iy  aralashuv,  tabiatning  muvo- 
fiqlik  tartibini  o‘zgartirishga  intilish  odamlar  uchun  halokatli, 
barcha  yovuzliklarning,  son-sanoqsiz  baxtsizliklarning  manbayi 
tabiat joriy  etgan  qonunlardan  chekinishdir.  Shu  sababli,  Laos- 
zi  nazdida  faoliyat  —  daoga  qarshi  qaratilgan  va  xalqqa  zarar 
keltiradi,  uning  asosiy  axloqiy  tamoyili  «uvey»-  faoliyatsizlik, 
donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz faoliyat.  Lekin bu 
kurashsiz  faoliyat  aslida  tabiatga  qarshi bolmagan  faol xatti-ha- 
rakat,  faqat  daoga xos,  tabiat qonunlariga  mos faoliyatdir.  Tabiat 
go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda 
muhim ahamiyat kasb  etgan.
Go‘zallik  haqidagi  tasavvurlarning  tabiat bilan bog‘liqligi  yu- 
non  falsafasida  ham  namoyon bo‘ladi.  Qadimgi  yunonlar  olam-
340


ning tartibli  ekanligini,  uyg‘unlik va go‘zallik bilan bog'liq idrok 
etishgan.  Tabiatdagi  go‘zallik  bu  qarama-qarshilikning  kelishu- 
vi,  bu  osoyishtalikdir.  Tabiatning  dialektik  taraqqiyoti,  undagi 
go‘zallikning o‘ziga xosligi tahlil etilgan.
Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, 
shariat  ahkomlari  bilan  bir  qatorda  atrof-muhitni  toza  saqlash, 
tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish,  ularni isrof qilmaslik,  in­
sonning  yashash  tarzi,  shaxsiy  gigiyenasi,  zurriyotni  tozaligiga, 
o‘simlik-hayvonot  dunyosini asrashga,  umuman  ekologiya va ta- 
biatni muhofaza qilishga katta  ahamiyat berilgan.
Tabiatdagi  eng  oddiy  narsa  va  hodisalar  mazmuni  va  shakli 
uyg‘unligi  bilan  go‘zaldir.  Go‘zallik  bu  voqelik  (tabiat,  jamiyat, 
san’at)  hodisasi  bo‘lib,  aniq hissiy  ta’sir  o‘tkazish  orqali  insonda 
jismoniy  va  ma’naviy  kuchlar  oqimining  ko‘payishiga,  shodlik, 
zavqlanish,  to la   ma’naviy  qoniqish  holati  vujudga  kelishiga  im- 
kon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jami­
yat taraqqiyoti uchun xizmat  qilishga moljallangan bo‘ladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan,  foydali amaliy 
faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi.  Le­
kin  go‘zallik  qanchalik  o‘zining  rango-rangligi bilan  ajralib  tur- 
masin,  ularning  barchasi  qandaydir  umumiy  tub  belgilarga  ega 
bo'lib,  mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini 
maxsus  ilmiy-falsafiy  istiIoh-go‘zallik  tushunchasi  orqali  talqin 
etish imkoniyati mavjud.
Insonda  tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birda- 
niga  paydo  bolmagan,  albatta,  u  sekin-asta,  inson  zoti  va  ta- 
biati  rivojlanib  borgani  sari  shakllanib  borgan.  Inson  atrofidagi 
tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu 
mezonlari  bilan  baholanadi,  olchanadi,  inson  uchun  tabiatning 
go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi.
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudrati- 
ga  ega  bo‘lgan  ishlab  chiqarish  kuchlariga ham  ega bolib  qoldi. 
Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy 
manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda boMish salbiy oqi- 
batlarga  ham  olib  keladi.  Insoniyat  hozir  tabiatni,  atrof-muhitni 
himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib,  ayni vaqtda, tabi-
341


iy  hamohanglik  sirlari  ichiga  yanada  chuqur  kirib  borib,  o‘ziga 
uning  yangidan-yangi  mo‘jizalarini  ochmoqda,  undan  ta’lim- 
saboqlari  olmoqda.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish