Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Go‘zaIIik kategoriyasi va  uning muqobillari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Go‘zaIIik kategoriyasi va  uning muqobillari. 
Ma’naviy va  mod- 
diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat 
kasb  etuvchi  hamda  narsa-hodisalarning  uyg‘unligi,  hamohang- 
ligi,  mutanosibligi,  maqsadga  muvofiqligiga  asoslangan  qadri- 
yat  shakli  «go‘zallik»  tushunchasida  ifodalanadi.  U  estetikaning 
markaziy mezoniy tushunchasi  — asosiy kategoriyasi  sifatida bar­
cha  estetik  tushunchalar  uchun  asos  vazifasini  bajaradi.  Chunki 
estetika  bilan  bog‘liq  har  qanday  savolning javobi  go‘zallik  ma- 
salasiga borib  taqaladi.
Go‘zallik  o‘z-o‘zidan  vujudga  keladigan  hodisa  emas,  balki 
shakli,  mazmuni  va  xususi/atiga  ko‘ra  ikki  ko‘rinishda  namoyon 
bo‘ladi.  Birinchi  ko‘rinishi  go‘zallik  ontolo 'iyasi  bilan  bog‘liq. 
Go‘zallik  tafakkur  va  tabiat  mahsuli.  Kulol  loydan,  naqqosh 
yog‘ochdan,  misgar  misdan,  zargar  tillodan  shunday  buyum
329


yaratadiki,  uning  jozibasi  insonni  hayratga  soladi.  Yoki  tabiat- 
dagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar,  dengiz-u ummonlarning 
go‘zalligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni 
go‘zallik  ayni  paytda  bilishning  mahsuli.  Voqelikdagi  har  qan- 
day  narsa-hodisaning  go‘zalligi  uning  ishonchlilik,  qiziqarlilik, 
haqqoniylik  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Inson  go‘zallikni  chi- 
nakam  his  etganda,  uning  mohiyatini  bilgandagina  zavqlanadi, 
huzur qiladi.  Zero,  go‘zallikni bilish,  idrok  etish insonning badi- 
iy-estetik tafakkurini o‘stiradi.
Go‘zallikni  tadqiqot  doirasiga  ko‘ra  tabiat,  jamiyat,  san’at 
hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik 
turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik — bu tabi­
atdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning 
insonda  yorqin  va  uzviy  his-hayajon  uyg‘onish  jarayonidir.  Bu 
go‘zallik  inson  uchun  tabiatni  asrash,  undan  bahra  olishning 
manbayi bo‘lib,  tabiatni  estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo- 
zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik
— bu  shaxs va jamiyat  manfaatlarining  uyg‘unligini ta’minlovchi 
adolat,  insonparvarlik  va  tenglikka  asoslangan  ijtimoiy  muno- 
sabatlar  majmuyi  hisoblanadi.  Insondagi  go‘zallik  — bu  undagi 
ma’naviy va jismoniy vujudning  uyg‘unligidir.
Go'zallik  tabiat,  jamiyat,  inson  tafakkuri  mahsuli  sifatida 
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar, 
tasawurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go‘zallik obyek- 
tivlik va subyektivlikning  o‘zaro mutanosibligi,  uyg‘unligidir;
b)  go‘zallik  — bu  narsa,  hodisa,  voqea  va jarayonlarning  in­
sonni  ruhlantiradigan,  ilhom  bag‘ishlaydigan,  yuksak  oliyjanob 
maqsadlar sari yetaklaydigan, jo‘shqinlik baxsh  etib jonlantiradi- 
gan  tomonlaridir.  Go‘zallik  xuddi  shu  ma’noda jism va  ruhning 
uyg‘unligidir.  Ruhni  oziqlantirib,  jismni  yanada  ulug‘vor  qiladi­
gan narsa,  hodisa,  voqea, jarayonlarning xossasidir;
d) 
go‘zallik  —  bu  insonning  erkin  faoliyatidir.  Hayotda  o‘z 
huquqini,  erkini,  qadrini topgan  insongina  go‘zaldir.  Erkin ijod, 
mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir;
330


e) 
go‘zallik  — bu  odamlarning jamiki  yuksak  axloqiy  fazilat- 
larini  o‘zida  mujassamlashtirgan  voqelikdir.  Zero,  shunday  ekan 
go‘zallik  mavhum  emas,  balki  muayyan  shakl-shamoyil,  ma’no- 
mazmunga,  mohiyatga  ega bo‘lgan real narsa,  hodisadir.
Go‘zallikda  mujassamlashgan  ana  shu  xususiyatlar  uni  oliy 
estetik  qadriyat  darajasiga  ko‘taruvchi  kuchdir.  Ana  shu  kuchni 
axloqiy  qadriyatlarning  kuchi  bilan  uyg‘unlashtirish  zamonaviy 
estetik tafakkurning  bosh vazifalaridan biridir.
Go‘zallikning  elementlari.  Go‘zallikning  namoyon  bo‘lishi, 
shakllanishi va his etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini 
o‘taydi. Bular -  me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, 
hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va ho- 
kazo.  Mazkur  tushunchalar  narsa-hodisalarda  bevosita  yoki  bil- 
vosita ishtirok  etib,  undagi go‘zallikni namoyon ettiradi.  Masalan, 
bahor  faslining  go‘zalligi  tabiatning  uyg‘onishi,  ko‘klamning  yuz 
ochishi bilan,  qish  fasli  esa  oppoq  qor bilan  o‘ziga xos go‘zallikni 
namoyon etadi.  Tabiatning ikkala faslida ham go‘zallikning moslik 
va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish