Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Asosiy  axloqiy  qadriyatlar



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Asosiy  axloqiy  qadriyatlar. 
Qadriyatlar  ijtimoiy  xususiyatga 
ega bolib,  kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va 
rivojlanib  boradi.  Qadriyatlar  kishilarning  turli  sohalardagi,  av­
valo,  ishlab  chiqarishi,  mehnat  sohasidagi  faoliyati  uchun  foyda 
keltiradigan  narsa  va  hodisalar  majmuyi  bilan  bogliq  holda  yu- 
zaga keladi.
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqti- 
sodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma’naviy-madaniy,  kundalik maishiy tur­
mush faoliyatida nisbatan turg‘un,  barqarorlik kasb  etib,  o‘zligini 
bildirib,  namoyon  etib  nihoyatda  qadrlanadigan,  ardoqlanadigan 
yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat.
Axloqiy  qadriyatlarga  insonparvarlik,  jamoatchilik,  adolat, 
qonuniylik,  vatanparvarlik,  xushmuomalalik va odoblilik,  oddiy- 
lik va kamtarlik,  halollik va rostgo‘ylik,  ochiq ko‘ngillik va mard- 
lik,  saxiylik  va  m uruw atlilik,  o‘zaro  hurmat,  do‘stona  munosa­
bat,  samimiylik,  sabr-qanoat,  hayolilik  va  pokizalik,  homiylik 
va  saxovat,  fidoyilik,  sadoqat,  mehr-muhabbat,  mehnatsevarlik, 
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch,  or-nomus, 
vijdon,  qadr-qimmat,  sabr-qanoat,  kamtarlik,  sobitqadamlik, 
rostgo‘ylik  va  hokazolarga;  shakliga  ko‘ra  esa  ijobiy  yoki  salbiy, 
ya’ni yaxshilik va yomonlik,  adolat va  adolatsizlik,  baxt va  baxt- 
sizlik,  hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2.  Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
310


— shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish,  sevgi- 
siga sadoqatli bo‘lish,  halol rizq topish,  so‘zining ustidan chiqish, 
oila sha’nini saqlash,  haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nis­
batan hurmat,  saxovat,  homiylik,  ota-onani  e’zozlash,  bolajonlik 
va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik,  yaxshi qo‘shnichi- 
lik,  bag‘rikenglik,  mehmondo‘stlik,  o‘zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  — insonparvarlik,  adolat- 
parvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik 
kabi turkumlarga b o lish  mumkin.
3.  Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga  ko‘ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadri­
yatlar: jamiyat tomonidan ishlab  chiqilib,  hayotga tatbiq  etilayot- 
gan  kodekslar,  normalar,  tamoyillar,  mafkuraviy  g‘oyalar.  M a­
salan,  «Harbiy  qasamyod»,  «Shifokor  qasamyodi»,  «Ichki  ishlar 
idoralari xodimlarining kasb  odobnomasi» va h.k;
—  axloqiy  amaliyotda  bevosita  qollaniladigan  axloqiy  qadri­
yatlar:  yaxshilik  yoki  yomonlik,  adolat  yoki  razolatdan  iborat 
maqsadni ko'zlab,  uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj- 
burlash vositalarini  qollab  pirovard  natijaga  olib  keluvchi  qadri­
yatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadri­
yatlar: burch,  shartni bajarish,  halollik,  saxiylik, kamtarlik, udda- 
buronlik,  tadbirkorlik,  kelishuvchanlik,  murosa  va  hokazolarga 
ajratish mumkin.
Yangi  axloqiy  qadriyatlar yuzaga  kelishi  0 ‘zbekistonda  huqu- 
qiy  demokratik  davlatni  qurish,  fuqarolik jamiyatini  shakllanti­
rishda  axloqiy  qadriyatlar  barcha  fuqarolarni,  millati,  dini,  tili, 
irqidan  qat’i  nazar  o‘zbek xalqi  o‘zining  milliy  axloqiy  qadriyat- 
lari  -   sabr-qanoat,  jamoatchilik,  o‘zaro  yordam,  saxovat,  tinch- 
likni  ardoqlash,  shukronalik  kabi  axloqiy  fazilatlarini  namoyish 
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida 

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish