1 Аристотель. Никомахова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. Т.
4. - М.: Мысль, 1984. С. 55 - 62.
2 Falsafa: Qomusiy lug'at / Tuzuvchi va mas’ul miharrir Q.Nazarov. - Т.:
Sharq, 2004. - 40 b.
3 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - Т.: 0 ‘zbekiston Faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2010. — 8 b.
267
ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning
manbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat.
Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jami
yatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arab-
chadan olingan bolib, insonning muomala va ruhiy xususiyat-
lari majmuyini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining
ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy
tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muay
yan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng
qamrovli qismini bildiradi.
Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so‘ngra inson
bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tu-
fayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvo-
fiqlashtirib turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh,
millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga sola-
digan, yaxshi ezgu niyatlar sari yo‘naltiradigan, qadriyat maqo-
mini olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va
normalarning majmuyiga aytiladi.
Jamiyatning axloqiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi axloqni
ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo‘yicha
uchta:
— birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan
axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bolgan amaldagi axloq, ya’ni
axloqiy amaliyot;
— ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, ba-
holash, qadr-qimmatini belgilashni o‘z ichiga oluvchi axloqiy
ong;
— uchinchidan, o‘zini o‘zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni
axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish,
o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashti-
rish, boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq
vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomon-
dan birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi dara-
jalarga ajratish mumkin.
Ana shu uchta darajadan olgan ijobiy xatti-harakatlar, xusu-
san, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o‘zaro hurmat,
268
beg‘arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan
loqiy qadriyatlarga aylanib boradi.
Inson va jamiyat hayotida axloq quyidagi funksiyalarni baj^
radi:
Do'stlaringiz bilan baham: |