Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


-jadval  O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

2-jadval 

O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, 

ming tonna (2005-2014 yy.)* 

Yillar  


Barcha toifadagi 

xo’jaliklar 

 

Shu jumladan 



Fermer xo’jaliklari  

Dehqon va 

aholining shaxsiy 

yordamchi 

xo’jaliklari  

Qishloq xo’jaligi 

faoliyatini amalga 

oshiruvchi 

tashkilotlar 

 

Go’sht 



(tirik 

vaznda) 


Sut  

Go’sht 


(tirik 

vaznda)  

Sut  

Go’sht 


(tirik 

vaznda) 


Sut  

Go’sht 


(tirik 

vaznda) 


Sut  

2005 


1061,2 

4554,9 


22,7 

94,7 


1002,4 

4409,2 


36,1 

51,0 


2006 

1139,6 


4855,8 

24,3 


111,2 

1078,3 


4709,1 

37,0 


35,5 

2007 


1208,7 

5097,5 


29,8 

125,4 


1147,4 

4949,7 


31,5 

22,4 



 

 

328 



2008 

1288,0 


5426,3 

32,4 


151,6 

1223,2 


5250,2 

32,4 


24,5 

2009 


1367,8 

5802,5 


35,4 

190,9 


1300,1 

5582,2 


32,3 

29,4 


2010 

1461,4 


6169,0 

37,8 


205,0 

1389,2 


5927,8 

34,4 


36,2 

2011 


1564,2 

6766,2 


41,0 

230,1 


1481,6 

6494,6 


41,6 

41,5 


2012 

1672,9 


7310,9 

45,1 


256,8 

1583,9 


7008,5 

43,9 


45,6 

2013 


1787,8 

7885,5 


49,0 

285,6 


1690,3 

7547,2 


48,5 

52,7 


2014 

1906,3 


8431,6 

55,3 


608,6 

1800,2 


8064,6 

50,8 


58,4 

*

 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 



O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 

 

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan mollarning vazni va 

boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir 

bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28 % ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2014 

yilda  2005  yilga  nisbatan  1,8  martga  oshgan.  Mahsuldorlikning  oshishi  yalpi  sut  va  go’sht 

mahsulotlarining  hajmiga  ijobiy  ta’sir  qilgan.  Shuningdek,  bu  yerda  chetdan  keltirilgan  zotdor 

qoramollar salmog’ining yildan-yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda. 

  Qishloq xo’jaligi keyingi sohasi chorvachilikda iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda 

davlat tomonidan qishloq joylaridagi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi hamda chorvachilik 

fermer  xo’jaliklarida  chorva  mollari  sonini  ko’paytirish,  naslchilik  ishlarini  kuchaytirish, 

zooveterinariya servis xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash choralari 

maqsad  qilib  qo’yildi.  Bunga  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yil  21 

apreldagi 67-sonli “2006—2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida 

chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga 

oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 

21  apreldagi  PQ-842-sonli  “Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarida  chorva  mollar 

ko’paytirishni  rag’batlantirishni  kuchaytirish  hamda  chorvachilik  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish  borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”  qarorlarini  ko’rsatish  mumkin. 

Chorvachilik sohasidagi islohotlar natijasida, shuningdek, xorijdan keltirilgan zotdor mollar  hisobiga 

ham  2013 yil boshiga kelib 2004 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 5,9 mln dan 10,1 mln boshga 

yoki 171,2 foizga, shundan sigirlar soni mos ravishda 2,5 mln dan 3,9 mln ga, yoki 156,0 foizga, qo’y 

va echkilar soni 9,9 mln boshdan 17,1 mln boshga yoki 172,7 foizga, parrandalar soni esa 17,7 mln 

donadan 47,5 mln donaga yoki 2,6 martaga o’sdi

7

.  



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi  

PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  ichki  bozorni  to’ldirish 

yuzasidan  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  qaroriga  binoan  respublika  aholisining  oziq-

ovqat  mahsulotlariga  bo’lgan  ehtiyojlarini  barqaror  ta’minlash,  ichki  iste’mol  bozorini 

mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  bekamu-ko’st  to’ldirish,  asosan 

qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi 

ixcham  korxonalarni  jadal  barpo  etish,  shu  asosda  yangi  ish  joylarini  shakllantirish,  ko’proq 

odamlarni  ish  bilan  ta’minlash,  ularning  daromadlari  va  farovonlik  darajasini  oshirish  maqsadida, 

O’zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi,  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi  tomonidan 

manfaatdor  xo’jalik  birlashmalari,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  viloyatlar 

hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol 

bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009 

yilda  oziq-ovqat  mahsulotlari  eng  muhim  turlarini  ishlab  chiqarishning  asosiy  parametrlari,  

respublika  viloyatlari  bo’yicha  go’sht  va  sut  yetishtirishning  prognoz  hajmlari      keltirilgan, 

shuningdek,  respublika  viloyatlarida  2009—2011  yillarda  go’sht-sut  mahsulotlarini  qayta  ishlash 

bo’yicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek 

xom sut tayyorlash bo’yicha servis punktlarini barpo etish dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek ushbu 

qarorda 2009  yilning 1 iyulidan boshlab  go’sht-sut mahsulotini sanoat ko’lamida qayta ishlash va 

                                                 

7

ЎзСТАТ, Сельское хозяйства Узбекистана, Статистический сборник, 2013 




 

 

329 



tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  borasidagi  faoliyat  faqat  yuridik  shaxs  shaklida  tashkil  qilingan 

tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, go’sht va sutni 

qayta ishlaydigan korxonalarga o’z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga  naqd pulga sotish huquqi 

berilgan. Keyingi yillarda, ya’ni 2011 va 2013 yillarda,  ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u 

hayotga tatbiq etilmoqda. 

 

 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish