Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


Sabzavotchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

15.14.Sabzavotchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 

 

Ko’pchilik  ho’l  sabzavotlar,  biokimiyoviy  jihatidan  tarkibida    suv  ko’p  bo’lgan  mahsulotlar 

guruhiga  kiradi.  Masalan,  sarimsoq  tarkibida  64-65%,  sabzida  85-86%,  pomidorda  93-94%, 

bodringda  95-96%  suv  mavjud.  Shuningdek  bu  sabzavotlar  tarkibida  oqsil  kam  bo’ladi.  Mos 

ravishda, sarimsoq tarkibida 6-7%, sabzida 1,1-1,2%, pomidorda 1,0-1,1%, bodringda 1,0 % oqsil 

moddalari mavjud. 

Bundan  tashqari  ularda  yuqori  darajada  kaloriya  ham  hosil  bo’lmaydi.  Masalan,  1  kg 

sarimsoqdan 1325-1330 kaloriya, sabzidan - 502, pomidordan - 215, bodringdan - 14 kaloriya issiqlik 

ajraladi. Ko’pchilik ho’l sabzavotlarda  kletchatka ham kam hosil bo’ladi. 

Shunday  bo’lishiga  qaramasdan,  ko’pchilik  mahsulotlar  inson  organizmi  uchun  o’ta  zarur 

bo’lgan biologik aktiv moddalar, vitaminlar fermentlar, mineral tuzlarlarga boydir. 

Ba’zi sabzavotlar, ayniqsa piyoz, sarimsoq, shivit, petrushka va turp tarikibida fitosidlar tashkil 

topadi.  Ularni  iste’mol  qilish  odam  organizmini  turli  xil  infeksiyalardan  tozalaydi,  yuqumli 

kasalliklardan himoya qiladi. 

Ko’pchilik sabzavotlar tarkibidagi har xil vitaminlar, kislotalar, efir moylar, xushbo’y moddalar 

ishtahani ochadi, yog’ va oqsilli mahsulotlarni inson organizmida to’laroq hazm bo’lishiga yordam 

beradi. Vitamin S ko’proq sabzavotlarni iste’mol qilish organizmni kam qonlilikdan muhofoza qiladi, 

aterosklerozni susaytiradi. 

Sabzavot  mahsulotlari  quruq  moddasining  asosiy  qismini  uglevodlar  -  kraxmal,  saxaroza, 

glyukoza, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. 

Sabzavotlarning  inson  salomatligiga  bevosita  ta’sirini  hisobga  olib  O’zbekistonda  aholi  jon 

boshiga yil mobaynida quyidagi hajmda sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etilgan: Jami – 110-115 

kg, shu jumladan pomidor – 25, bosh piyoz – 18, sabzi – 18, karam – 20, lavlagi – 5, bodring – 5, 

sarimsoq – 5, boshqa sabzavotlar – 14, ko’kat sabzavotlar 5 kg. 

     Sabzavotlarni ho’l iste’mol etish uning samaradorligini keskin oshiradi. 

Biroq,  sabzavotlar 

tarkibida  ko’p  suv  bo’lishi  va  eruvchan  uglevodlarning  borligi  uchun  ularni  uzoq  muddatlarga 

saqlansa, nobudgarchilik ko’payadi va sifat belgilari pastlashadi. Shuning uchun ularni uzoq joylarga 

tashishda qiyinchilik tug’iladi, konservalash zaruriyati tug’iladi. 

 

O’zbekiston issiq iqlim sharoitida konservalashning eng oddiy va samarali usuli quritishdir. 



Quritilganda  sabzavot  tarkibidagi  suvning  ko’p  qismi  bug’lanadi,  sabzavot  vazni  7-10  baravar 

kamayadi, kam xarajat qilib uzoq saqlashga va tashishga sharoit yaratiladi.  

 

Sabzavotlarni konservalashda yana bir keng amalga oshirilgan usul –achitish va tuzlashdir. 



Bu  jarayonda  sut  kislotasi  va  etil  spirti  ham  hosil  bo’ladi,  natijada  achitilgan  sabzavotlarning 

mazaliligi va xushbo’yligi ortadi. 




 

 

305 



 

Marinovka qilish (sirkalash)–0,6-1,8% li sirka kislotaning konservalovchi ta’siriga 

asoslangan usuldir. Bodring, pomidor, lavlagi, piyoz, sarimsoq, karam kabi sabzavot turlarini 

marinovka qilish, ularni yil davomida iste’mol qilish imkoniyatini tug’diradi. 

 

Sabzavotlarni  konserva  zavodlarida  turli  xillarda  qayta  ishlash,  ularni  qopqog’i  germetik 



yopiladigan idishlarga joylash, 100-120 gradus haroratda sterillab konservalash ham mahsulotlarni 

yil davomida iste’mol qilish, uzoq joylarga tashishga, binobarin, samarali foydalanishga qulay sharoit 

yaratadi. 

 

Sabzavotlarning  poyalari  hamda  ularni  qayta  ishlashda  tashkil  topgan  qo’shimcha 



mahsulotlari chorvachilikda ozuqa sifatida foydalaniladi. 

  Ko’pchilik sabzavotlar nisbatan sermehnat resurslar potensialiga, ayniqsa quyosh nuriga va 

suvga talabchan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mavjud mehnat, 

sug’oriladigan yer va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ko’pchilik 

ekinlardan 2 marta hosil olish imkoniyati tarmoqning samaradorligini keskin oshiradi.

 

 

Sabzavotlarni  ho’l  hamda  qayta  ishlangan  shaklda  jahon  bozorlarida  sotish  respublikaning 



valyuta fondini ko’payishiga va uning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga sharoit yaratadi. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish