Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


-jadval   Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda ayrim qishloq xo’jaligi



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

3-jadval

 

Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda ayrim qishloq xo’jaligi 

mahsulotlarining tovarlilik darajasi (2014 yil)*

 

№ 



Mahsulot turlari 

 

Mahsulot 

miqdori 

Shundan sotilgan 

mahsulot 

Tovarlilik darajasi, 











5=(4:3)*100 

1. 

Paxta, s. 

2232310 

2232310 

100,0 


2. 

Don, s. 

8177810 

3143550 

38,4 


3. 

Sabzavot, s. 

14577070 

10203950 

70,0 


4. 

Kartoshka, s. 

5267790 

4214230 

80,0 


5. 

Meva, s. 

3416720 

2733380 

80,0 



 

 

276 



6. 

Uzum, s. 

4973160 

3978528 

80,0 


7. 

Poliz, s. 

971870 

680350 

74,1 


8. 

Go’sht, s. 

1264930 

885454 

70,0 


9. 

Sut, s. 

7452090 

5216460 

70,0 


10. 

Tuxum, ming dona 

9394920 

8455430 

90,0 


11. 

Pilla, s. 

26880 

26880 

100,0 


*

  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo’mitasi.  Yillik  statistik  to’plammateriallari. 

O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015. 

Ma’lumki,  davlat  buyurtmasi  asosida  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  to’lig’icha  davlatga 

sotiladi. Shuning uchun ularda tovarlilik  darajasi  doimo 100% ga teng bo’ladi. Bu yerda paxta va 

pilla shular jumlasidandir. Qolgan mahsulotlarda notovar qismi ham mavjud bo’lib, ularda tovarlilik 

darajasi 70-90% ni tashkil etadi. Hatto donda bu ko’rsatkich 38 % ni tashkil etgan.  

 

14.4.Tovar mahsulotning sifati, uni yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish 



imkoniyatlari 

 

Bozorni  oziq-ovqat  va  xom-ashyo  mahsulotlari  bilan  to’ldirish  vazifasi  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlari  sifatini  yaxshilash  muammosi  bilan    mustahkam  aloqada.  Aholining  iste’molini 

qondiradigan har qanday mahsulot, uni foydali qiladigan ma’lum bir xususiyat, xossaga ega bo’lishi 

kerak.  Ular  mahsulotdagi  iste’mol  qiymatning  mohiyatini  aks  ettiradi.  Agar  iste’mol  qiymat 

mahsulotning  umumiy  foydaliligini  ifodalasa,  uning  foydalilik  darajasi,  ya’ni  ma’lum  iste’molni 

qanoatlantirishga obyektiv qodirligini, mahsulotning sifati xarakterlaydi.  Mahsulot sifati deganda, 

uni  ma’lum  bir  ehtiyojini  qondirish  kerakligini  zarur  qilib  qo’ygan,  mahsulotdagi  xususiyatlar  

to’plami tushuniladi.  

Mahsulot  sifati  muhim  iqtisodiy  kategoriyalardan  biri  bo’lib, u  ishlab  chiqarish  jarayoni  

va  mahsulot  istemolida  kishilar  o’rtasidagi  o’zaro  mustahkam  munosabatlarni  ifodalaydi. Ijtimoiy  

iste’mol  doimiy  emas, sifatni  yaxshilash  tendensiyasi  obyektiv  va  qonuniyatli  xarakterga  ega. 

Bu birinchi navbatda  iste’molning  oshishi  qonunining harakati  bilan  bog’liq. Buning  mohiyati  

shuki,  jamiyat ishlab  chiqaruvchi  kuchlari  va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi  bilan 

doimo  ularning  iste’moli  darajasi    oshib  boradi  va  ularda  bir  vaqtning  o’zida  iste’molni  to’laroq 

qondirish imkoniyati kengayadi. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  sifatini  yaxshilash  faqat  aholining  oziq-ovqatga  bo’lgan 

iste’molni to’liq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligini oshirishning 

muhim  omilidir.  Shuning  uchun  mahsulot  sifatini  oshirish  –  bu  pirovard  natijada  uning  miqdori, 

resurslarni tejash, ijtimoiy iste’molni to’laroq qondirishdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida qishloq  

xo’jaligi  mahsulotlari  raqobatbardosh    bo’lishi  kerak,    ya’ni  bozordagi  mahsulotlarga  qaraganda  

ancha yuqori iste’mol xususiyatiga va katta talabga ega bo’lishi kerak. 

    Mahsulot sifatiga talab iste’molchilar, shuningdek davlat organlari tomonidan shakllanadi. 

Mahsulot sifatiga talabning shakllanishidagi ustunlik iste’molchiga,  bozorga,  raqobatga tegishlidir. 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati ishlab chiqarish resurslari - ishlab chiqarish elementlarining 

ishtiroqi va ta’sirida shakllanadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hamda ishlab chiqarish 

resurslari sifati o’rtasida keng harakatdagi  bevosita  yoki ko’p pog’onali aloqa va bog’lanish mavjud. 

Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

I. Qishloq xo’jalik mahsulotining sifati: 

 1. Ish kuchi sifati; 

 2. Fondlar bilan qurollanish; 

 3. Xodimlar malakasi; 

 4. Moddiy rag’batlantirish. 

II. Yer va boshqa tabiiy resurslar sifati; 

III. Moddiy resurslar sifati: 

 1. Asosiy vositalar sifati: 

  a) sanoatdan keladigan; 



 

 

277 



  b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan; 

      2.Moddiy oborot vositalarning sifati: 

       a) sanoatdan keladigan; 

   b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan. 

Mahsulot  sifatini  yaxshilash  va  uni  ta’minlashning  yetakchi  omili  ish    kuchining  sifati 

hisoblanadi. Foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi mamlakatning har bir fuqarosi mahsulot sifatini 

ta’minlash bo’yicha o’z munosabatlarini quyidagilar asosida amalga oshirishlari kerak: 

1.O’zaro yordam va ilg’or tajribalarni almashish; 

2.Har bir ish joyida mehnat sifatiga va uning natijasiga qattiq talabchanlik; 

3.Mahsulot sifati degan bosh mezondan kelib chiqib, xodimning professional ustaligi va uning 

mehnatga to’lanadigan haqqini baholash; 

4.Har bir kishining - ishchidan to rahbargacha o’z mehnati sifati uchun  shaxsiy javobgarligi; 

5.Mehnat  jarayonida  mahsulot  sifatini    pasaytirish   mumkin    bo’lgan    har  qanday  faoliyatni 

ogohlantirish. 

 Yer resurslarining sifati iqlim sharoitlari bilan birga faqat  yetishtiriladigan ekinning  tarkibini  

aniqlab  qolmasdan  va  uning  miqdoriga ta’sir qilib qolmasdan, balki uning sifatiga ham katta ta’sir 

ko’rsatadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, unumli tuproqda, yerda  yetishtirilgan  hosilning sifati ham 

yaxshi, yuqori bo’ladi.  

Moddiy  resurslar  sifati,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  sifatiga  2  tomonlama  ta’sir  ko’rsatadi. 

Birinchidan, asosiy va moddiy aylanma vositalarning ancha yuqori  sifati, sifati oshirilgan mahsulot 

olishga,  sotish  bahosini  oshirishga    va    pirovard  natijada  daromadni  oshirishga  imkon  beradi. 

Rayonlashgan  urug’  navlaridan  foydalanish    faqat  hosildorlikni    oshirib  qolmasdan  sifatini  ham 

yaxshilaydi. Chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish va sifatini yaxshilashga yemning to’yimliligi 

sifati  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Ikkinchidan,  ancha  sifatli  moddiy  resurslar  mehnat  sig’imini,  fond 

sig’imini va material sig’imini pasaytiradi, bu esa ishlab chiqarish  xarajatlarining pasayishiga olib 

keladi.  Urug’,  yem  va  boshqa  aylanma  vositalar  sifat  tavsiflarining  yaxshilanishi  mahsulot  birligi 

hisobiga  ularga  qilingan  xarajatni  pasaytiradi.  Va  aksincha,  navlar  va  ekiladigan  urug’  sifatining 

yomonlashishi, yemlarda ozuqa moddalarining, ayniqsa proteinning pasayishi, mahsulot tannarxining 

o’sishiga olib keladi. 

Bozorga  olib  chiqiladigan  har  qanday  qishloq  xo’jaligi  mahsuloti  kishilarning  iste’molini 

qondirish  darajasi  bo’yicha  tekshiruvdan  o’tadi:  har  bir  xaridor  o’zining  iste’molini  qondiradigan 

mahsulotni sotib oladi, xaridorlar massasi esa kishilar iste’molini to’laroq qondiradigan mahsulotni 

sotib  oladi,  nisbatan  mahsulot    raqobati  tashkil  topadi.  Shuning    uchun  mahsulotgning 

raqobatbardoshligini faqat raqobatdosh mahsulotlarni o’zaro taqqoslab aniqlash mumkin. Boshqacha 

qilib  aytganda,  tovar  mahsulotining  raqobatbardoshligi  –  bozorga  va  sotish  vaqtiga  aniq  bog’liq 

bo’lgan nisbiy tushunchadir. 

Shuni  bilish  lozimki,  mahsulotning  raqobatbardoshligi,  xaridor  uchun  muhim  qiziqish 

uyg’otadigan  uning  xossasi  orqali  aniqlanadi.  Boshqa  barcha  parametrlar,  bu  chegaradan 

tashqaridagi,  mahsulotning  raqobatbardoshligida  raqobat  shartlariga  aloqasi  yo’q  sifatida  qarab 

chiqilmaydi. 

Mahsulotning raqobatbardoshligini o’rganish sistemali va to’xtovsiz o’tkazilishi kerak. Bu agar 

raqobatbardoshlik  pasaya  borsa,  o’z  vaqtida  ma’lum  qaror  qabul  qilishga  -  shu  mahsulot  ishlab 

chiqarishni qisqartirish yoki to’xtatish yoxud uning sifatini yaxshilash,  boshqa bozorlarga o’tkazish 

va boshqalarga o’ylab ko’rishga imkon beradi. Boshqa tomondan, mahsulotning raqobatbardoshligi, 

shu  mahsulot  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  haqida  qaror  qabul  qilingan  qarorlarning  samarasini 

oshiradi.  

Hozirgi  kunda,  ya’ni  bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida  qishloq  xo’jaligida  bir  qancha 

mahsulot sotish kanallari vujudga keladi va ularning harakat qilishi uchun sharoit  yaratiladi. 

Mahsulotni  sotish  kanallari  deganda,  sotishda  ishtirok  etuvchi  yoki  vositachilik  qiluvchi 

shaxslar  va  korxonalr  to’plami  tushuniladi.  Ular  tovarlarni  o’zlariga  yoki  boshqa  bir  shaxsga 

o’tkazish  huquqini  oladilar.  Bu  mahsulotlarni  ishlab  chiqaruvchilardan  iste’molchilarga  yetkazish 



 

 

278 



maqsadida birgalikda harakat qiluvchi iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy va boshqa jarayonlar 

tizimidir. 

Sotish kanallari bevosita va bilvosita kanallarga bo’linadi. Tovarlar  sotishning  

bevosita 

kanallar deganda vositachilarsiz tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga ko’chib yurishi 

tushuniladi. 

Bevosita  kanal  orqali,  masalan  sabzavot  va  poliz  mahsulotlari  dehqon  bozorlarida,  xususiy 

magazinlarda,  do’konlarda  sotilishi  mumkin.  Bunday  usul  bilan,  shuningdek,  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlari mahalliy aholiga kassa orqali naqd pulga sotilishi mumkin. 

Bilvosita sotish kanallari mustaqil vositachilardan foydalanish bilan bog’langan. Ular tovarlarni 

tovar ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va iste’molchilarga yetkazib beradi. Vositachilar sifatida 

davlat tashkilotlari, matlubot kooperasiyalari, savdo va sanoat korxonalari chiqadi. 

Alohida  qishloq  xo’jalik  korxonalari  uchun    mahsulotlarni  turli  kanallar  orqali  sotish  ham 

tashkiliy,  ham  iqtisodiy  jihatdan  qiyin  masala..  Korxonalar  faoliyatining  pirovard  natijasi  ma’lum 

darajada  mahsulotni  tayyorlaydigan,  saqlaydigan,  ortadigan-tushiradigan  xizmatlarning 

rivojlanishiga  bog’liq.  Shuning  uchun  qishloq  xo’jalik  korxonalarida  mahsulotni  tayyorlashni  va 

sotishni tashkil qilish bo’yicha barcha masalalarni hal qilish zararuriyati tug’iladi. 

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish kanallari quyidagilar bo’lishi mumkin: 

I. Davlatga sotish: 

  A).Davlat fondiga; 

  B).Regional fondga; 

II. Erkin sotish: 

  A). Dehqon bozorida; 

  B). Korxona xodimlariga va mahalliy aholiga; 

  V). Birjada; 

  G).Chakana savdoning boshqa tashkilotlariga, korxonalariga; 

  D).Shartnoma, majburiyat bo’yicha tashkilot va korxonalarga; 

  Ye).Boshqa tashkilotlar bilan barter bitimlari; 

III.Umumiy ovqatlanish korxonalariga. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishda  davlatga  sotiladigan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  hajmi 

keskin qisqarib boradi va bozor kanallari bo’yicha sotish oshib boradi. 

Qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  sotish  yo’llarini  tanlashda,  albatta  sotish  sferasi  bilan  bog’liq 

xarajatlar sarflanadi. Uni transaksiya xarajatlari deyiladi. Bu harajtlar o’z ichiga baho to’g’risidagi 

axborotlarni izlash, hamkorlarni tanlash, shartnomalar tuzish, shuningdek mulkni himoya qilish kabi 

xarajatlarni oladi. Transaksiya xarajatlarining darajasi har doim ham oldindan aniqlanavermaydi. U 

mahsulotning xususiyati, uni ishlab chiqarish texnologiyasi, ayirboshlashdagi hamkorlarning xohish-

istagiga bog’liq. 

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish yo’llariga quyidagilarni kiritish mumkin; 

Qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari: 

 1.Qayta ishlash: 

   a) ulgurji savdo korxonalari;  

   b) chakana savdo korxonalari; 

   v) pirovard iste’molchi; 

 2.Dehqon bozorlari; 

 3.Tayyorlov tashkilotlari:  

   a) ulgurji savdo korxonalari; 

   b) chakana savdo korxonalri;  

   v) pirovard iste’molchi. 

Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yuqorida keltirilgan sotish kanallarining qanchalik 

darajada qulayligini va imkoniyat darajasida iqtisodiy jihatdan munosabat o’rnatishi mumkin bo’lgan 

variantni tanlashlari kerak bo’ladi. 

 



 

 

279 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish