Ta’lim metodlari
Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,
blis so’rov, o’zaro o’qitish metodi,
“Muammoli vaziyat” metodi.
Ta’lim vositalari
Ma’ruza matni, videoproyektor,
slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch
tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha
tarqatma material.
Ta’lim shakllari
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
O’qitish shart-sharoiti
Texnik vositalardan foydalanish va
guruhlarda ishlashga mo’ljallangan
auditoriya
Monitoring va baholash
Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting
tizimi asosida baholash.
MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyat mazmuni
ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchi
1 - bosqich.
O’quv
mashg’ulotiga
kirish
(20 daqiqa)
1.1.Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va
talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
1.2.Bugungi kundagi yangiliklar va mavzuning
ahamiyati.
1.3.O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning
maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan
natijalar ma’lum qilinadi.
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
2 - bosqich.
Asosiy
qism
(120 daqiqa)
2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi.
Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif
etiladi.
2.2.Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida
qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi.
Talabalar yalpi mahsulot tushunchasi, uning
tarkibi, hisoblash va baholash, yalpi mahsulotni
takror ishlab chiqarish turlari va omillari, yalpi
mahsulotning taqsimlanishi, tovar mahsulot
tushunchasi, tovarlilik darajasi va uni oshirish
imkoniyatlariga oid tayyorlab kelingan chizma
orqali talabalar hukmiga havola etiladi. Dars
davomida talabalarni faollashtiruvchi savollar
o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol bo’yicha
xulosalar qilinadi.
2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq
izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi
qo’llaniladi.
2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini
takrorlamay
atamalarni
aytadi.
O’ylaydi, javob beradi va
to’g’ri javobni eshitadi.
2.2.Muammoli vaziyatda
o’z fikri bilan, muammoni
xal
qilish
yo’llarini
qidiradi.
2.3.Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob
berishga harakat qiladi.
Ta’rifni
yozib
oladi,
misollar keltiradi
3 - bosqich.
Yakuniy
(20 daqiqa)
3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan
ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatida muhim
ahamiyatga ega ekanligiga talabalar e’tiborini
qaratadi.
3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi.
3.1.O’z-o’zini,
o’zaro
baholashni o’tkazadi.
3.2.Savol beradilar, javob
beradilar.
3.3.Mavzu bo’yicha test
topshiriqla-rini bajaradilar.
268
3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi.
3.4.Mustaqil ishlash uchun
topshiriqlarni yozadilar.
14.1.Yalpi mahsulot tushunchasi, uning tarkibi, hisoblash va baholash. Yalpi mahsulotni takror
ishlab chiqarish turlari va omillari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. Qishloq xo’jaligi
yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar
miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari
kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural
ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi.
Sentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, dehqonchilikda
– alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik
daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va
kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa
(qo’shimcha) mahsulotlari (somon, pohol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning
alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: bola, mollar va parrrandalarning
tirik vaznining o’sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go’ng va boshqalar)
kiradi.
Tarmoqlar bo’yicha qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagicha bo’ladi:
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti:
I. Dehqonchilik mahsulotlari:
a) qishloq xo’jalik ekinlari asosiy mahsulot yalpi hosili;
b) ko’p yillik daraxtlarni o’stirish;
v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’idagi o’zgarish (kuzgi ekinlar xarajati);
g) qo’shimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar).
II. Chorvachilik mahsulotlari
a) qoramol va parrandalardan xo’jalikda foydalanishdan olingan, mahsulotlar (sut, jun,
tuxum, pilla, qorako’l teri va boshqalar);
b) qoramol va parrandalarning o’sishi (tirik vaznda);
v) buzoqlar, qo’zi, uloq va boshqa olingan bolalar;
g) qoldiq mahsulotlar ( go’ng va boshqalar ).
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini qishloq xo’jaligi korxonalari yalpi mahsuloti bilan
almashtirmaslik kerak. Qishloq xo’jaligi korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma’noga ega
bo’lib, u o’z ichiga qishloq xo’jaligi mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab
chiqarishlarni, ish va xizmatlari oladi. Masalan: xo’jalikda qayta ishlangan ( un, o’simlik, mol yog’i
va h.k) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xo’jaligi mahsuloti emas,
balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xo’jaligi korxonalari yalpi mahsuloti tarkibiga
kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va joriy baholarda,
shuningdek mahsulot tannarxi bo’yicha baholanadi. Mahsulotning umumiy hajmini, uning yilar
bo’yicha. dinamikasidagi o’zgarishlarni, aniqlash uchun, shuningdek, yillik va soatlik mehnat
unumdorlik darajasini, fond qaytimini hisoblash va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot
taqqoslama baholarda baholanadi. Yalpi mahsulotni joriy baholarda baholash sof daromadni
hisoblash uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotlari qiymati uning tannarxi
bo’yicha hisoblanadi.
2014 yilda Samarqand viloyati bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklarda taqqoslama baholarda,
qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 4912988,0 mln. so’mni, shu jumladan dehqonchilik bo’yicha
2777654,0 mln. so’mni, chorvachilik bo’yicha 2135334,0 mln. so’mni tashkil etgan. Shuningdek
269
tannarx bo’yicha baholangan yalpi mahsulot jami 4081926,0 mln.so’mni, shu jumladan
dehqonchilikda 2178822,0 mln.so’mni, chorvachilikda esa 1903104,0 mln.so’mni tashkil etgan.
Respublika bo’yicha yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o’zgarishi qishloq xo’jaligida
ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sish sur’atlarida namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi yalpi
ichki mahsuloti 1996 yilda (oldingi yilga nisbatan solishtirma baholarda) – 6,5%, 1997 yilda – 5,8%,
1998 yilda – 4%, 1999 yilda – 5,9%, 2000 yilda ob-havoning, ayniqsa suv resurslarining tanqisligiga
qaramasdan – 3,2% ko’paydi. Undan keyingi davrlarda esa, 2005 yilda – 5,4%, 2006 yilda – 6,7%,
2007 yilda – 6,1%, 2008 yilda – 4,5%, 2009 yilda – 5,8%, 2010 yilda – 6,9%, 2011 yilda – 6,6%,
2012 yilda – 7,2%, 2013 yilda – 6,9% va 2014 yilda ham 6,9% ga qo’shimcha o’sishga erishildi.
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko’rsatkichi(DYaM) qishloq xo’jaligi ekinlari
yalpi hosili qiymati (EYaHK), ko’p yillik daraxtlarni o’stirish xarajatlari qiymati (KYDO’Q),
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidagi o’zgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab
chiqarish va BMQ)dan tashkil topadi. Misollarni, Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi
xo’jaliklarning 2014 yil ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz:
m
mln.so'
2777654
=
BMQ
i/ch va
T
+
Q
KYDO'
+
EYaHQ
=
DYaM
Chorvachilik yalpi mahsuloti (ChYaM) esa, mollar va parrandalardan xo’jalikda foydalanish
natijasida olingan mahsulotlar qiymati(MPMQ); mol va parrandalar tirik vazni o’sishining qiymati
(TVO’Q), olingan bola qiymati(OBQ) va boshqa mahsulot qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.
m
so'
mln.
2135334
=
BMQ
+
OBQ
+
Q
TVO'
+
MPMQ
=
ChYaM
Pulda ifodalangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarmoqda barcha yaratilgan moddiy
boyliklarga umumlashgan tavsif beradi. U qishloq xo’jaligining jami ijtimoiy mahsulotdagi
salmog’ini, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining darajasi va dinamikasini,
alohida kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarish iqtisodiy
samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun zarur, umum iqtisodiy ko’rsatkich sifatida harakat
qiladi.
Qishloq xo’jalikda - pulda ifodalanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichlarining bir qator
kamchiliklari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyumlashgan mehnatning ham natijasidir.
Shuning uchun yalpi mahsulot bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar, jonli mehnatni tejash hisobiga
yuqori bo’lmasdan, balki moddiy resurslarni ko’p sarflash hisobiga amalga oshadi;
2.Yalpi mahsulotni hisoblashning hozirgi - ya’ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari
summasini qo’shib hisoblash metodikasi takroriy hisoblashga yo’l qo’yadi. Masalan: yem
dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi;
3.Yalpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash, uning haqiqiy qiymatini pasaytiradi, ya’ni
yalpi mahsulotning tovar bo’lmagan qismi tannarx bo’yicha baholanadi. U xarid bahosidan sof
daromadning miqdoricha kam bo’ladi, ya’ni yalpi mahsulotning qiymati qishloq xo’jalik yalpi
mahsulotining tovar bo’lmagan qismini ishlab chiqarishga ketgan, qo’shimcha mehnatni hisobga
olmaydi;
4.Yalpi mahsulot ko’rsatkichi har doim ham ma’lum korxona kollektivining real mehnat
hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan material resurslarning
hajmiga ham bog’liq;
5.Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot ko’rsatkichi, uning sifatini to’liq aks
ettirmaydi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki qismga bo’linadi. Bir qismi (urug’,
yem, buzoqlar uchun ajratilgan sut, inkubator uchun tuxum va boshqalar) bevosita qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol qilinadi. Boshqa qismi esa pirovard mahsulot
270
deyiladi va sotish uchun foydalaniladi. Shu sababli qishloq xo’jaligida «yalpi oborot» tushunchasi
ham ishlatiladi. Yalpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o’z ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi,
ya’ni ichki ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham, sotiladiganini ham. Yalpi oborot
yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining miqdoriga ko’pdir. Qishloq xo’jaligida, boshqa
tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. Chunki, yalpi mahsulot yalpi
oborot usuli bo’yicha hisoblanadi, ya’ni unga ichki xo’jalik oboroti ham kiradi. Shuning uchun
qishloq xo’jaligida yalpi oborot ko’rsatkichi hisoblanilmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining
to’xtovsiz va o’sib borayotgan iste’moli uni ishlab chiqarish jarayonini takrorlanib va yangilanib
turishini, ya’ni takror ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi. Takror ishlab chiqarish ikki xil: oddiy va
kengaytirilgan bo’ladi. Oddiy takror ishlab chiqarishda jamg’arish bo’lmaganligi uchun ishlab
chiqarish jarayoni ilgarigi hajmda, ya’ni o’zgarmagan holda takrorlanadi. Kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish hajmi, jamg’armadan foydalangan holda, kengaygan holda
takrorlanib, yangilanib turadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ekstensiv va intensiv
yo’llaridan foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarishni o’stirish uchun quyidagi omillardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |