Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

m

so

m

mlrd

m

`

.



ln

0000001


,

0

.



2

,

27164



.

ln

3



,

3

MQ



 

yoki


 

MM(IX)


XS

 

yoki



 

IVM


 

MS

  



=

=

=



 

 

Respublika qishloq xo’jaligida 2012 yilda 27 trln. 164 mlrd. 200 mln. so’mlik qishloq xo’jaligi 



mahsuloti ishlab chiqarilgan bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning o’rtacha yillik soni – 3 

mln.  300  ming  kishini,  yillik  o’rtacha  1  xodimga  to’g’ri  kelgan  yalpi  mahsulot  esa    8231,6  mln. 

so’mni tashkil etgan. 

 Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha, 

ammo mehnat unumdorligining oshish sur’ati mehnat sig’imining pasayish sur’atiga teng bo’lmaydi.   

 Mehnat  unumdorligi  va  mehnat  sig’imi    o’rtasida    funksional  bog’lanish  mavjud  bo’lib,  u 

quyidagicha ifodalanadi: 

;

MS



-

100


100

*

MS



 

MU

  



=

     



;

MU

100



100

*

MU



 

MS

  



+

=



 

 

 



  ∆MU - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat 

           unumdorligining o’sishi, %; 

  ∆MS - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat 

sig’imining pasayishi, %;                           




 

 

213 



 

        Agar MS 15%ga pasaysa, unda mehnat unumdorligi  

   15*100 

(----------- )   18% ga oshadi,                                             

   100-15  

                                                       15*100 

agar mehnat unumdorligi 15%ga oshsa, unda MS  (---------- ) 13% ga  

                                                                                     100+15 

pasayadi.                                                                                                              

 

Mehnat xarajatlarining qo’shilish tarkibiga qarab, mehnat sig’imi bir qancha turlarga bo’linadi: 



1. Texnologik mehnat sig’imi;   

 2. Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi; 

  3. Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi;  

     4. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi mehnat sig’imi;  

    5. Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi.  

 1).Texnologik mehnat sig’imi (MSt) - o’z ichiga xodimlarining aniq mahsulot ishlab chiqarish 

bo’yicha alohida texnologik   operasiyalaridagi mehnat xarajatlarini oladi; 

 2).Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi(MSxk) o’z ichiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi  

va  yordamchi  tarmoq  xodimlarining    mehnat    xarajatlarini    oladi  (mashina-traktor  ustaxonasi, 

avtotransport va boshqalarni); 

 3).Ishlab  chiqarishdagi  mehnat  sig’imi(MSi/ch)  o’z  ichiga  texnologik  va  xizmat  ko’rsatish 

mehnat sig’imlarini oladi: 

 

MSxk


  

MSt  


 

i/ch  


 

MS

+



=

 

 



 4).Boshqarishdagi mehnat sig’imi (MSbosh) o’z ichiga mahsulotga o’tkazilgan umum ishlab 

chiqarish va umumxo’jalik  xarakteridagi boshqarish xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi. Bunga 

xo’jalik rahbarlari va mutaxassislari, funksional bo’lim xodimlarining mehnat xarajatlari kiradi: 

 

MXux



 

MXui/ch 


 

MCbosh 


+

=

 



 

 5).Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi (MSto’l) barcha yuqoridagi turdagi mehnat 

sig’imlarini  ifodalaydi: 

MSbosh


MSi/ch

MSxk


 

MSt 


MSto`l

  

+



+

=

 



 

Mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan mehnat xarajatlarini 2  guruhga bo’lish qabul qilingan: 

1.Jonli  mehnat  xarajatlari.  Bevosita  qishloq  xo’jaligida    ishtiroq  etayotgan  xodimlarning  ish 

vaqti; 


2.Buyumlashgan mehnat xarajatlari. U o’z  ichiga  mashina,  mineral o’g’itlar va boshqalarda 

buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini  hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va 

urug’,  yem-xashakda    va  qishloq  xo’jaligidan  chiqadigan  mehnat  predmetlarida  buyumlashgan  

mehnat xarajatlarini oladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  yetakchi  rolni  jonli  mehnat  o’ynaydi,  chunki  u  buyumlashgan 

mehnat  yaratgan  ishlab  chiqarish  vositalarini  harakatga  keltiradi.  Buyumlashgan  qishloq  xo’jaligi 

mehnati buyumlashgan sanoat mehnatiga nisbatan  kam samarali, chunki keyingisi qishloq xo’jaligini 

texnika  bilan  ta’minlashda  muhim  rol  o’ynaydi.  Hozirgi  vaqtda  jonli  mehnatning  unumdorlik 

darajasini faqat mahsulot ishlab chiqarishning yakunlovchi bosqichida hisoblash qabul qilingan. 



 

 

214 



 

Buyumlashgan mehnat xarajatlari qishloq xo’jaliginiki va sanoatniki bo’lishidan qat’iy nazar, 

ishlab  chiqarishning  oldingi  boskichidagi  mehnat  xarajatlari  hisoblanadi,  bevosita  ish  vaqtida 

hisoblanilmaydi, ularning hisobi mahsulot tannarxini pul shaklida hisoblashda amalga oshiriladi. Shu 

bilan  birga  faqat  jonli  mehnat  xarajatlarini  baholash  ijtimoiy  mehnatning  haqiqiy  tejamini  oshirib 

yuboradi, buyumlashgan mehnat xarajatining samaradorligi esa noma’lum bo’lib qolaveradi. Buning 

ustiga  hozirgi  sharoitda  qishloq  xo’jaligida  har  yili  mahsulot  ishlab  chiqarishda  buyumlashgan 

mehnat sarfi oshib bormoqda. Shuning uchun jonli mehnat xarajatlari samaradorligini baholash bilan 

bir qatorda, sanoat ishchilari va buyumlashgan qishloq xo’jaligi mehnati xarajatlaridan foydalanish 

samaradorligi qanday ekanligini bilish muhimdir. 

Ijtimoiy  mehnat  unumdorligi  to’g’risida  ancha  to’liq  va  aniq  ma’lumotga  ega  bo’lish  uchun 

jami  mehnat  xarajatlari,  ya’ni  mahsulot  birligiga  hisoblangan  jonli  va  buyumlashgan  mehnat 

xarajatlarini birgalikda tahlil qilish muhim, ammo o’ta murakkabdir. 

Yuqoridagi  tushunchalarni  hisobga  olib  mehnat  unumdorligi  tor  va  keng  ma’noda  ko’rib 

chiqiladi. Tor ma’noda mehnat unumdorligi, faqat  jonli  mehnat  xarajatlarini (JMX) hisobga oladi 

va quyidagicha aniqlanadi: 

 

JMX


MQ

 

yoki



 

MM(IX)


MU

  

=



 

 

Keng ma’noda mehnat unumdorligini ko’rib chiqishda ham jonli, ham buyumlashgan mehnat 



xarajatlari (BMX) hisobga olinadi va quyidagicha aniqlanadi: 

 

BMX



 

 

JMX



 

 

T



+

=

 



 

Shuni hisobga olib, keng ma’nodagi mehnat unumdorligi quyidagicha hisoblanadi: 

 

;

BMX



JMX

MQ

 



yoki

 

MM(IX)



MU

  

+



=

   yoki   

;

MQ

 



yoki

 

MM(IX)



MU

  

Tannarx

=

 

 



    Qishloq xo’jaligida jonli mehnat xarajatlari 2 ga  bo’linadi: 

       1.Bevosita; 

       2.Bilvosita. 

1).Bevosita xarajatlar - ma’lum bir ekin  yoki chorva turlariga xizmat  qiluvchi, dehqkonchilik 

va  chorvachilik  xodimlarining  mehnat  xarajatlari.  Mahsulot  ishlab  chiqarishda  qatnashish  darajasi 

nuqtai nazaridan bevosita mehnat xarajatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida harakat qiladigan 

ijtimoiy mehnatning tarkibidagi faol va katta hajmni tashkil qiladigan mehnat massasini ifodalaydi; 

2).Bilvosita xarajatlar - bevosita ishlab  chiqarishda  qatnashmaydigan, balki ishlab chiqarishni 

tashkil  qilishda,  boshqarishda  va  alohida    tarmoqqa  xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlarning  mehnat 

xarajatlari.  

Hozirgi  vaqtda,  qishloq  xo’jaligida  mehnat  unumdorligi  darajasini  aniqlash  uchun  faqat 

bevosita  mehnat  xarajatlari(texnologik  mehnat  sig’imi)ni  olish  qabul  qilingan.  Bu  boshqaruv  va 

xizmat ko’rsatish personallari mehnat xarajatlarini mahsulot turlari bo’yicha taqsimlashning ba’zi bir 

qiyinchiliklaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida texnika taraqqiyotining rivojlanishi va qishloq 

xo’jaligida  mutaxassislar  sonining  o’sishi  natijasida  bilvosita  mehnat  xarajatlari  salmog’i  o’sishi 

kerak.  Lekin  hozirgi  bizning  iqtisodiyotimizda  bunga  erishilganicha  yo’q.  Shunday  bo’lishiga 

qaramasdan,  jonli  mehnat  unumdorligi  darajasini  ancha  aniqroq  hisoblash  uchun,  shuningdek 

bilvosita mehnat xarajatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu xarajatlarni 

ham tarmoq bo’yicha, ekin va chorva turlari bo’yicha va bevosita mehnat xarajatlariga proporsional 

mahsulot  bo’yicha  ham  taqsimlash  mumkin.  Shularni  hisobga  olib,  jonli  mehnatning  jami 




 

 

215 



 

xarajatlarini topamiz. U o’z ichiga bevosita va bilvosita mehnat xarajatlarini oladi va quyidagicha 

aniqlanadi: 

 

Bil.X



 

 

Bev.X



 

 

JMX



+

=

 



 

Demak, jami mehnat xarajatlari esa - jonli mehnat xarajatlari (JMX), shuningdek buyumlashgan 

(sanoat ) mehnat xarajatlari (BMXs )  va  qishloq xo’jalik mehnat xarajatlari ( MX qishloq xo’jalik ) 

ni o’z ichiga oladi va quyidagicha hisoblanadi: 

 

BMX


MXk/ch 

 

 



BMXs

JMX


Bil.X

 

 



Bev.X

JamiMX


  

+

+



+

=

 



 

Qishloq  xo’jaligida  mehnat  unumdorligi  darajasini  ifodalovchi  ko’rsatkichlar  tizimidan 

foydalaniladi.  Ish  kuchidan  foydalanish  samaradorligini  baholash  uchun  ko’rsatkichlar  tizimidan 

foydalanish zaruriyati: birinchidan, mehnat unumdorligini uning barcha darajalarida, ya’ni bir butun 

qishloq xo’jaligida, uning alohida tarmoqlarida va alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish bo’yicha, 

har tomonlama tavsifini ta’minlash zaruriyati. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida iqtisodiy jarayonlar 

biologik jarayonlar bilan qo’shilib ketgan, ish davri esa ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. 

Bu  yerda  mehnat  sarfi  vaqti  bilan  uning  pirovard  natijasi  –  mahsulot  olish  vaqti  o’rtasida  tafovut 

kuzatiladi. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlar tizimi uni ishlab chiqarishning pirovard natijasi 

sifatida ham, uning alohida bosqich va operasiyalarida ham aks ettiradi. 

Qishloq  xo’jaligida  mehnat  unumdorligini  xarakterlaydigan    ko’rsatkichlar  klassifikasiyasi 

quyidagicha: 

I. Asosiy ko’rsatkichlar: 

  1).Natural: 

  a).1 xodimga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori; 

  b).1 kishi/soatiga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori; 

  v).1 s - mahsulotning mehnat sig’imi; 

  2).Qiymat: 

  a).1 xodimga to’g’ri kelgan yalpi yoki sof mahsulot qiymati. 

  b).1kishi/soatiga to’g’ri kelgan yalpi va sof mahsulot qiymati. 

  v).100 so’mlik yalpi va sof mahsulotning mehnat sig’imi. 

II. Qo’shimcha ko’rsatkichlar: 

  1).Xususiy ko’rsatkichlar: 

  a).Ish kunida bajarilgan ishlar hajmi, soat; 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish