Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

3.3. Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi 

Agrosanoat  majmuiga  kiruvchi  barcha  tarmoqlarning  eng  asosiy  vazifasi-pirovard 

mahsulotga  ketgan  jami  harajat  sarfini  pasaytirish. 



Qishloq  xo’jaligida  pirovard  mahsulot

 

deganda, tarmoqdan tashqari bevosita iste’molchiga yoki sanoatda qayta ishlash uchun sotiladigan 



mahsulot tushuniladi. 

Mahsulotning  tarmoq  ichidagi  oboroti  (aylanishi)  pirovard  natijada  ifodalanmaydi.  U  bu 

yerda oraliq mahsulot bo’lib namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sanoatda qayta 

ishlanmasdan turib aholi iste’moliga tushadigan qismi (g’alla, sabzavot, kartoshka, sut, go’sht va 

boshqalar) agrosanoat majmui pirovard mahsulotiga qo’shiladi. 

Qishloq  xo’jaligi,  eng  avvalo,  qayta  ishlovchi  sanoat  uchun  xom-ashyo,  material  ishlab 

chiqarishga  asoslanadi,  uning  faoliyatining  iqtisodiy  natijalari  esa  tarmoqlararo  balans  shartlari 

bilan  aniqlanadi.  Shuning  uchun  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  pirovard  natijasi 

agrosanoat majmui nuqtai nazaridan qaraganda oraliq natija hisoblanadi. 

Butun  agrosanoat  majmuining  sifatli  harakat  qilishi  faqat  qishloq  xo’jaligi  tarmog’ining 

faoliyatigagina  bog’liq  bo’lmay,  pirovard  mahsulotni  iste’molchiga  yetkazib  berishda  ishtirok 

etadigan barcha zvenolarning sifatli faoliyat yuritishiga bog’liq. 

Agrosanoat majmuining pirovard mahsuloti ma’lum bir vaqt davomida yaratilgan va shaxsiy 

yoki ishlab chiqarish iste’moliga tushadigan jami mahsulotlar to’plamidir. Natura shaklda pirovard 

mahsulot quyidagilardan tashkil topadi: 

 



Bevosita aholiga tushadigan qishloq xo’jaligi mahsuloti; 

 



Qishloq xo’jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan iste’mol buyumlari; 

 



Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va uni qayta ishlash predmetlari; 

 



Agrosanoat majmui birinchi sohasi tarmoqlari mahsulotlari. 

Agrosanoat  majmui  pirovard  mahsulotning  tarkibiy  tuzilishi  alohida  tarmoqlar  mahsuloti 

qiymatini  jami  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  qiymatiga  bo’lib  foizlarda  aniqlanadi.  Pirovard 

mahsulot qiymati tarkibining o’zgarishi agrosanoat majmuidagi aniq tarmoqlar mahsulotlari, tovar 

va xizmatlarining oshishi yoki pasayishiga bog’liq. 

Agrosanoat majmuidagi korxona va tashkilotlar pirovard mahsuloti tarkibiga barcha tovar 

mahsulotlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  hajmi,  shuningdek,  xodimlarga  berilgan  yoki  sotilgan  va 

umumiy ovqatlanishga va xo’jalikdagi boshqa zaruriyatlarga foydalanilgan mahsulotlar kiradi. 

Pirovard  mahsulot  (PM)  yalpi  mahsulot  (YaM)  (tovar  va  xizmatlar)  hajmi  bilan  aniq 

tarmoqda  bevosita  iste’mol  (I)  uchun  foydalanilgan  uning  ma’lum  bir  qismi  o’rtasidagi  farq 

sifatida hisoblaniladi: 

 

I



YAM

PM

=



 

 

Agrosanoat majmui pirovard mahsulotning qiymati (PMQ) – qishloq xo’jaligida yaratilgan 



sof  mahsulot  qiymatidan  (SMQ

Q/X


),  oziq-ovqat,  yengil  sanoat  tarmoqlari  sof  mahsuloti 

qiymatining  (SMQ

O/O.Ye

)  bir  qismidan,  shuningdek,  transport,  aloqa  va  muomila  sohalari  sof 



mahsuloti qiymatining (SMQ

T.A.M.


) bir qismidan tashkil topadi. 

 

.



.

.

.



/

m

a

SMQt

e

o

SMQo

SMQqx

PMQ

+

+



=

 

 




 

 

 



80 

 

Agrosanoat  majmuining  samarali  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  tarmoqlar  moddiy  texnika 



bazasining  me’yorda  bo’lishigina  emas,  balki  shu  majmuaga  kiruvchi  barcha  sohalarning 

proporsional  rivojlanishi  katta  ahamiyatga  ega.  Agrosanoat  majmuidagi  barcha  faoliyatlarning 

natijasi  qishloq  xo’jaligi  bilan  majmuaning  boshqa  tarmoq  va  ishlab  chiqarishlari  o’rtasidagi 

muvofiqlik va rivojlanish bilan aniqlanadi.   

Agrosanoat 

majmui 


muvaffaqiyatli 

rivojlanishining 

muhim 

sharti 


barcha 

qatnashuvchilarning  pirovard  mahsulot  olishdagi  moddiy  manfaatdorligi  hisoblanadi.  Bu  shart 

ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida agrosanoat majmui tarmoqlari faoliyatidagi yuqori 

faollikka  aylanadi,  chunki  qishloq  xo’jaligi  va  sanoat  mahsulotlari  baholari  o’rtasidagi 

nomuvofiqlik bunga asosiy sabab bo’ladi. Agrosanoat majmui ishlab chiqarishi va tarmoqlarining 

iqtisodiy  samaradorligi  alohida  sohalar  faoliyatlari  darajasi  va  pirovard  mahsulotlarini  aks 

ettiruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Agrosanoat majmui samaradorligining 

asosiy ko’rsatkichi, aholi jon boshiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi xom ashyosidan olinadigan 

oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari miqdori hisoblanadi. Bu boshqacha qilib aytganda, mamlakat 

aholisini  ishlab  chiqarilgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta 

ishlash mahsuloti hisoblangan, ya’ni yengil va to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan ta’minlash 

darajasidir. 

Agrosanoat majmui samaradorligini xarakterlash uchun o’rtacha bir xodimga to’g’ri kelgan 

pirovard  mahsulot  qiymati,  bir  so’mlik  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  to’g’ri  kelgan  pirovard 

mahsulot  qiymati  va  bir  so’mlik  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlariga  to’g’ri  kelgan  pirovard 

mahsulot  qiymati  ko’rsatkichi  hisoblaniladi.  Bu  ko’rsatkichlarni  hisoblash  quyidagi  formula 

shaklida ifodalanadi:  

 

XS



PM

MUasm

=

 



 

X

ch

Ish

PM

Sasm

.

.



=

 

 



X

ch

AIsh

PM

FQ

.

.



=

 

 



Buyerda: 

MU

ASM



 –Mehnatunumdorligi, so’m 

S

ASM



 -   Samaradorlik, so’m 

    FQ  -   Fond qaytimi, so’m 

    PM -   Pirovard mahsulot, ming so’m 

    XS -   o’rtacha yillik xodimlar soni, kishi 

    I/Ch X –Ishlab chiqarishg xarajatlari, ming so’m 

   AI/Ch X- Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ming so’m 

Agrosanoat  majmui  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  oraliq  va  pirovard 

natija  o’rtasida  uzilishga  yo’l  qo’ymaslik  lozim.  Buning  uchun  agrosanoat  majmui  barcha 




 

 

 



81 

 

tarmoqlari va ishlab chiqarishlarini proporsional va muvofiq holatda rivojlantirishni ta’minlash, 



ularning  moddiy-texnika  ba’zasini  mustahkamlash,  pirovard  mahsulotni  olishda  xodimlarning 

moddiy manfaatdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash zarur. 

 Agrosanoat  majmuini  samarali  rivojlantirish  har  bir  soha,  tarmoq  va  ishlab  chiqarish 

xodimlariga me’yoriy sharoitlarni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Bu ishlab 

chiqarishdagi  shikastlanishlarnikamaytirish,  xodimlar  kasallanishini  kamaytirish,  mehnat 

resurslaridan  foydalanishni  yaxshilash  bilan  xarakterlanadi.  Agrosanoat  majmuiga  kiruvchi 

korxona  va  tashkilotlarda  ijtimoiy-madaniy  obyektlarni  qurish,  ishlash  va  dam  olishga  ijtimoiy 

sharoitni yaxshilash, kadrlarni takror ishlab chiqarish uchun imkoniyat mavjud. 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish