Usgbu soxalarga kiruvchi tarmoqlar, korxonalar, firmalar, xususiy tadbirkorlar, xizmat ko`rsatuvchi sohalar
75
3.2. Agrosanoat majmui tarmoqlari o’rtasida ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar
Agrosanoat ishlab chiqarishida beshta o’zaro aloqador bo’lgan bosqich belgilanadi:
•
Agrosanoat majmuining barcha tizimi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish;
•
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi;
•
Qishloq xo’jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish;
•
Tezkor ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqarish–texnikaviy va texnologik
xizmat ko’rsatish;
•
Pirovard mahsulotni sotish.
U yoki bu tarmoqni agrosanoat majmuiga tegishli deyish ancha murakkab masala bo’lib,
sanoatning ayrim tarmoqlari qishloq xo’jaligi yo’nalishida faoliyat ko’rsatadi. Ko’pchiliklari esa
qishloq xo’jaligi uchun qisman mahsulot ishlab chiqaradi. Agrosanoat majmuini yagona bir tizim
shaklida xarakterlab shuni ta’kidlash lozimki, qishloq xo’jaligi sanoat, qurilish, transport, savdo
va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari bilan doimo mustahkam aloqada bo’lib kelgan.
Lekin, agrosanoat majmuining tashkil topishi qishloq xo’jaligining yagona takror ishlab
chiqarish jarayonida birlashgan aralash tarmoqlar bilan aloqasining sifat jihatdan yangi darajadagi
ko’rinishidir.
Agrosanoat majmui shakllanishining asosi bo’lib agrosanoat integrasiyasi hisoblanadi. U
qishloq xo’jaligi, unga xizmat qiluvchi va uning mahsulotini iste’molchiga yetkazib berish bilan
shug’ullanadigan boshqa tarmoqlar bilan organik va ishlab chiqarish aloqalarini kuchaytirish
jarayonini ifodalaydi. Agrosanoat integrasiyasi ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi,
ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining
tarmoqlararo mustahkam aloqasi ham shu asosda o’rnatiladi. Ana shundan, ishlab chiqarish –
texnikaviy, agrokimyo xizmati, meliorativ ishlar, veterinariya xizmati kabi faoliyatlar bilan
shug’ullanuvchi tarmoq va korxonalarning vazifasi kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligining
agrosanoat majmuining boshqa tarmoqlari bilan mahsulotni sotish va qayta ishlash sohasidagi
aloqalari yanada kuchayadi.
Ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tizimining samarali faoliyati asosan quyidagi ikki omilga
bog’liq:
1.Resurslar bo’yicha, rivojlanish sur’ati bo’yicha, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha
tarmoqlarning muvofiqlashuviga (moslashuviga);
2.Pirovard natijani maqsad qilib qo’ygan har bir zvenoning faoliyatiga.
Har bir oraliq mahsulotni ishlab chiqarish hajmi, shu mahsulotni iste’mol qiluvchi zvenoning
talabi bilan aniqlanadi. Bu bosqichda butun bir kompleksni rivojlantirishning zaruriy
proporsionalligi va bir tekisligi ta’minlanishi lozim.
Asosiy fondlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, o’z mahsulotlarini qishloq xo’jaligiga va
qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib beradilar. Ularning e’tibori nafaqat majmuaning har bir
zvenosining talabini qondirishga, balki ularning agrosanoat ishlab chiqarishining bosqichlari
bo’yicha nisbatlarining optimalligini ta’minlashga ham qaratilgandir. Aks holda, agrosanoat
majmui rivojlanishida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tashish, saqlash va iste’molchiga yetkazib
berish jarayonida katta yo’qotishlarga olib keluvchi nomutanosiblikni(disproporsiyani) keltirib
chiqaradi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlashni, saqlashni va qayta ishlashni amalga oshiruvchi
agrosanoat majmuining uchinchi sohasi tarmoqlari moddiy- texnika bazasini takomillashtirish
zarurdir. Bu soha, fond yetkazuvchi tarmoqlar bilan, shuningdek o’simlikchilik va chorvachilik
tarmoqlari bilan tarmoqlararo aloqalarida optimal nisbatga rioya qilishi zarur.
76
Agrosanoat majmui tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar mahsulot va xizmatlarga
obyektiv o’rnatiladigan baholarning optimal darajasi yordamida amalga oshiriladi. Ko’pincha
sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholari o’rtasidagi farq me’yoriy iqtisodiy aloqani
qiyinlashtiradi va ishlab chiqarish hajmini o’stirishga va pirovard mahsulotni sotishga imkon
bermaydi. Ma’lumki qishloq xo’jaligi korxonalari yil davomida ma’lum darajada ayrim aylanma
vositalarga bo’lgan talabini qondirish uchun mineral o’g’itlarga, neft mahsulotlariga, MTP
xizmatariga, elektr energiyasi ta’minotiga extiyoj sezadilar va mos ravishda “O’zkimyosanoat”,
“O’zneftmahsulot”, “O’zagromashservis”va “O’zbekenergo” kompaniyalari tizimidagi
tashkilotlar bilan ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqani amalga oshiradilar. Natijada ularning qishloq
xo’jaligi korxonalari bilan debitor va kreditor qarzlari vujudga keladi.Quyidagi jadvallarda
agrosanoat majmui tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar, mahsulot va xizmatlar bo’yicha ular
o’rtasidagi debitor va kreditor qarzlar to’g’risidagi ma’lumotlar tahlili keltirilgan (1- va 2-
jadvallar).
Respublika bo’yicha 2010 yil boshiga paxta va g’alla yetishtiruvchi qishloq xo’jalik
korxonalarining297553 mln.so’m mineral o’g’itlardan, 237529 mln.so’m neft mahsulotlaridan,
52227 mln.so’m MTP xizmatidan va 38605 mln.so’m elekrt energiyasidan debitor qarzlari va
31770 mln.so’m mineral o’g’itlardan, 20796 mln.so’m neft mahsulotlaridan, 10700 mln.so’m
MTP xizmatidan va 605 mln.so’m elektr energiyasidan kreditor qarzlari mavjud bo’lgan.