tuxumdonlarda joylashgan bo„ladi. Etilgan ikralar yastika pardalaridan oson
ajraladi va o„zining donador shaklini saqlaydi. Etilmagan ikralar pardalardan
ajralmaydi, ularni pardalari bilan birga tuzlashga to„g„ri keladi. Ikra g„oyat
173
letsitin bor. U yuqori kaloriyaliligi, yoqimli ta‟mi va juda yaxshi hazm bo„lishi
bilan ajralib turadi. Osetra baliqlarining ikrasi eng qimmatli hisoblanadi, so„ng
losos baliqlari va undan so„nggi o„ringa boshqa oilaga mansub bo„lgan baliqlar
ikrasi kiradi.
Osetra baliqlarining ikrasi
(beluga, osetra, sevryuga va ship) juda yaxshi
ta‟mi va to„yimliligi bilan ajralib turadi. Bu ikralar hajmiga qarab, bir-biridan
farq qiladi.
Beluga balig„ining ikrasi eng yirik, osetrlarniki -o„rtacha, sevryuganiki
esa juda maydadir. ship balig„ining ikrasi odatda sevryuganikiga qaraganda
birmuncha yirikroq va osetranikiga nisbatan maydaroq bo„ladi. Beluga va
sevryuga baliqlarining ikrasi och kul rangdan to qora ranggacha, shipniki kul
rang bo„ladi. Osetra balig„ining ikrasi esa sarg„ishroq yoki jigarrangsimon tusda
bo„ladi. Och rang ikralar qimmatroq baholanadi. Ikralar ishlov berish usuliga
ko„ra: donador ikra, ezib tayyorlanadigan (payus) ikra, qaytarma ikra va po„stli
(yastichnaya) ikralarga bo„linadi. Donador ikra etilgan, yastik (parda)
to„qimalaridan ajratilgan, qon va biriktiruvchi to„qima qoldiqlaridan tozalangan
hamda osh tuzi bilan tuzlangan ikradir. Nimtatir tuzlangan ikralar bankalarga
(bankali ikralar), o„tkir tuzlanganlari esa bochkalarga (bochkali ikra) joylanadi.
Ikralar sifati jihatdan oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi.
Nimtatir tuzlangan ikralar kichik-kichik shisha bankalarga qadoqlanib,
qopqog„i germetik yopiladi va pasterizatsiya qilinadi; ular navlarga bo„linmaydi;
«pasterizatsiya qilingan» belgisi bilan chiqariladi. Oliy navdagi ikralar donalari
bir xil ikralardan iborat bo„ladi. Ular bir tekis rangli, bir-biridan oson
ajraluvchan, yoqimli, o„ziga xos ta‟m va hidi bilan ajralib turadi.
Ezib tayyorlanadigan (payus) ikra pishib o„tgan, bo„sh ikralardan
tayyorlanadi, ular o„zining donadorlik shaklini saqlamaydi. Bu ikralar yastik
pardasidan ajratilgandan so„ng o„tkir namakob bilan tuzlanadi va bir xil quyuq
massa hosil bo„lguncha presslanadi. Bu ikralar ham tunuka bankalar yoki
bochkalarga joylanadi. Sifat jihatidan ular oliy, 1- va 2- navlarga bo„linadi.
174
Qaytarma (otkidnoy) ikra pishib o„tgan juda bo„sh ikralardan
tayyorlanadi. Tuzlangandan so„ng ular namakob qoldiqlari oqib ketishi uchun
qaytarib elaklarga tashlanadi, so„ngra idish (bochka)ga joylanadi.
Po„stli (yastichnaya) ikra yaxshi etilmagan yog„li ikralardan po„stlari
bilan birga tayyorlanadi. Bu ikralar o„tkir qilib tuzlangandan so„ng
bochkachalarga joylanadi. Po„stli ikra savdoga 1-va 2-navli qilib chiqariladi.
Bochkalar ichidagi ikraning turini ajratish uchun bochka ustidagi gardishlar turli
xil rangga bo„yaladi: beluga ikrasi solingan bochkalar - ko„k, osetra ikralari -
qizil, sevryuga ikrasi - qora, ship ikrasi solingani esa - sariq rangga bo„yaladi.
Bankalarga solingan ikra nomi qopqog„ida ko„rsatiladi.
Losos baliqlar ikrasi
(keta, gorbusha, sima, qizil, nerka, kijuch va
chavich) nisbatan yirik ikralar bo„lib, turli tusdagi qizil yoki pushti rangli
bo„ladi. Losos baliqlar ikrasi ishlov berish usuliga ko„ra donador va po„stli
ikralarga, sifat jihatdan esa 1-va 2-navlarga bo„linadi.
Donador ikra bir xil zotdagi baliq ikrasi bo„lishi, donalari va rangi bir
xil; toza, mustahkam va qayishqoq, bir-biridan ajraluvchan, po„sti va qon
qoldiqlari bo„lmasligi; ta‟mi va hidi yoqimli; me‟yorida tuzlangan; tuzi 1-nav
ikrada-4 dan to 6% gacha va 2-nav ikrada - 4 dan to 8% gacha bo„ladi.
Losos baliqlarining po„stli ikrasi yaxshi etilmagan yoki pishib o„tgan
to„la qimmatli bo„lmagan ikralardan, po„sti bilan birga yoki muzlatilgan baliq
ikrasidan tayyorlanadi. Bu ikralarning rangi va konsistentsiyasi bir xil
bo„lmaydi. 1-navli ikralarning donalari butun, mustahkam va qayishqoq bo„lishi;
2- navdagisida esa shikastlangan yorilgan donalari ham bo„ladi. Tuz miqdori 1-
nav ikrada 3-5%, 2-navda-5-10% bo„ladi. Ikralar ichi parafinlanib, bo„z bilan
qoplangan va hajmi 50 l gacha bo„lgan namakob oqmaydigan mahkam
bochkalarga joylanadi.
Chastika balig‗i ikrasidan
(vobla, sudak, kutum, jerex, sazan,
cho„rtanbaliq, taran) proboyniy va po„stli ikralar tayyorlanadi. Proboyniy ikralar
yangi ushlangan baliqdan olinib, yastika pardalaridan tozalanadi va o„tkir
175
namakob bilan rangini saqlash uchun bir oz sela qo„shib tuzlanadi. Chastika
baliqlarining po„stli ikralari turli nomda yuritiladi. Masalan, sudak balig„ining
ikrasi galagan, vobla va taran balig„ining ikrasi - tarama nomida yuritiladi va
h.k.Chastika baliqlarining ikrasi sifatiga qarab, 1- va 2-navlarga bo„linadi, ular
bochkalarga joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: