41
ko’rilgan bo’lib, ming yillik deklaratsiyasi va BMTning Mingyillik rivojlanish
maqsadlarida qayd etilgan.
FAO tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligiga bag’ishlangan
birinchi konferentsiya 1974 yilda o’tkazilgan bo’lsa, unda jahon oziq-ovqat
muammosini yaqin 10 yil ichida hal qilishga qaror qilingan edi. Lekin keyingi
chorak asrda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo’lsada, bu muammo haligacha hal
qilingan yo’q.
Agar 20-asrning 70-yillarida jahon aholisining uchdan bir qismi to’yib
ovqatlanmagan bo’lsa, bugungi kunda bu ko’ratkich 20%ni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining jahon savdosi hajmi uch baravar oshdi, shu
bilan bir qatorda jahon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari
3%dan keyingi o’n yillikda 1,6% ga tushdi. Bunda 95 qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarish hajmi jahonning 90 ta mamlakati, shu jumladan 44 ta Afrika
mamlakatlarida pasaydi. Bu jahonda aholi soni yiliga 90-100 mln.kishiga oshib
borayotgan va 795 mln.dan ortiq to’yib ovqatlanmayotgan sharoitda yuz
berayapti.
FAO ma’lumotlariga ko’ra 1960 va 2000 yillar orasida bug’doy
hosildorligi 208 foizga oshdi hamda sholi, makkajo’xori va kartoshka hosildorligi
tegishli ravishda 109, 157 va 78 foizga oshdi. Ekin hosildorligi keskin oshishi
asosan ilmiy va texnikaviy yuksalish, jumladan ekinlarning yuqori hosildor
navlari, kimyoviy o’g’itlar va pestitsidlardan kengroq foydalanish hamda
sug’orish va mexanizatsiya sharofati bilan ro’y berdi. Mazkur texnologiyalar
ekin maydonini ozgina kengayishi bilan qishloq xo’jaligining intensiv
rivojlanishi tufayli bo’ldi. Masalan, 1966 yilda Osiyoda hosildorligi yuqori
sholi navi joriy etilgan. 1969 yilga kelib sholikorlik maydoni bor-yo’g’i 13
foizga oshgan bo’lsada, hosil miqdori 240 milliondan 483 millionga yetdi. Ayni
shu paytda mineral o’g’itlardan foydalanish ko’rsatkichi gektarga 17 kgdan
110 kg gacha oshdi. 1963 1964 yillarda Hindistonda to’rt gektar yerda yuqori
hosildor bug’doy navlari yetishtirilishi sinovdan o’tkazilgan edi. 1972 yilga
42
kelib to’rt million gektardan oshiq maydonlar mazkur yangi bug’doy navlari
uchun ajratildi. 1964–1969 yillarda Hindistonda bug’doy hosili 10 milliondan 17
million tonnagacha oshib, 2005 yilda ushbu ko’rsatkich 75 million tonnaga yetdi.
1990 yilga kelib ular Osiyoda sholikorlik maydonlarining deyarli 75 foizini band
qilishdi. Bug’doyning yangi navlari Afrikada barcha ekin maydonlarining
yarmi hamda Lotin Amerikasi va Osiyoda yarmidan ko’piga ekildi. Dunyoda
makkajo’xori dalalarida ularning hissasi 70 foizga teng bo’ldi. Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi fermerlarning qirq foizi yangi hosildor navlarni ekib, bu
jihatdan Osiyo yo’lboshchi bo’lib, uning ortidan Lotin Amerikasi bormoqda.
Qishloq xo’jaligida bunday sifat tomonga o’zgarish tufayli dunyoda o’rtacha jon
boshiga kaloriyalar soni 1958 yildagi taxminan 2420 kilokaloriyadan 1999
yilda 2808 kaloriyagacha ortdi. Lekin ayni paytda dunyo aholisining soni ikki
baravardan ko’proq oshdi. “Yashil inqilob” oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq
xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan fan va davlat dasturlari hamkorligining
muvaffaqiyatli misolidir. Ko’p mamlakatlarda hukumat turli navlar va urug’lik
ta’minotini qo’llab-quvvatlaydi, sug’orish tizimlarini rivojlantirdi va kimyoviy
o’g’itlarni ta’minotini subsidiya qiladi. Qishloq xo’jaligi sinov-namoyish
dasturlari fermerlarga yangi navlar urug’lari, mineral o’g’itlar, pestitsidlar
ta’minoti bilan bir qatorda ushbu inqilobning ijobiy natijalari kengroq tatbiq
qilinishini qo’llab-quvvatladi. Fan yutuqlari tatbiqi, nou-xauni takomillashtirish
hamda mineral o’g’itlarning samarali qo’llanilishi Osiyo va Lotin
Amerikasidagi ko’p mamlakatlarga o’z aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashda
dolzarb masalalarni hal qilishga imkon berdi. Ushbu muvaffaqiyatlarga
qaramay, qishloq xo’jaligi mahsulotini ko’paytirish uchun choralar aholining
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli emas. Ushbu maqsadga yetish
uchun ko’p mamlakatlar tegishli savdo siyosati bilan bir qatorda ishlab
chiqarishni qo’llab-quvvatlash choralarini qo’llashdi. Lekin “Yashil inqilob”
atrof-muhit muammolari, jumladan tuproq yomonlashishi, kimyoviy o’g’it va
43
pestitsidlardan haddan ortiq foydalanish hamda qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarishning xilma-xilligining kamayishiga olib keldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab oziq-ovqat xavfsizligi
masalalari O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida markaziy o’rinlardan
birida turadi. Natijada mamlakat ushbu yo’nalishda katta yutuqlarga erishdi. G’alla
mustaqilligiga erishish, aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – go’sht,
sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishning ancha ko’payganligi va
buning oqibatida, oziq-ovqatning barcha asosiy turlarini mamlakatning o’zida
ishlab chiqarish amalda to’liq ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: