49
2.5. Egilish va siqilish kuchiga bo‘lgan mustaxkamlik chegarasini
aniqlash usuli.
2.5.1. Mustaxkamlik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladigan jixozlar va
moslamalar:
Sement qorishmasini aralashtirish uchun aralashtirgich. Maxsus chasha va
qorgich-lapata, silkitish stoli va konus forma. SHtikovka. O‘lchamli namuna
tayyorlash uchun qoliplar. Qoliplar uchun nasadka. Egilishga bo‘lgan
mustaxkamlikni aniqlovchi pribor. Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlikni aniqlovchi
press kabilar ishlatiladi.
2.5.2. Sement qorishmasini aralashtirish uchun aralashtirgichning aylanishlar
soni minutiga 8±0,5, aralashtiruvchi valiklariniki esa 72±5 bo‘lishi lozim. Xar bir
namunani qorishtirishda aralashtirgich chashasining aylanishlari soni 20 ta bo‘lishi
kerak, keyin jixoz avtomatik tarzda to‘xtaydi.
2.5.3. Qorishtiruvchi chasha va qorgich-lopata GOST 310.2.76 talablari
bo‘yicha tanlanadi.
2.5.4. Silkitish stoli va konus-forma. Konstruksiya bo‘yicha stolning
qo‘zg‘aluvchan qismi 10±0,5 mm balandlikka ko‘tarilishi va uni balandlikdan
erkin tushishi ta’minlanishi lozim. Stolikka qo‘yiladigan massaning og‘irligi 3500
gr bo‘lishi talab etiladi. Massani silkitishlar soni (1 sekundda 1 sikl) 30 sekundni
tashkil etishi lozim. Silkituvchi stolik kulachok yordamida privoddan xarakat
oluvchi charxlangan shisha disk bilan belgilangan baladlikka ko‘tariladi va
tayanchga erkin tushadi. Stolik fundament ustiga gorizontal ravishda o‘rnatilishi
talab etiladi. Stolikni fundamentga qattiq maxkamlanadi.
2.5.5. Konus-formadagi qorishmaning zichlovchi shtikovka zanglamaydigan
po‘latdan yasalishi kerak. SHtikovka og‘irligi 350±20 gr ni tashkil etadi.
2.5.6. Balochka-namunalarni yasash uchun yig‘ma shakldon-formalar
qattiqligi Brinel bo‘yicha NV 140 dan kam bo‘lmagan po‘lat yoki cho‘yandan
tayyorlanadi. Yig‘ma shakldon-formani yig‘ish oson bo‘lish uchun qismlari, ya’ni
detallari nomerlanadi. Uning bo‘ylama va ko‘ndalang devorlari yuqori va quyi
qismi shlifovkalangan xamda charxlangan tag qismning yuzasiga o‘rnatilgan
50
bo‘lishi lozim. SHakldon-formaning devor qismlari tag qismi yuzasiga siqib
maxkamlovchi vint bilan qattiq maxkamlanadi. Devorlar va tag qism orasidagi
burchak 90±0,5
o
bo‘lishi kerak.
2.5.7. SHakllovchi qurilma va moslama metalldan yumshoq birorta
materialdan tayyorlanishi va shakldonni echish vaqtida namuna shikastlamasligi
kerak.
2.5.8. Balochka-namuna yasaladigan shakldon-formaga qo‘yiladigan to‘siq
shakldonning yuqori devoriga zich o‘rnatiladi.
2.5.9. SHakldondagi sement qorishmani zichlovchi vibratsion maydonning
amplitudasi 0,35±0,3 mm vertikal tebranishli bo‘lishi va tebranish chastotasi
minutiga 3000 dan 200 gacha bo‘lishi xamda vaqt relesi bilan o‘rnatilishi kerak.
2.5.10. Egilishga bo‘lgan mustaxkamlikni aniqlovchi pribor. Bu maqsadda
turli konstruksiyali priborlar ishlatilishi mumkin, qachonki quyidagi talablarni
qoniqtirishi lozim:
- yukni ortish tezligi sekundiga o‘rtacha 5±1 kgs bo‘lishi kerak;
- tayanch va uzatma yuk elementlari silindr shaklga ega bo‘lishi va parallel
ravishda joylashtrilishi kerak;
- uzatma yuk elementi tayanch element yuzasining o‘rtasiga joylashishi lozim;
- tayanch va uzatma yuk elementlari qattiqligi Rovvell bo‘yicha NRS 55....60
bo‘lgan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi kerak;
- uzatma yuk elementini tutib turuvchi moslama zoldirli tayanchga ega
bo‘lishi lozim.
2.5.11. Siqilishga bo‘lgan mustaxkamlikni aniqlash uchun GOST 8905-73
bo‘yicha press ishlatiladi, uning yuk berish chegarasi 20-50 t/s. Press balochkaning
yarmiga yuklama beruvchi, markaziy siquvchi plastinka uchun moslama va
qo‘zg‘aluvchan sharsimon tayanchga ega bo‘lishi kerak.
2.5.12. Balochkaning yarmiga yuklama beruvchi plastinka qattiqligi Rakvell
NRS 55...60 bo‘yicha zanlamaydigan po‘latdan tayyorlanadi va o‘lchami 40x62,5
mm li shlifovkalangan yassi yuzaga ega bo‘lishi lozim.
51
2.5.13. Bug‘ kamerasi begilangan temperaturadagi quyuq bug‘ bilan kamera
muxitini ta’minlaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: