keng, uni chakka osti qirrasi
ikki qismga ajra-
tadi. Yuqo rigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurcha-
si devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan
qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. Katta
qanotning qirralari qo‘shni suyaklar bilan birikadi.
Qanotsimon o‘simta
juft bo‘lib
tanadan katta qanot boshlana-
digan joydan pastga qarab vertikal yo‘nalgan. Ularning ichki yu-
zasi burun bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, tashqi yuzasi chakka osti
chuqurchasiga qaragan.
Qanotsimon o‘simtaning asosida oldindan orqaga yo‘nalgan
qanotsimon kanal,