S i n o v s a v o l l a r i
1. Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichda amalga oshiriladih
2. qanday standartlarni bilasizh
3. Milliy standart nimah
4. Uzdavstandart vakolatiga nimalar kiradih
5. Korxona va muassasalar metrologiya xizmati vazifalari nimalardan iborath
6. Xalqaro standart bilan mintaqaviy standart o'rtasida qanday farq borh
19
6-Amaliy mashg’ulot
Sertifikatlashtirish sxemalarini o'rganish
Sertifikatlashtirish bo'yicha ISO tarkibidagi qo'mita tomonidan tayyorlangan
hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishni sakkizta sxemasi
berilgan:
Birinchi sxema
Bu sxemada maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlar tomonidan mahsulot namunalarini
turlarini standart talabalariga muvofiqligini sinovdan o'tkazib namunani belgilangan
talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi xolos.
Ikkinchi sxema
Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida
sinovdan o'tkazilib, so'ngra uning sifatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib boriladi.
Uchinchi sxema
Mahsulot namunalari turlari maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o'tkaziladi, so'ngra
sotuvchi yoki iste'molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini
nazorat qilishga asoslanadi. Agarda standartga muvofiqligi tasdiqlansa iste'molchiga
jo'natiladi.
To'rtinchi sxema
Mahsulot namunalari xuddi 1-3 sxemadagi kabi sinovdan o'tkazishga asoslanib, so'ngra
savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish
nazoratini vaqti-vaqti bilan o'tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi.
Beshinchi sxema
Xuddi to'rtinchi sxema kabi ishlar olib borilib, yana korxonada chiqaziladigan mahsulotning
sifatini kerakli darajada bo'lishini ham nazorat qiladi.
Oltinchi sxema
Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta'minlash bilan tizimni baholanishini o'tkazishga
mo'ljallangan.
Yettinchi sxema
Mahsulotning har bir tayyorlangan to'dasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab
olish sinovlarining natijalariga qarab to'dani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi.
Sakkizinchi sxema
har bir tayyorlangan ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o'tkazib
aniqlanadi. Bu sxema bo'yicha sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va ular
qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarga ko'proq qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 28 dekabr qarori bilan
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»-gi O'zbekiston Respublikasi
qonuni amalga kiritildi.
Mazkur qonun O'zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa
ob'yektlarni (matnda bundan keyin «mahsulotlar» deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning
huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining
xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
20
S i n o v s a v o l l a r i
1. Standartlashtirishning maqsad vazifalari nimalardan iborath
2.Sertifikatlashtirish omillari deganda nimalar tushiniladih
3.Sertifikatlashtirshning qanday sxemalari mavjudh
4.Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish o'rtasida qanday farq borh
5.Sartifikatlashtirish milliy tizimi nimah
7-Amaliy mashg’ulot
Maxsulot sifati va uni baholash usullarini o'rganish
Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilishi, mas'uliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar
yigindisi bo'lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushiniladi. Maxsulot
sifatiga ta'sir etuvchi omillarni turt toifaga, ya'ni texnikaviy, tashkiliy, iktisodiy va
ijtimoiylarga bulish mumkin.
Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida-tadqiqot va
loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda, muomilada, iste'molda yoki ishlatilishda namoyon
bo'ladi. Sifatni har tomonlama o'z ichiga oluvchi, uning hamma tomonlarini ta'minlovchi
hamda mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarini qamrab oluvchi faoliyat sifat tizimlarini
bildiradi.
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni
majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talab qo'yiladi, ya'ni:
-mahsulotning iste'moldagi hamma xossalarini kompleks taxlil qilinishi va xolisona
baholanishi, xavfsizliligi va ekologikliligi namoyon bo'lish imkoniyati;
-keltirilgan baholanishga asoslanib, iste'molchi tomonidan mahsulotning ishlatishdagi va
ekologikliligidagi xavfdan hamma mahsulot va uning sifatini noto’g’ri baholanish xavfidan
ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish.
Maxsulot sifatining darajasini baxolashda turli usullardan foydalaniladi: differensial,
kompleks, arlashgan va statistik.
Differensial usul deb, maxsulotning sifatini birgina ko'rsatkichidan foydalanishga
asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi.
Kompleks usul deb maxsulot sifatini kompleks ko'rsat-kichlarini qo'llanishiga
asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi.
Aralashgan usulda bir vaktning ichida ham birgina ko'rsatkichidan, ham kompleks
ko'rsatkichlaridan foydalanib maxsulotning sifati baxolanadi.
Statistik usul bilan maxsulotning sifatini baxolashda matematik statistika usullaridan
foydalaniladi.
Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt
oraliG’ida erishilishi mumkin bo'lgan mahsulot sifati ko'rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini
aniqlanishi tushuniladi.
21
Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda mahsulotni chiqarish bo'yicha berilgan vaqt
ichida yoki berilgan vaqt oraliG’ida kerakli sifat ko'rsatkichlarining qiymatlari bilan
asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir mi'yorda bulishini ta'minlashda maxsulot sifatini boshqarish
aloxida urin egallaydi.
Maxsulot sifatini boshqarish deganda maxsulotni yaratishda, uning kerakli sifatini
ta'minlash va me'yorida bo'lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar tushiniladi.
Maxsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilgan-ligiga, ularni qanday me'yorda
ishlashiga, nazorat o'lchov asboblarining nakadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda
ishlayotgan xodimlarning malakasiga so'zsiz bog’liqdir.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan
quyidagi ishlardan tashkil topadi:
-boshqarish rejasini ishlab chiqish;
-mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
-mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob'yektning xolati xaqida axborotlar olish va taxlil
qilish;
-sifatni boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish va ob'yektga ta'sir etish usulini tayyorlash;
-ta'sir etadigan boshqaruvchi ko'rsatmalar berish;
-boshqaruvchi ko'rsatmalar berish natijasida ob'yektdagi sifatning o'zgarishi xakida axborotni
olish va taxlil qilish.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog’liq bo'lsa, turli xil
muammolar paydo bo'ladi, bu va shunga o'xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda
mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani
bajaradi.
Maxsulot sifatini oshirishda standartlashtirish va ser-tifikatlashtirish faoliyatining roli
kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir
boskichida me'yori xujjatlarning bajarilishiga kanchalik rioya qilishini, jamoaning mexnat va
texnologik intizomi xal kiluvchi rol o'ynaydi.
S i n o v s a v o l l a r i
1. Maxsulot sifati nimah
2. Maxsulot sifatiga ta'sir etuvchi qanday omillar mavjudh
3. Maxsulot sifatining darajasini baxolashda qanday usullardan foydalaniladih
4. Maxsulot sifatini boshkarish deganda nimani tushinasizh
22
Asosiy adabiyotlar
1. S.M.Maxkamov. «Metrologiya va standartlashtirish asoslari». Toshkent, «Talqin», 2006y.
2. Q.N.Nuriyev. «O'zaro almashuvchanlik, metrologiya va standartlashtirish», Toshkent,
«Toshkent», 2005y.
3. B.E.Muxamedov. «Metrologiya, texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari»,
Toshkent, O'qituvchi, 1991y.
4. Г.Д.Крилова. «Основы стандартизации, сертификации и метрологии». М. Аудит.
ЮНИТИ, 1998 г.
Qo'shimcha adabiyotlar
5.P.R.Ismatullayev, Z.T.To'xtamurodov, A.X.Abdullayev. «Standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirishga muqaddima». Toshkent, TDTU, 1995 y.
6. O'lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi. Metrologiya. «O'zRST1.0-98 O'z DST.
Asosiy qoidalar»
7. O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O'zRST 1.0-92.
8. N.Axrarov. “O'lchovshunoslik asoslari va elektr o'lchashlardan amaliy ishlar”. O'kuv
qo'llanma. T. “O'zbekiston”. 1994y.
9. T.A. Ochilov. «Ctandartlashtirish asoslari, metrologiya va maxsulot sifati». T, «Istiqlol»,
2004 yil.
10. А.В.Фремке и Е.Н.Душина, «Электрические измерения» Ленинград, Энергия,
1999 г.
11. «Metrologiya to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 1993 yil 28-dekabr.
12. «Standartlashtirish to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 1993yil. 28-dekabr.
13. «Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni. 1993y 28-dekabr.
14. Q.Ishmatov. «Pedogogik texnologiya». O'quv qo'llanma, Namangan, NamMPI, 2004
yil.
15. Farberman. B.L. va boshqalar. «Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari»,
Toshkent. 2002 y.
16. O.U.Otamirzayev va boshqalar. «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish».
Ma'ruzalar matni. NamMPI. 2006 y.
23
Mundarija
Kirish
......................................................................................................................................... 3
Asosiy qoida va tushunchalar
.................................................................................................. 3
1-Amaliy mashg’ulot
................................................................................................................ 5
Mavzu: Ampermetr va voltmetrlarni namuna asboblar yordamida metrologik jixatdan
tekshirish
................................................................................................................................... 5
2-Amaliy mashg’ulot
................................................................................................................ 8
O'lchash xatoliklarini hisoblashni o'rganish
......................................................................... 8
3-Amaliy mashg’ulot
.............................................................................................................. 10
Elektr kattaliklarni o'lchash natijalarini qayta ishlashni o'rganish
................................. 10
4-Amaliy mashg’ulot
.............................................................................................................. 13
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish me'yoriy xujjatlarini o'rganish
. 13
5-Amaliy mashg’ulot
.............................................................................................................. 16
Standartlarni ishlab chiqish va tadbiq etish qoidalarini o'rganish
................................... 16
6-Amaliy mashg’ulot
.............................................................................................................. 19
Sertifikatlashtirish sxemalarini o'rganish
............................................................................ 19
7-Amaliy mashg’ulot
.............................................................................................................. 20
Maxsulot sifati va uni baholash usullarini o'rganish
.......................................................... 20
Asosiy adabiyotlar
.................................................................................................................. 22
Mundarija
............................................................................................................................... 23
Do'stlaringiz bilan baham: |