Pul, kredit va banklar


Oltin quyma va oltin deviz standarti



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/162
Sana02.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#308651
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   162
Bog'liq
pul kredit va banklar

Oltin quyma va oltin deviz standarti 
 (1926 – 1931 yy.) 
 
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. 
Urushdan  keyingi  davrga  kelib,  mamlakatlararo  valyuta  –  pul  tizimini  yo’lga 
qo’yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko’rib chiqish 
zaruriyatini yuzaga keltirdi. O’sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar 
ediki,  evropa  mamlakatlari  pullarini  oltinga  nisbatan  qadrsizlanishidan  kelib 
chiqib, valyuta kurslari o’rtasidagi nisbatni  pul taklifi va narxlar darajasiga bog’liq 
ravishda  qaytadan  o’rnatish  kerak  edi.  Chunki,  agar  urushdan oldingi davrda  funt 
sterling  4,86  dollarga  teng  bo’lgan  oltin  birligiga  ayriboshlangan  bo’lsa,  urush 


so’ngida  inflyatsiya  oqibatida  valyuta  bozoridagi  funt  sterlingning  kursi  3,50 
dollargacha  tushib  ketdi.  Boshqa  davlatlarni  pullari  ham  shu  tariqa  qadrsizlangan 
edi.  Shuning uchun Buyuk  Britaniya  oltin  standartiga qaytadigan  bo’lsa,  funtning 
haqiqiy  qiymati  3,50  dollar  nisbatida  belgilanishini  talab  etar  edi.  O’z  navbatida 
oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo’lishi kerak 
edi. Lekin bu borada mamlakatlarning bir to’xtamga kelishi qiyin bo’ldi. Masalan, 
Buyuk  Britaniyaning  kamchiligi  shunda  ediki,  nafaqat  oltin  standartini  qayta 
tiklash,  balki  funtning  avval  amalda  bo’lgan  4,86  dollar  darajadagi  kursiga 
qaytarish edi.
63
  
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo’lgan 
Londonning obro’sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk 
Britaniya  eng  avvalo  pul  taklifini  kamaytirish  va  tovarlar  narxini  pasaytirishga 
erishishi  kerak  edi.  Lekin,  funt  kursi  4,86  dollarga  tenglashgan  holda  Buyuk 
Britaniya  tovarlarlarini  jahon  bozoridagi  narxi  ortib  raqobatbardoshligiga  salbiy 
ta’sir  ko’rsatar  edi.  Kasaba  uyushmalari  ta’sirining  ortishi  va  davlat  tomonidan 
ishsizlik  uchun  nafaqalarni  joriy  qilinganligi  pul  taklifini  kamaytirish  imkonini 
bermas  edi.  Deflyatsiyani  amalga  oshirish  (pul  taklifini  kamaytirish  bilan  aholi 
nominal  daromadlarini  pasaytirish)  uchun  Buyuk  Britaniya  ijtimoiy  himoyaga 
asoslangan  davlat  qurish  nazariyasidan  voz  kechishi  yoki  ayrim  “ijtimoiy 
kafolat”larni  muzlatishi  kerak  edi.  Buning  o’rniga  Buyuk  Britaniya  ijtimoiy 
himoyaga  asoslangan  davlat  dasturlarini  bajarish  maqsadida  pul  taklifini  yanada 
orttirib bordi, o’z navbatida inflyatsiya darajasi ham o’sib bordi.  
Yigirmanchi  asrning  20  yillarga  kelib,  Buyuk  Britaniyada  inflyatsiya  va 
ishsizlik  darajasi  yuqori  nuqtaga  kelgan,  mamlakat  eksport  hajmi  ham  tushib 
ketgan  edi.  Bu  davrda  boshqa  evropa  davlatlarida  iqtisodiy  o’sish  kuzatilayotgan 
edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan 
holda  yuzaga  kelgan  vaziyatdan  chiqish  muammosi  ko’ndalang  turgan  edi.  Shu 
maqsadda  1922  yili  Genuya  shahrida  bo’lib  o’tgan  konferentsiyada  Buyuk 
Britaniya yangi pul standarti bo’lgan oltindeviz standartini taklif qildi.  
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo’lib, 
Buyuk  Britaniya  va  boshqa  evropa  mamlakatlari  1926  yilga  kelib  klassik  oltin 
standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o’tishdi.  Unga ko’ra Britaniya funti 
va  boshqa  valyutalar  oltin  tangalarga  emas,  balki  faqatgina  yirik  tashqi  savdoni 
amalga  oshiruvchilar  uchun  oltin  quymalarga  ayriboshlanar  edi.  Buyuk  Britaniya 
va  boshqa  Evropa  mamlakatlari  fuqarolari  kundalik  hayotda  oltin  tangalardan 
foydalana  olmas  edilar.  Bu  bank  kreditlarini  va  inflyatsiyani  rag’batlantirishga 
xizmat  qilar  edi.  Yangi  oltindeviz  standartiga  asosan  Buyuk  Britaniya  funtni 
so’ndirishda  oltin  bilan  birga  dollardan  ham  foydalanar,  boshqa  davlatlar  esa 
o’zlarining  valyutalarini  oltinga  emas,  funtga  ayirboshlar  edilar.  Shu  yo’l  bilan 
aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga 
qaytishdi.  Natijada  oltinga  asoslangan  moliyaviy  piramida  tashkil  topdi.  Uning 
asosini qisman funt bilan ta’minlangan Evropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar 
                                                           
63
 О принципиальной ошибке Великобритании и ее последствиях, пришедших к депресии 1929 г., см.: 
Robbins L 
. The Great Depression. New York: MacMillan, 1934.   


bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu 
“oltindeviz  standarti”  deb  ataldi,  dollar  va  funt  esa  “tayanch  valyutalar” 
hisoblangan.   
Buyuk  Britaniya  iqtisodiyotida  pul  taklifi  hamda  kredit  hajmining  ortishi 
hisobiga  tashqi  savdo  balansda  taqchillik  yuzaga  keldi.  Bunday  vaziyatda  oltin 
standarti  inflyatsiyani  cheklashga  xizmat  qilmay  qo’ydi.  Oltindeviz  standarti 
Buyuk  Britaniyaga  milliy  valyuta  taklifini  oshirish  va  inflyatsiya  darajasini 
oshishiga  sharoit  yaratgan.  Evropaning  boshqa  davlatlari  funtni  oltin  bilan 
qoplashni  talab  qilmas  edi.  Shu  tariqa  Evropa  va  Buyuk  Britaniyada  inflyatsiya 
darajasi  taboro  chuqurlashayotgan,  tashqi  savdo  kamomadi    ortib  borayotgan  edi. 
Undan  tashqari,  Buyuk  Britaniya  mamlakatdan  oltin  va  dollarni  chiqib  ketishini 
oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga 
erishgan edi.  
Oltindeviz  standartining  alohida  xususiyati  shunda  ediki,  u  uzoq  muddat 
amal  qilishi  mumkin  emas  edi.  Chunki  ushbu  moliyaviy  piramidaning  izdan 
chiqishi  qochib  bo’lmas  haqiqat  bo’lgan.  AQSh,  Frantsiya  va  boshqa  davlatlar 
iqtisodiyotida katta hajmda ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig’ildi. 
1931  yilda  Evropa  mamlakatlarida  inflyatsiya  darajasi  yuqoriligidan  Frantsiya 
"qattiq  pul"  siyosatini  olib  bordi  va  Buyuk  Britaniyadan  iqtisodiyotda  yig’ilgan 
funt  sterling  o’rniga  oltin  ayirboshlashni  talab  qilishi  evropa  banklarini  bankrot 
bo’lishiga  olib  keldi.  Bu  esa  Buyuk  Britaniyani  butunlay  oltin  standartidan  voz 
kechdi.  Buning  natijasida  barcha  Evropa  mamlakatlari  o’zini  bankrot  deb  e’lon 
qildilar.  
 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish